Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet71/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Xulosalar

  1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy- formatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha yondashuvlar mavjud.

  2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy





1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi gazеtasi, 2017 yil 23 dеkabr.
iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.

  1. Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.

  2. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.

  3. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.

  4. Mulkchilikni takomillashtirishning hozirgi davrdagi xususiyatlaridan biri – davlat va xususiy mulk sherikchiligini keng joriy qilishdir.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling