Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet257/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

15.5-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i2
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakli jihatidan yakka yoki bozor taklifining an’anaviy egri chizig‘idan farq qiladi.




1 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
2 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi taklif egri chizig‘i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakliga ko‘ra rasmdagi Yt nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko‘proq jalb etilishi mazkur chiziqni Yt nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan chiziqqa tenglashadi. Chunki qo‘shimcha resurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun vaqtning yetarli bo‘lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda to‘la bandlik holatiga olib keladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig‘ining ko‘rinishi bir oz murakkabroq bo‘lib, uchta kesmani o‘z ichiga oladi.

      1. Yotiq kesma. U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning tanazzul yoki turg‘unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (rasmdagi Yt nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmi (rasmdagi Y1 nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq foydalanilmaydi. Shunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. Shunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.

      2. Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli

oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan birga boradi.


      1. Download 1.87 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling