Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet383/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Kambag‘allikning mazmuni va uni kamaytirishning asosiy

yo‘nalishlari
Kambag‘allik nisbatan nisbiy tushuncha bo‘lib, ma’lum bir jamiyatdagi umumiy hayot standartlariga bog‘liq. Ma’lum bo‘lgan kambag‘allik me’yorlarining asosini, pul ta’minoti ko‘rsatkichlarini umumlashtiruvchi, masalan, eng minimal darajada imkoniyati bo‘ladigan oilaviy daromad yoki iste’mol xarajatlarining minimal miqdori kabi ko‘rinishda bo‘ladi.
Kambag‘allik – bu hayot uchun muhim bo‘lgan birlamchi ehtiyojlarini qondira olmaydigan, ishga layoqatli bo‘lib, o‘z naslini davom ettirish uchun yetarli daromadga ega bo‘lmagan shaxs yoki ijtimoiy guruhning iqtisodiy holatidir.
Xuddi marksistlarniki kabi, g‘arb liberal nazariyasida ham, kambag‘allik, shaxs yoki uning oilasi asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun vositalar bo‘lmagandagi holatini anglatadi.
Prezidentimiz aytganlaridek, “Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”1.
Jahon amaliyotida integral ko‘rsatkich sifatida insonning rivojlanish indeksi (IRI) qo‘llaniladi. “BMT taraqqiyot dasturlari” (BMTTD) mualliflari jon boshiga


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi, 2020 yil 25 yanvar.
to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, kutilayotgan umr ko‘rish davri va aholining ma’lumot darajasi kabi kattaliklarning o‘rtachasini hisoblab turmush darajasining umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdilar.
Dunyo miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, qambag‘allik tushunchasi va uni hisobga olish turli tashqilotlarda turlicha amal qiladi. Bunda biz Jahon banki va Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan mamlakatlardagi kambag‘allik darajasini o‘lchashda turlicha qarashlari mavjud.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling