Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet353/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

tezligiga teskari mutanosibdir. Bunda sotishga chiqariladigan tovarlar summasi

ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga va ularning narxiga bog‘liq bo‘ladi. Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSh iqtisodchisi I.Fisher ko‘rsatganidek, hamma tovarlarning o‘rtacha narxi olinmaydi. Chunki samolyot narxi bilan ruchka narxining o‘rtachasini olib bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir turdagi tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig‘indisi olinadi. Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo‘lib, shu bilan birga oltin va qog‘oz pul muomalasi qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan,

  1. oltin pul muomalada bo‘lganda:

    1. ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to‘planib boradi, zarur bo‘lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;

    2. tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.

  2. Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa teskari mutanosiblikda o‘zgaradi:

    1. oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;

    2. agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling