Restavratsiyaning adgeziv texnikasi hozirgi vaqtda terapevtik stomatologiyada eng
Download 23,72 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqадгезивы
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adgeziv texnika usuli bo‘yicha kompozit plombalarni qo‘yish bosqichlari.
9.3. ADGEZIV TEXNIKA Restavratsiyaning adgeziv texnikasi hozirgi vaqtda terapevtik stomatologiyada eng keng tarqalgan turidir. U kompozitning emalga va dentinga birikishishini ta’minlaydi . Kompozitlar bilan plombalashning barcha holatlarida restavratsiyaning adgeziv texnikasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki u plombani yaxshi joylashishini, dentin yuzasining ishonchli germetizatsiyasini ta’minlaydi, plomba ashyoining polimerizatsion bosimning salbiy ta’sirini kamaytiradi, asoratlar xavfini kamaytiradi. Adgeziv texnikadan foydalanishning sharti – bu samarali dentin adgezivining mavjudligi va karies bo‘shlig‘ining mutlaq quruqligiga erishish imkoniyatidir. Adgeziv texnika yuza va o‘rta darajadagi karieslarda, tishning estetik parametrlarini tiklashda (barcha sinfga mansub karioz bo‘shliqlarni Blek bo‘yicha plombalash, adgeziv yuzaqoplamalarni tayyorlaswh, diastemani yopish va boshqalar) qo‘llaniladi. Og‘ir darajadagi karieslarda, og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi qoniqarli bo’lmaganda va "qo‘shimcha" kariesogen omillar mavjudligida adgeziv texnikani qo‘llash maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki bu holatda asoratlar xavfi, ayniqsa, karieslar retsidivi yuqori darajada bo‘ladi. Adgeziv texnika usuli bo‘yicha kompozit plombalarni qo‘yish bosqichlari. 1. Tish yuzasini tozalash. Ushbu muolaja har qanday ashyolar bilan plombalashda umumiy va majburiy hisoblanadi. Bu bosqichda plombalanadigan tish yuzasi, shuningdek, qo‘shni tishlar, ba’zan esa boshqa jag‘dagi tishlar qattiq va yumshoq karashlardan, pigmentatsiyadan va h.k. tozalanadi. Tishlar yuzasidagi karashlarni olib tashlash uchun qo‘l asboblari – silliqlovchi boshchalar, aylanalar va disklar ishlatiladi (ftor saqlamaydigan abraziv pastalar bilan). So‘ngra tishlar yaxshilab suv bilan yuviladi. Ba’zi hollarda, masalan, milkning kuchli yallig‘lanishi va qon ketishi kuzatilgan holatlarda, avval parodontal terapiya o‘tkaziladi, tishlarning estetik restavratsiyasi esa marginal parodontda patologik jarayonlar yo‘qolgunga qadar kechiktiriladi. Bemorda og‘iz bo‘shlig‘ining sanatsiyasini o‘tkazishdan oldin, tishlarini to‘liq professional tozalash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Ushbu muolajani terapevt-stomatolog, parodontolog yoki gigienist bajara oladi. 2. Restavratsiyani o‘tkazishni rejalashtirish va plombalovchi ashyoning rangini tanlash. Ushbu bosqich juda mas’uliyatli va murakkab bo’lib, yakuniy natija uning to‘g‘ri bajarilganiga bog‘liq. Ushbu bosqichda restavratsiya uchun umumiy rejalar tuziladi, tish qattiq to‘qimasini charxlash, tibbiy, biomexanik va estetik nuqtai nazardan qo‘llanilishi asoslangan plomba ashyolarini tanlab olish, parapulpar va kanal ichi shtiftlaridan foydalanish zaruriyati aniqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasining darajasi baholanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, patsient og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga rioya qilmaganda va chekkanda plomba ashyoi yuzasining yaltiroqligi tezda yo‘qoladi va marginal pigmentatsiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Bemor tomonidan muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilinganda ham kompozit restavratsiyaning abraziv emirilishi tezlashadi, ashyoning rang turg‘unligi yomonlashadi. Download 23,72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling