Resurslarni optimal taqsimlash va ulardan samarali foydalanish
Tijorat banklari resurslaridan samarali foydalanish yo’llari
Download 41.46 Kb.
|
Resurslarni optimal taqsimlash va ulardan samarali foydalanish-fayllar.org (1)
4.Tijorat banklari resurslaridan samarali foydalanish yo’llari
“Likvidlilik-daromadlilik” dilemmasini hal qilishda aktivlarni boshqarishning uch xil yondoShuvi mavjud. Birinchi usul eng oddiy usul hisoblanadi, ya’ni resurslarning umumiy fondi usulidir (pull-of-funds). Ikkinchi usul – aktivlar taqsimoti yoki resurslar konversiyasi (asset allocation and conversion of funds). Uchinchi usul - EHM larni qo‘llash orqali boshqarishning ilmiy usuli va tahlilidan foydalanish. Ushbu usullar aktivlarni boshqarishda har birining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Dastlab, birinchi usulga to‘xtalsak. Resurslarning umumiy fondi usulida bankning barcha resurslarini birlashtirish g‘oyasi yotadi. To‘plangan resurslar keyin aktivlarga joylashtiriladi. (kreditlar, davlat qimmatli qog‘ozlari, kassadagi naqd pullar va b.) . Ushbu usulning mohiyatini quyidagi chizmadan ko‘rib tuShunish mumkin. Resurslarning umumiy fondi usuli orqali aktivlarni boshqarish: Aktivlarni boshqarishda ushbu usulni amalga oshirishda quyidagi bosqichlardan o‘tish darkor: Birinchisi, mablag‘larning taqsimlanish tuzilishini aniqlashda ularning ulushini belgilash, bu ulush birlamchi rezerv sifatida tashkil qilinadi. Birlamchi rezervlarga balansdagi naqd va unga tenglashtirilgan pullar hamda ularning qoldiqari kiradi. Birlamchi rezervlar tijorat banki likvidliligining asosiy manbasi hisoblanadi. CHunki aynan ushbu manba orqali tijorat banklari kunlik hisobkitoblarida foydalanadi. Ikkinchisi, ikkilamchi rezervlarni tuzish masalasidir. Tijorat banklari aktivlarni joylashtiryapganda “nokassaviy” likvid aktivlarni tuzadi. Bunday rezervlar Yuqori likvidlikka ega bo‘ladi. CHunki ularni qisqa muddat ichida naqd pulga aylantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ikkilamchi rezervlarni tuzishdan maqsad birlamchi rezervlarni to‘ldirish manbasi hisoblanadi. Ikkilamchi rezervlarga qimmatli qog‘ozlar portfeli, ayrim hollarda ssuda hisobvarag‘idagi mablag‘lar kiradi. Uchinchi bosqich, kredit portfelini tuzishdir. Bank birlamchi va ikkilamchi rezervlarni tuzib bo‘lgandan keyin u o‘z mijozlariga ssudalarni berishi mumkin. Bank aktivlari ichida ssudalar asosiy o‘rini egallaydi. To‘rtinchi bosqichda, mablag‘lar taqsimlab bo‘lingandan keyin, qimmatli qog‘ozlar portfeli tarkibi aniqlanadi. Yuqoridagi ta’kidlangan usul aktivlarni boshqarishda “likvidlik-foydalilik” dilemmasini to‘liqligicha hal qilolmaydi. CHunki, resurslarni aktivlarga joylashtirishning aniq mezonlari o‘rnatilmagan. Talab qilinguncha depozitlarga, jamg‘arma depozitlarga, muddatli depozitlarga hamda asosiy kapitalga nisbatan likvidlik magistrantlari hisobga olinmaydi. Buning oqibatida tijorat banklarining foydasi yildan yilga kamayib ketishi mumkin. Shuning uchun, tijorat banklari aktivlarni boshqarishning ikkinchi usuli, ya’ni – aktivlarni taqsimlash usuliga murojaat qilishadi. Aktivlar boshqarishning ikkinchi usuliga batafsil to‘xtalib o‘tsak. Aktivlarni taqsimlash usuliga ko‘ra, tijorat bankiga zarur bo‘lgan likvid mablag‘lar resurslar jalb qilishning manbalariga bog‘liqdir. Bu usul -chizmada yaqqol tasvirlangan. Aktivlarni taqsimlash usulida har bir depozit turi bo‘yicha alohida rezervlarni tashkil qilish nazarda tutiladi. Ushbu usulning eng asosiy afzalligi Shundaki, ushbu usulni qo‘llashda likvid aktivlarning kamayishiga olib keladi. Bu esa, foyda me’yorini oshiradi. Ushbu usul tarafdorlari ta’kidlashicha, foyda me’yorining oshishi aynan ortiqcha likvid mablag‘larini ishlatib yuborishligidan kelib chiqadi. Umuman olganda, Yuqoridagi ikki usul majburiy rezervlar likvidliligiga urg‘u beradi. Ikkala usul minimal likvidlik darajasiga tayanmasdan, o‘rtacha likvidlik darajasiga tayanadi. Bu esa ikkala usul uchun kamchilik hisoblanadi. Aktivlarni boshqarishning uchinchi usuli – ilmiy boshqarish usuli. Ushbu usul orqali aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda matematik model usullaridan foydalaniladi. Ilmiy boshqarish usuli uch xil savolga javob berishni nazarda tutadi: “muammoning mohiyati nimada?”, “muammo echimining variantlari qanday?”, “qaysi variant eng yaxshi hisoblanadi?”. Bizning fikrimizcha, Yuqoridagi ta’kidlab o‘tilgan aktivlarni boshqarishning uch xil usuli an’anaviy usullar qatoriga kiradi. CHunki, bugungi kunda aktivlarni boshqarishda yangi axborot texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, aktiv va passivlarni boshqarishda “GAP” tahlilidan keng foydalanish masalasidir. Aynan ushbu usul orqali jahonning nufuzli banklari o‘z aktivlari va passivlarini boshqaradi. Ushbu masalani AQSH tajribasi misolida biz bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobi yakunida o‘rganib chiqamiz. Aktivlarni boshqarishni o‘rganishda bank aktivlari likvidliligi masalasini ko‘rib chiqish muhim hisoblanadi. CHunki likvidlik muammosi bitiruv malakaviy ish mavzuimizga bevosita bog‘langan. Banklar samarali faoliyat yuritishi va ularning ishonchliligini ta’minlashga erishish uchun banklarning likvidliligi qay darajada ekanligini aniqlash juda muhimdir. Likvidlilik bank faoliyatini tafsiflaydigan asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u bank tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi hamda aktivlar o‘sishini ta’minlash bilan birga, depozitlar va qarz mablag‘lari darajasini samara-li boshqarishni bildiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida banklar va ularning barqaror faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan uning biznesi qay darajada tashkil etilganiga bog‘liq. Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy maqsadi daromad olishdir, Shu jumladan tijorat banklari ham o‘z faoliyatlari natijasida daromad olib boradi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar o‘z daromadlarini imkon darajasida oshirib borishga harakat qilmoqdalar. Lekin, daromadlilikka teskari proporsional bo‘lgan likvidlilik ko‘rsatkichi ham borki, u bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga barcha tijorat banklari amal qilishlari kerak. Likvidlilik tijorat banklarining moliyaviy holatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Likvidlilik muammosi tijorat banklari vujudga kelishi bilanoq paydo bo‘lgan. Ushbu muammolarning oldini olish bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida yanada dolzarblashadi, sababi, o‘tkazilayotgan islohotlarning samarasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank tizimi barqarorligiga bog‘likdir. Hozirgi sharoitda respublika bank tizimining likvidliligi va barqarorligi mamlakat uchun g‘oyat muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham tijorat banklari likvidligini ta’minlash va uni boshqarish mexanizmini takomillashtirib borish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, dastavval bank likvidliligi 2 ta nazariy yondoShuvni o‘z ichiga olar edi: bank aktivlari tarkibi, muddati, bank passivlari tarkibi, muddatlariga mos kelishi shart. Bu esa amaliy jihatdan tijorat banklari o‘z likvidliligini boshqarish bo‘yicha aktiv siyosat yuritishiga yo‘l bermas edi. Ushbu berilgan nazariy asoslar natijasida bank moli-yaviy talablari hajmi va muddati bank majburiyatlari hajmi va muddatlariga mos kelishi shart degan bankning oltin qoidasi yuzaga keldi; balans aktivlari va passivlari tarkibi real hajmda mos kelmasligiga asoslangan, hatto eng qudratli tijorat banklari ham moliyaviy inqirozlar, bankrotlik, iqtisodiy tangliklardan va boshqa mojarolardan sug‘urtalanmagan. Bu ayniqsa, rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tgan davlatlarga xosdir. Bank ishining evolyusion tarzda rivojlanishi natijasida ikkinchi yondoShuvga asosan aktiv va passivlarni boshqarish nazariyalari yuzaga kelib, rivojlandi. Hozirgi kunda 4 ta asosiy nazariyalar o‘zaro farqlanadi: Tijorat ssudalari nazariyasi; Joydan-joyga (aktivlarni) ko‘chirish nazariyasi; Kutiladigan daromad nazariyasi; Passivlarni boshqarish nazariyasi. Download 41.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling