Boshqaruvning ilmiy asoslari


Download 446.69 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2023
Hajmi446.69 Kb.
#1146158
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ALijanova M. Boshqaruvning ilmiy asoslari


Boshqaruvning ilmiy asoslari
Alijanova Matlubaxon Shakirjon qizi
SamDAQU
Bino va inshootlar arxitekturasi yo`nalishii 1-bosqich magistranti
Ta`lim iqtisodiyoti va menejmenti
O`qituvchi: O`. Muhammadiyev

Slide title

    • 3.Boshqaruv strategiyasi
    • 4.Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar
    • 5.Boshqaruv maqsadi turlari
    • 6.Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati

Boshqarish haqida umumiy tushuncha, boshqarish omillari

  • Boshqaruv har qanday jamiyatga xos bо‘lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Bozor iqtisodi sharoitida bu faoliyat mohiyati yanada takomillasha boradi. Boshqarishning asosiy maqsadi - mehnat ahlining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. Tashkilot miqyosidagi boyliklarni ikki asosiy guruhga bо‘lgan holda – moddiy va nomoddiy kо‘rinishlarni qayd etish mumkin. Nomoddiy boyliklarga tashkilot miqyosidagi aqliy salohiyat va inson omili bilan bog‘liq bо‘lgan hamma yutuqlar kiradi.
  • Boshqaruv - taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bо‘lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Bu xususiyat ijtimoiy jamoa mehnatida, turmush va mehnat jarayonida kishilarning о‘zaro aloqada bо‘lishi, о‘z moddiy va ma’naviy faoliyatining mahsulotini almashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Boshqaruv nazariyasi

  • Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bо‘lib, obyektiv borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U о‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida kо‘radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bо‘ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv subyektining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir.
  • Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma’lum darajada muhtojdir. Boshqaruvchi о‘z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
  • Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a’zolari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Obrazli qilib aytganda yakka skripkachi о‘zini-о‘zi idora qiladi. Lekin orkestr dirijyorga muhtojdir. Demak, tо‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchining, ya’ni rahbarning faoliyatidir.
  • Boshqaruvning mohiyati obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarini shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mо‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. Shuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning о‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bо‘lgan samarali sharoit yaratadi.

Download 446.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling