Restoran faoliyatini samarali tashkil etish


Download 1.22 Mb.
Sana31.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1143086
Bog'liq
Negboyev Asadbek-WPS Office

Restoran faoliyatini samarali tashkil etish

Restoran faoliyati quyidagi tamoyil asosida tashkil topadi: ishlab chiqarish -xo‘jalik faoliyatidan hosil bo‘lgan daromad hisobiga hamma harajatlarni qoplaydi. Bunda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ham hisobga olish kerak.

Restoran boshqaruv apparati tuzilishi harakteri uning bo‘limlari tarkibiy qismi bilan, ularning o‘zaro munosabatlari, o‘zlari ishlab chiqargan va sotib olgan mahsulotlar miqdori bilan belgilanadi.

Ma’muriyat - mehnat jamoasining bir qismini tashkil qiladigan direktor, boshliq, mansabdor shaxslardir. Ma’muriyat o‘z huquq va majburiyati doirasida jamoa faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, mehnat jamoasi nomidan ish qiladi, ularning manfaatini himoya qiladi, burchlarini bajarishi uchun javob beradi.

Mehnat jamoasi ma’muriyat bilan bir qatorda restoran boshqaruvida qatnashadi.

  • Bosh ofitsiant - ofitsiantlarning hamma ishlariga rahbarlik qiladi. Shuningdek, shveysar, kiyim iluvchi, zal, xojatxona farroshlari, bufet xodimlari ishlari ham uning nazoratida bo‘ladi. Bosh ofitsiant zimmasiga mijozlarga xizmat qilish qoidalari xodimlar tomonidan qanday bajarilayotganini nazorat qilish, ichki tartib-intizom, shaxsiy gigiyena, bir xil ko‘rinishdagi kiyimlar kiyishga rioya qilinishi, idish-tovoqlar, stol dasturxonlari, ularga qo‘yiladigan buyumlarning taxt turishini, restoran zali mijozlar qabul qilishga tayyorligini nazorat qilish yuklatiladi.

Shveysar - restoran direktori tomonidan qo‘yiladi, u mehmonlarni kutib olishi kerak, eshiklarni ochib-yopib turadi, zallarning joylanishi haqida restoranga keluvchilarga axborot beradi. Restoran yopilishi oldidan kiruvchilarni to‘xtatadi. Mehmonlar iltimosiga ko‘ra taksi chaqirib berish ham uning vazifasiga kiradi. Restoranga kirish qismi tozaligiga qarab, oyna, eshiklarni, polni artib tozalab turadi. Qish fasli davrida restoran eshigi atrofidagi qorlarni kuraydi, tashqari ozodaligini ham nazorat qiladi. Signalizatsiya tizimini, reklamalar to‘g‘ri osilganini kuzatadi.

XORIJIY SAYYOHLAR BILAN MUNOSABATLAR

Xorijiy sayyohlarni qabul qiladigan restoranlar bosh ofitsianti ularni ovqatlanish zaliga taklif qilishi, mehmonxona ichida ovqatlanishni tashkil qilishi, qabullar, banketlar o‘tkazishi mumkin. Bosh ofitsiant taom tayyorlash texnologiyasini bilishi va mehmonlarning milliy xususiyatlarini, odatlarini hisobga olgan holda harakat qilishi lozim.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling