Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet238/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari

Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan o‘zgarib, yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.


Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan natural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun xos bo‘lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo‘llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YaIM) deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa ko‘pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda deyarli barcha mamlakatlarda, jumladan mamlakatimizda ham bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda shu mamlakat hududidagi barcha korxonalarda yaratilgan shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga borib yetadigan tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar yig‘indisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami hajmining ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YaIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlari kiritilmaydi, lekin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat korxonalari mahsuloti kiritiladi. Shuning uchun YaMM bilan YaIM miqdor jihatdan juda kam farq qiladi.
YaMM va YaIMning o‘zaro farqini quyidagi rasm orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (14.2-rasm).







14.2-rasm. YaMM va YaIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar
Demak, rasmdan ko‘rinadiki, mamlakat YaMM 100 trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi), YaIM esa 104 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig‘indisi) tashkil etadi.
YaMM va YaIM o‘rtasidagi u qadar ahamiyatli bo‘lmagan farq rivojlangan mamlakatlarda YaIMning taxminan ±1% ini tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga
qadar AQSh va Yaponiyada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YaIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib, taraqqiyotning o‘zbek modelida belgilangan strategik tamoyillarni izchil amalga oshirish natijasida makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda. Jumladan, YaIMning o‘sish darajasiga qaraydigan bo‘lsak, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 5,6 foizni tashkil etdi.
Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 20,2 foiz o‘rniga 2019 yilda 36,4 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘rniga 35,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida esa 2000 yildagi 30,1 foizdan 2019 yilda 28,1 foizga o‘zgardi (14.1-jadval).

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling