Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet215/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Xulosalar

  1. Mahsulot va daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil bo‘lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan, yerga esa davlat mulki bo‘lib turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

  2. Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi.

  3. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashdan iboratdir.

  4. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi, boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.





1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 8-ilova. № 215.

  1. Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol tovarlari narxlari darajasi bilan.

  2. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.

  3. Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishidagi ishsizlikni ijtimoiy kafolatlash, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda kasaba uyushmalari asosiy rol o‘ynaydi.

  4. Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qilsalar, ochiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma tuzishda korxona ma’muriyatiga bevosita ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling