Restoran inter'eri va eksteriyeri


Download 24 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi24 Kb.
#1194564
Bog'liq
Referat 1


Mavzu: “Restoran inter'eri va eksteriyeri” fanining mutaxassislar tayyorlashdagi o‘rni
Reja:
1. Fanning mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni
2. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
3. O‘quv fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
1. Fanning mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni
Fandan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma xizmat ko‘rsatish korxonalarida, ya’ni umumiy ovqatlanish korxonalarining dizayniga va undagi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishda hamda servis sohasi mutaxassislarining ushbu fan yuzasidan olgan bilimlari amaliy yordam beradi.
Ushbu ma’ruzalar matni talabalarga quyidagi asosiy tushunchalarni anglab olishga ko‘mak beradi:
 “Umumiy ovqatlanish korxonalari dizayni va reklamasi” fanining mutaxassislar tayyorlashdagi o‘rni;
 dizayn san’ati rivojlanishining asosiy bosqichlari;
 umumiy ovqatlanish korxonalari dizayni;
 me’morchilik stillari va zamonaviy dizayn;
 xizmat ko‘rsatish korxonalarining intereri va ekstereri tavsifi;
 “Reklama va reklama faoliyatining mohiyati, ahamiyati va funksiyalari;
 reklamaga qo’yilgan asosiy talablar, reklama turlari va darajalari;
 reklama vositalari va ulardan foydalanishni rejalashtirish;
 umumiy ovqatlanish korxonalari tashqi va ichki reklamalari.
Mazkur o‘quv qo‘llanma dizayn va reklakma haqidagi bilimlarni chuqurroq anglashga yordam beradi.Kelajakda o‘z ixtisosliklari bo‘yicha muvoffaqiyatli ish yuritishni maqsad qilib qo‘ygan soha vakillariga zarur amaliy echim va usullardan xabardor bo‘lish imkonini beradi.
2. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda Umumiy ovqatlanish korxonalari dizayni va reklamasi bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuini shakllantirishdan iborat.Fanning maqsadidan kelib chiqib bir qancha vazifalar qo‘yiladi, ya’ni talabalarni dizayn ishlanmalaridan, reklama mahsulotlaridan samarali foydalanishga, sifatli reklama yaratishga uning maqsadlarini aniqlashga va axborot vositalarini samarali foydalanishga o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalar bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
- O‘zbekistonda servis xizmatlarining holati va servis sohalarining rivojlanish istiqboli; dizayn obektlari, maqsadi, vazifasi va ijtimoiy mohiyati; dizayn obektlariga qo‘yiladigan talablar; dizayn va uning asosiy tushunchalari; dizayn tarixi; me’morchilik stillari va zamonaviy dizayn; servis sohasi korxonalarining intereri; reklama va reklama faoliyatining mohiyati, ahamiyati va iqtisodiy samaradorligi; reklamaga qo‘yiladigan talablar va reklama agentligi haqida tassavurga ega bo‘lishi;
- servisda dizayn obektlarini; korxona turlari, kategoriyalari va binolarining intererlarini; servis sohasi dizayni ob’ektlari uchun proporsiya, simmetriya, asimmetriya, ritm, kompozitsiya, shakl kabi tushunchalarning ahamiyatini; milliydizayn va ulardan servis korxonalarining intererini shakllantirishda foydalanishni; servis sohasi korxonalari foyelarining intererlarini shakllantirishni; ovqatlanish zallarining intererlarini shakllantirishni; ovqatlanish stollarini dizayn talablariga ko‘ra bezashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- xizmat ko‘rsatish xonalarining intererlarini shakllantirish; savdo korxonalari sotish zallarining intererlarini shakllantirish; mehmonxonalar nomerlari intererlarini shakllantirish; ishlab chiqarish korxonalari sex va xonalarining intererlarini shakllantirish; ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
3. O‘quv fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Mazkur fanning predmeti bo’lib servis sohasining umumuiy ovqatlanish korxonalarini dizaynini shakllantirish, eksteryer va interyerini belgilash, ushbu korxonalarda reklama faoiliyatini amalga oshirish bilan bog’liq jarayonlar hisoblanadi.
“Umumiy ovqatlanish korxonalari dizayni va reklamasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
 dizayn tushunchasi va uslublari, shakllar ifodalanishi va kompozitsiya tushunchasi, interyer va eksteryer, dizayner va badiiy konstruktsiyalash, rang va chiroqlar (yoritgichlar) bilan binoni bezash, xizmat ko‘rsatish va servis sohalari bo‘yicha; dizayn va reklamaning servis sohasi korxonalari uchun ahamiyati to‘g‘risida; reklama turlari, shakllari bo‘yicha; reklama agentliklari to‘g‘risida ma’lumotlarni bilishi kerak;
 tayyor dizayn ishlanmalarini ratsional tanlay olish tajribasiga; servis sohasi korhonalari turlarini hisobga olgan holda dizayn takliflarini shakllantirish va loyihalarini tuzish, reklama takliflarni shakllantirish va reklama mahsulotini yaratish buyicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
 zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda turistik ob’yektlarning qurish joyini to‘g‘ri tanlashdan to ularning kerakli uslubni qo‘llagan holda bezash, shundan kelib chiqib iste’molchilarning talabiga javob bera oladigan darajada interyer va reklama yarata olishga qaratilgan malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy (servisdagi texnologik jarayonlar, restoran menejmenti, restoran ishida marketing, mehmondorchilik industriyasi) va ixtisoslik fanlari (ovqatlanish korxonalari jihozlari ekspluatatsiyasi, restoran ishini tashkil etish) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qilib, “Kasbiy etika va etiket”, “Sanitariya va gigiena”, “Servis faoliyati” kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling