Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati Reja
Download 408.13 Kb.
|
biofiz Retsepsiya, retseptorlar hujayralar, tuzilishi va faoliyati
O‘tkazgich qismi. Xar bir analizatorning po‘stlok qismi nervlardan va o‘tkazuvchi sistemadan iborat bo‘lib, impulsni retseptorlardan markazga yetkazib beradi
M arkaziy po‘stloq qismi. Xar bir analizatorning po‘stlog‘ qismi bosh miya po‘stlog‘ining alohida sohalarida joylashgan. Umuman, bosh miya po‘stlog‘i analizatorlar kompleksidan iboratdir. Bosh miya po‘stlog‘ida har xil tashqi va ichki taassurotlarni qabul qiluvchi retseptorlarning o‘ziga xos analizator zonalari joylashgan. Masalan, ko‘z va quloqdagi retseptorlarda paydo bo‘lgan ko‘zg‘alishlarni bosh miya po‘stlog‘idagi o‘ziga xos zonalar qabul qiladi. Analizatorlarning periferik qismi (retseptor) ta’sirlarni nerv impulsiga aylantirib beradi uning miya po‘stlog‘idagi qismida oliy sintez va analiz jarayonlari boradi. Har bir analizator zonasi miya po‘stlog‘ining ma’lum bir bo‘lakchasi bilan chegaralanmagan, balki atrofga keng tarqalgandir. Analizatorning zich joylashgan qismlari analizator markazi yoki yadrosi deyiladi. Bir analizatorning periferiyasi ikkinchi analizator sohasi bilan qo‘shilib ketgan bo‘ladi, shuning uchun bir analizator sohasining zararlanishi ikkinchi bir analizator funksiyasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shunday kilib, retseptorlar tashqi taassurotni nerv impulsiga aylantirib bergandan keyin, impuls o‘tkazgich yo‘llar orqali analizator yadrosiga va uning periferiyasiga yetib boradiyu bu yerda oliy analiz va sintez jarayonlari yuz beradi. Bosh miya po‘stlog‘ining oliy faoliyatining buzilishi va neyropsixologik tekshirish usullari. Bosh miya po‘stlog‘ining oliy faoliyati praksis, gnozis, so‘zlash qobiliyati, o‘qish, xotira, hisoblash va fikrlash faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Shu faoliyatlarning normal holatini hamda ularning o‘zgarishlarini aniqlashda neyropsixologiya usullari katta ahamiyatga ega. Neyropsixologiya — bosh miyaning zararlanishi orqasida kelib chiqadigan markaziy nerv sistemasi oliy faoliyatining o‘zgarishlarini va bu o‘zgarishlar bosh miyaning qaysi qismi zararlanganligi natijasida kelib chiqqanligini, psixologik metodlar asosida aniqlash va zararlanish natijasida buzilgan oliy psixik funksiyalarni tiklashnnng to‘g‘ri yo‘llarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fandir. Bizning tibbiyotda bu fan akad. A.R.Luriya va uning shogirdlarining ishlarida o‘z aksini topgan. Hozirgi vaktda neyropsixologiya usullari nevrologiya, neyroxirurgiya klinikalarining amaliy faoliyatida topik diagnostika uchun keng qo‘llanilmokda. Neyropsixologiya fani miyaning ma’lum bir qismi zararlangan bosh miya po‘stlog‘ining oliy faoliyatini o‘rganishda kishining ruhiy faoliyatida sodir bo‘luvchi patologik o‘zgarishlarni umumiy tarzda ta’riflash va shu o‘zgarishlar uchun asosiy nuqsonni farq qila bilish va u orqali ikki o‘zgarishlarni aniqlash hamda buning vositasida asosiy tufayli vujudga kelgan simptomlar yig‘indisi sindromni tushuntnrishga intilishni o‘z oldiga asosin maqsad qo‘yadi. Bosh miyaning chap yarim shari bajaradigan funksiyasi jihatdan dominant, ya’ni ustun yarim shardir. Agar asosiy oliy nerv jarayonlarining boshqarish markazlari shu yarim sharning po‘stlog‘ida joylashgan bo‘lsa, bunday kishilar «o‘naqay» bo‘ladilar, uning yarim sharda joylashgan bo‘lganda esa «chapaqay» bo‘ladilar. O‘naqaylik va chapaqaylikni tekshirish bosh miya yarim sharlarining zararlangan tomonini aniqlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega. Asl o‘naqay va chapaqaylardan tashqari, o‘naqalar orasida «yashirin chapaqaylar» ham uchraydi. Bunday kishilar aslida chapaqay bo‘lib tug‘ilganlaru, lekin o‘rgatish va tarbiya natijasida ular o‘ng qo‘l bilan ishlashga odatlanib ketgan bo‘ladilar. O‘naqaylarda yashirin chapaqaylik» belgisnning borligi bosh miyaning dominant yarim shari o‘ng yarim sharda joylashganidan dalolat beradi. Neyropsixologik tekshirish usullari bemorning «chapaqay» va «o‘naqayligini» aniqlashdan boshlanadi, buning uchun avval bemordan qaysi ko‘li bilan yozishi, ovqatlanayotganda qoshiqni qaysi ko‘li bilan ushlashi, o‘tin yorganda boltani qaysi qo‘li bilan ushlashi va xokazo, ya’ni «o‘naqayligi» yoki «chapaqayligi» so‘rab olinadi. So‘ngra qo‘yidagi usullarda tekshirishga o‘tiladi: a) bemordan ko‘l barmoklarini bir-biriga chirmashtirish iltimos qilinadi. Agarda bemor o‘ng qo‘lining bosh barmog‘ini chap qo‘lining bosh barmog‘i ustiga qo‘ysa demak u asl «o‘naqay»-dir. Buning aksi bo‘lsa, ya’ni chap qo‘lning bosh barmog‘i, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘i ustiga qo‘yilsa, bu hol bemorning o‘naqay» bo‘lishidan qat’i nazar, unda «chapaqaylik»ning yashirin belgilari borligidan dalolat beradi . b) bemordan o‘ziga o‘naqay bo‘lgan holatni tanlab qo‘llarini qovushtirish iltimos qilinadi, chunonchi, agar bemor qo‘l qovushtirganida o‘ng bilagini chap bilagi ustiga qo‘ysa, bu hol o‘naqaylikdan dalolat beradi. Agarda bemor chap bilagini o‘ng bilagi ustiga qo‘ysa unda «yashirin chapaqaylik» belgilari bor deyish mumkin. v) bemordan qarsak chalish harakatini bajarish so‘raladi. Bu usulda shu narsaga e’tibor qilmoq kerakki, «o‘naqaylar» qarsak harakatida o‘ng qo‘lni faol va chap ko‘lni sust holatda tutadilar. «Chapaqaylar»da esa bu holatning aksi bo‘ladi. «O‘naqay» kishining o‘ng qo‘lini sust holatda tutishi «yashirin» chapaqaylik belgisi borligidan darak beradi. Yuqoridagi tekshirish usullari bajarilgandan so‘ng bemorning ikkala jimjilog‘idagi tirnoqlari yuzasi solishtiriladi. Chap qo‘l jimjilog‘ining tirnoq yuzasi o‘ng qo‘l jimjilog‘ining tirnoq yuzasiga nisbatan kengroq bo‘lishi ham yashirin chapaqaylik belgisidir. Praksis, uning buzilishi va tekshirish usullari. Yangi tug‘ilgan bolada piramida yo‘lining rivojlanishi natijasida, ko‘ziga birinchi bo‘lib ko‘ringan har qanday narsaga talpinish va ularni olish uchun ixtiyoriy harakat qilishi unda shartli reflekslar paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu harakatlarning qayta-qayta takrorlanishi natijasida inson o‘zining butun umri davomida hayot uchun zarur bo‘lgan murakkab harakatlarni o‘zlashtirib boradi. Mana shunday odat tusiga kirgan ixtiyoriy harakatlar kompleksiga praksiya deyiladi. Praksiya bexosdan, erkin ravishda, ya’ni fikrni jalb qilmasdan, ayrim maqsadlarni amalga oshiradigan odatiy harakatlardir. Download 408.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling