Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet324/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va uning taklifi nisbati

Bozor munosabatlari sharoitida ishchi kuchini takror hosil qilishda ishchi kuchi bozori muhim o‘rin tutadi.
Ishchi kuchi bozori – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir. U mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo‘yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini namoyon etadi.
Har qanday bozor singari ishchi kuchi bozorida ham ikki qarama-qarshi tomon – talab va taklifning o‘zaro ta’siri amal qiladi. Ishchi kuchi talabi bu
muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. Odatda ish beruvchilar bo‘lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.
Keyns nazariyasiga ko‘ra, bandlik multiplikatori jami talabga, iste’molga moyillik va investitsiya hajmiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ishchi kuchiga bo‘lgan talab ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi1. Demak, Keynsning fikriga ko‘ra, ishsizlik ishchi kuchi talabining etishmasligi natijasida yuzaga keladi. Keyns ham klassiklar ilgari surgan ish haqining pasayishi bandlikning o‘sishiga olib kelishi haqidagi fikrlarni inkor qilmaydi. Biroq, ish haqini pasaytirishga bandlikni o‘stirishning yagona vositasi sifatida qaramaslik kerak, deb ko‘rsatadi. Chunki, ish haqi faqat korxonalar xarajatlarini emas, balki iste’molchilar daromadlarini ham ifodalaydi.
Ishchi kuchiga talab – bu ish haqining muayyan darajasi hamda ishga yollashning muayyan shartlarida iqtisodiyot sohalari va korxonalardagi mavjud ish joylarida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning puldagi ifodasidir.2 Muallifning fikricha, ishchi kuchiga belgilangan darajada ish haqi to‘lab ishga yollashga qodir bo‘lgan ehtiyojdir. Bu o‘rinda ishchi kuchiga umumiy talab va qo‘shimcha talabni farqlash juda katta nazariy-uslubiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishchi kuchiga umumiy talab milliy iqtisodiyot va xorijiy mamlakatlar tomonidan mavjud va yangidan yaratilgan barcha (ishchi kuchi bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan) ish o‘rinlarida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni namoyon etadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling