Restavratsiyaning adgeziv texnikasi hozirgi vaqtda terapevtik stomatologiyada eng


Download 23.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.04.2023
Hajmi23.72 Kb.
#1395325
1   2
Bog'liq
адгезивы

9.4. BONDING TEXNIKA 
Bonding texnologiyasi kompozit bilan tish to‘qimasining (aniqrog‘i faqat emal 
bilan) mikromexanik birlashishiga imkon beradigan texnologiyadir. Uning nomi 
inglizcha "bond" so‘zidan kelib chiqqan – ma’nosi “aloqa”; har bir narsani bog‘lab 
turuvchi. Faqat tish emali bilan bog‘laydigan gidrofob adgeziv tizimli kompozitlar 
bilan plombalashda ishlatiladi. Ular - kimyoviy qotuvchi, nur bilan qotiriladigan 
ba’zi “arzon” kompozitlardir. Bonding texnologiyasi past samaradorlikka ega, 
shuning uchun keng qo‘llamaslik kerak, faqat plombani fiksatsiyalash uchun 
yaxshi sharoit bo‘lganda va vrachda qimmat kompozitlardan foydalanish 
imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llanishi mumkin. 
Bonding texnologiyasini o‘tkazish uchun asosiy shart – bo‘shliqning butun 
perimetri bo‘yicha plombaning tish emali bilan kontakti mavjudligi hisoblanadi. 
Chaynov yuzalari emalining emirilishida, tish bo‘yinchasi va milkosti sohalarini, 
ildiz kariesini plombalashda ushbu usulning samaradorligi past. 
Bonding texnologiyasi usulida tishlarni plombalash bosqichlari adgeziv texnika 
qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi, shu tufayli, takror bo‘lmasligi uchun, biz 
faqat biror farq va xususiyatlarga ega bosqichlarga batafsil to‘xtalamiz. 
Bonding texnologiyasi usulini qo‘llash orqali kompozit plomba qo‘yish 
bosqichlari. 
1. Tishlarni karashlardan tozalash. 


2. Restavratsiya tartibini va plomba ashyolari rangini tanlab olishni rejalashtirish. 
Shuni nazarda tutish kerakki, Bonding texnologiyasi adgeziv uslubga (dentin bilan 
aloqa etishmasligi sababli) nisbatan ashyoning tish to‘qimalariga kuchsiz 
yopishishini ta’minlaydi, shuning uchun bu holatda plombalashni qotirishga 
qaratilgan manipulyasiyalarni (qo‘shimcha maydonlarni yaratish, yangilanish 
nuqtalari, shtiftlardan foydalanish va boshqalar) rejalashtirish lozim. 
3. Karioz bo‘shliqni tayyorlash. Bo‘shliqni shakllantirishda "profilaktik 
plombalash" tamoyiliga amal qilishadi. Tayanch joylari va qo‘shimcha retension 
qismlarni yaratish maqsadga muvofiq. Plombaning tish to‘qimasi bilan birikishi 
faqatgina emal sohasida bo‘lgani uchun ular birikadigan maydonni kattalashtirish 
uchun 45 graduslik burchakda emal qiyalanmasini yaratish kerak. 
Bonding-texnologiyasida tishning qattiq to‘qimalari plombalash ashyolari bilan 
birikkanligi hisobiga mustahkamlanmaydi, shuning uchun emalni dentinsiz 
qoldirish kerak emas. 
4. Tishni so‘lakdan izolyatsiya qilish. Bonding-texnologiyasida faqat gidrofob 
ashyolar ishlatilganligi uchun, tishni va karioz bo‘shliqni so‘lakdan izolyatsiya 
qilishga katta ahamiyat berish lozim. 
5. Karioz bo‘shliqqa dorili ishlov berish va quritish 
6. Emalga kislotali ishlov berish. 
Emalga kislotali ishlov berishda uning qiyalantirilgan yuzasiga ishlab 
chiqaruvchining yo‘riqnomasiga va individual kislotaga chidamlilikka qarab, 15-
60 soniyaga gel yoki suyuqlik qo‘yiladi. Shundan so‘ng, ushbu moddalar suv 
oqimi bilan yuviladi. Bo‘shliqni yuvish vaqti kislota bilan ishlov berish vaqtiga 
teng bo‘lishi kerak, deb hisoblanadi. Suv kislotani va uning emal bilan 
ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan mahsulotlarni yuvib tashlaydi. Keyin tish havo bilan 
yaxshilab quritiladi . Bunda emal bo‘rsimon oqda rangda bo‘lishi, yaltiroqligi 
yo‘qolishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, ishlov berish yana takrorlanishi kerak. 
8. Emalga bond-agent qo‘llash. 
Emal bond-agenti emalning yuzasiga va izolyatsiya tagligiiga kistochka yordamida 
nozik bir qatlam qilib surtiladi. Keyin asta-sekin havo oqimi yoki kistochka 
yordamida qatlamning qalinligi kamaytirib boriladi. 
Bond-agentning to‘liq qurishi talab qilinmaydi, chunki u gidrofob smola bo‘lib, 
erituvchilarni saqlamaydi. 


9.Bond agentning fotopolimerizatsiyasi. 
Bond-agentning butun yuzasiga, ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasiga asosan (odatda 
10-20 soniya) nur ta’sir ettiriladi. Bond-agentning fotopolimerizatsiyasi, 
shuningdek, qo‘llanilgan kompozitning birinchi qatlami bilan ham ruxsat etiladi. 
Adgeziv (bu holda, bond deb ataladigan) tizim qo‘llanilgandan so‘ng, umumiy 
qabul qilingan usullarga muvofiq plombalash amalga oshiriladi. 
10. Bo‘shliqqa kompozit plomba qo‘yish va uni qotirish. 
Kimyoviy qotiriladigan kompozitlar “ish” vaqtining etishmasligi sababli 
bo‘shliqqa bir-ikki porsiyali qilib qo‘yiladi, odatda, qotgandan so‘ng abraziv 
asboblar yordamida modellanadi. Nur bilan qotiriladigan kompozitlar bo‘shliqqa, 
har bir qatlam polimerizatsiya qilinishi hisobga olingan holda, qatlam-qatlam qilib 
qo‘yiladi. 
11. Plombaga yakuniy ishlov berish, "post-bonding" ni amalga oshirish. 
Ko‘rsatmalarga ko‘ra, plombaga tegib turgan emal sohasi flyuorizatsiya qilinadi. 
12. Bemorga tavsiyalar. 
13. Bemorni qayta tekshiruv va restavratsiya sifatini baholash davolanishdan 2-3 
kun o‘tgach o‘tkaziladi. 

Download 23.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling