Mavzu: pulning miqdoriylik nazariyasi
Download 22.85 Kb.
|
Pulning miqdoriylik darajasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-guruh talabasi Tursunboyev Shuhrat Dilshod o’g’li
E S S AY MAVZU: PULNING MIQDORIYLIK NAZARIYASI Reja: Pul nazariyalarini kelib chiqish tarixi Pulning miqdoriylik darajasi Xulosa Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi. Qo’l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu davr talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Yevropadagi XV asrdagi «pul ocharchiligidan» dan ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi muammolarini echishdagi roli beqiyos bo’ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Aslini olib qaraganda mahalliy xalq orasida pul qo‘lning kiri degan ibora mavjud bo‘lsada, aslida man uchun bu teskari holat hiosblanadi. Ya’ni man uchun, atrofimdagilar uchun, umuman qilib aytganda yashash sharoiti uchun baribir pul juda kerak.Aytaylik pul shunchalik muhim ekanki, aslida uni qanday topamiz yoki uning asosi, mohiyati nimada va miqdoriy nazarasiyasi nimaga borib taqaladi? Pullarning miqdoriylik nazariyasi tovar yoki mahsulotlarning qiymati, pullarning haridchilik qobiliyati va uning o‘zgarishi sabablari haqidagi savolga javob berishga harakat qilib ko‘raman. Tarixga nazar soladigan bo‘lsam, J.Vanderlint (1740-yilda vafot etgan), Sh.Monteske (1689—1755) va D.Yum (1711—1776) asarlarida topish mumkin hamda D.Rikardo (1772—1823) ham pullarning miqdoriy nazariyasi tarafdori bo‘lgan. Agar mamlakatda pullar qancha ko‘p bo‘lsa, bu shuncha yaxshi, buning sababi bunday hol savdo va sanoatning ravnaqini taqozo etadi deb hisoblashgan bo‘lishsa, unda Devid Yum muomaladagi pullaring ko‘payishi mamlakat boyligini ifodalamaydi, balki faqat tovarlar narxlarning o‘sishiga olib kelishini isbotlashga uringan deya aytib o‘tgan ekan. Man shu darajada qoyil qolamanki, bu ikkala unsir yoki jarayon huddi aka-ukadek bir-birini yetaklab yuradi yoki biri bo‘lmasa qolganlari ham bo‘lmaganidek. Ya’ni pul yo‘q tovar yo‘q yoki buning aksi tovar yo‘q pul yo‘q degani.Shu o‘rinda yoshligimda o‘qigan ya’ni ko‘zim tushgan bir jumlani takidlamoqchiman. “G’ofillarning fikricha dunyoning barcha ishlariga bir narsa hokim, zeroki uning ortidan qancha g‘avg‘olar bor” deb o‘qigandim. O‘shanda buning ortida pul turganini uning qancha munosabatlarga o‘z tasirini o‘tkazishini anglamaganman.Lekin man bu bilan pul va uning munosabatlariga pessimist sifatida qaramoqchi emasman. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam hozirgi globallashuv va iqtisodiy-siyosiy vaziyatlar tarang bo‘lib turgan bu dunyoda pul juda muhim hisoblanib, boshqacha qilib aytganda, pulning miqdoriy nazariyasi pul taklifida ma’lum bir foizning o‘zgarishi inflyatsiya yoki deflyatsiya darajasiga tenglashishini ko‘rsatadi. Demak ayta olamanki, pulning miqdoriylik nazariyasi pul moliya siyosatini yanada zamonaviylashishiga o‘z hissasini qo‘shaveradi. 7-guruh talabasi Tursunboyev Shuhrat Dilshod o’g’li Download 22.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling