Eshitish funksiyasining buzilishlari
Eshitish analizatorining shikastlanishi oqibatida eshitish qobiliyatining pasayib ketishi karlik, zaif eshtish, eshitish agnoziyasi kabi nuqsonlar paydo bo‘ladi. Yosh bolalardagi eshitishning pasayishi ko‘pincha eshituv nervlari shikasti bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarning 70 %dagi karaklik, meningit kasali bilan og‘riganda eshitish azolarining anomal rivojlanishi, turli shikastlar sabab bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ining funksiyasi va patologiyasi
Bosh miya po‘stlog‘ida sezish, ko‘rish, eshitish, hidlov, ixtiyoriy harakat va boshka proyeksion zonalar-markazlar joylashgan. Bu zonalarda tashqi va ichki muhitdan qabul qilingan taassurotlar oliy darajada analiz va sintez qilinadi va bu taassurotlarga organizm tomonidan tegishli javob qaytariladi.
Bundan tashqari, so‘zlash, odam nutqini tushunish, qabul qilingan taassurotlarga nisbatan to‘g‘ri tushuncha hosil qilish (tanish, bilish), hayot tajribasida o‘rganilgan oddiy va murakkab harakatlarni bajarish xususiyatlari, ya’ni oliy nerv faoliyati kabi funksiyalar miya po‘stlog‘i bilan po‘stloq ostida joylashgan boshqa markazlarning o‘zaro aloqasi natijasida ro‘y beradi.
Nerv sistemasi organizmni doimo o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashtirib turadi. Tashqi va ichki muhit taassurotlari nerv sistemasining analizatorlar deb ataluvchi o‘ziga xos tuzilmalari qabul qilinadi.
Analizatorlarning tuzilishi. Har bir analizator uch qismdan iborat:
Retseptor qismi - analizatorning organlari, teri va shilliq pardalarda joylashgan periferik qismdir.
Retseptorlar kishi organizmda joylanishiga qarab 3 guruhga bulinadi:
Ekstroretseptorlar.
Proprioretseptorlar.
Introretseptorlar.
Ekstroretseptorlar ikki xil bo‘ladi: qontakt retseptorlar va distant (ko‘ruv, eshituv, hidlov va boshka) retseptorlar. Retseptorlarning asosiy funksiyasi – har xil tashqi va ichki taassurotlarni nerv impulsiga aylantirib berishdan iborat.
Har bir sezgi organida joylashgan retseptor faqat ma’lum bir taassurotnigina qabul kilishga moslashgan bo‘ladi. Masalan, ko‘zning tur qavatida joylashgan retseptorlar yoruglik taassurotlarini, ichki quloqda joylashgan Kortiyev organi retseptorlari tovush taassurotlarini qabul qilishga moslashgandir. Shunday qilib, retseptorlarda boshlang‘ich analiz va oddiy sintez jarayonlari sodir bo‘lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |