Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet380/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori.
Real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.
113
112
111
110
109
108
107
106
105
104
103
2014 2015 2016 2017 2018 2019


24.1-rasm. O‘zbekistonda aholi real daromadlarining o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)1
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

  1. ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;

  2. davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;

v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Birinchidan, daromad shakllari o‘zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari – tadbirkorlik faoliyatidan, (ko‘chmas) mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi. Ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o‘zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‘planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi. Uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar va shaxsiy


1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.
mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar shular jumlasidandir.
Respublikamiz iqtisodiyotining yanada rivojlanib borishi va aholining turli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga keng yo‘l ochib berilganligi sababli aholining pul daromadlari yildan-yilga oshib bormoqda (24.2-rasm).




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling