Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet239/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

14.1-jadval
Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda1



Ko‘rsatkichlar

2000

2010

2012

2014

2016

2017

2018

2019

Tarmoqlarning
yalpi qo‘shilgan qiymati




90,8

91,3

91,4

88,8

88,5

88,8

90,9

- Sanoat

20,2

33,3

32,4

32,6

33,0

27,9

32,6

36,4

- Qishloq
xo‘jaligi

30,1

19,8

19,2

18,9

18,1

34,0

31,5

28,1

- Xizmatlar
sohasi

37,2

46,9

48,4

48,5

48,9

38,1

35,9

35,5

Sof soliqlar

12,5

9,2

8,3

8,6

11,2

11,5

11,2

9,1

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab




1 www.stat.uz - O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining sayti; O‘zbеkiston Rеspublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. // O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining nashri, 2019 yil yanvar-dеkabr. Toshkеnt – 2020.
qolish”1 vazifasi belgilanib, uni amalga oshirish jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda.
Yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sishini ta’minlashda uni to‘g‘ri hisoblash muhim ahamiyatga ega. Uning hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun esa mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi takror hisoblarga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta takror hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, hozirgi davrda iqtisodiyotning barcha korxona va tarmoqlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisobga olinadi.
Qo‘shilgan qiymat – bu korxonalar yalpi mahsulotidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir.
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovapd tovarlar va xizmatlarning hajmi agar bozor narxida hisoblansa, uning summasi tovarning o‘zi yoki uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga hajmi oshib ketishini ko‘rsatadi. Bu yolg‘on tasavvur aldamchi ko‘rsatkichga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yalpi ichki mahsulotga baho berishda nominal va real mahsulot alohida hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan mahsulot nominal ichki mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan ichki mahsulot esa real yalpi ichki mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zapo taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova 3.1-band.
«bazis yil» deyiladi. Agar bu aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:



Narx indeksi
joriy bazis
yildagi iste' mol to var lari narxi yildagi iste' mol to var lari narxi

Amaliyotda bir qatop turli xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste’mol savatining narx indeksidan foydalaniladi. G‘arb mamlakatlari va xususan AQShda bu indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi nominal YaIMni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.


Joriy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni:

Re al YaIM
No min al YaIM .
NI

Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YaIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.


YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan

asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatning amortizatsiya summasini ham o‘z ichiga oladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling