Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet227/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, iste’molchilarga yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko‘ngilli va paychilik mablag‘lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.



    1. O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish va yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari

O‘zbekistonda agrar islohotlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, mulkchilik munosabatlari va shakllarini tubdan isloh qilish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash, qishloqlarni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalarining amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.


Mamlakatimizda ilk mustaqillik yillaridan boshlab fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga hamda fermerlik harakatini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi.
Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan qator qonun hujjatlari qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish hamda fermerlikni rivojlantirish imkonini yaratdi.
Qishloq xo‘jaligida bozor islohotlarini amalga oshirishni ikki bosqichga
bo‘lishimiz mumkin.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling