Respublikasi oliy va o‘rta


Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat


Download 1.87 Mb.
bet259/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi

Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma bo‘limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo‘ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo‘lishini aytib o‘tgan edik. Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, ya’ni iste’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha, yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o‘tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o‘rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo‘lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi orqali aniqlanadi.


Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbatni quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (15.6-rasm). Albatta, real hayotda bunday to‘liq muvozanatlik sodir bo‘lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo‘yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.

Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati)




Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati)


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling