Revmatologiya mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan og’zaki savollar ro’yxati Uchinchi va ikkinchi malaka toifasi uchun savollar


Download 226.24 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi226.24 Kb.
#1729721
  1   2   3
Bog'liq
18. Ревматология оғз. сав. сайт ўзб


Revmatologiya mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan
og’zaki savollar ro’yxati



Uchinchi va ikkinchi malaka toifasi uchun savollar:



  1. Bo‘g‘im haqida tushuncha bering. Bo‘gim turlari haqida ayting.

  2. Poli-, mono-, oligoartritlar haqida tushuncha.

  3. O‘tkir revmatik isitma haqida tushuncha.

  4. O‘tkir revmatik isitmaning etiologiyasi va patogenezi.

  5. O‘tkir revmatik isitma rivojlanishida streptokokklarning o‘rni.

  6. O‘tkir revmatik isitmaning klinikasi.

  7. O‘tkir revmatik isitmaning katta va kichik mezonlari.

  8. O‘tkir revmatik isitmaning tashxisi.

  9. O‘tkir revmatik isitmani davolash tamoyillari.

  10. O‘tkir revmatik isitma davosida asosiy va alternativ antibakterial preparatlar.

  11. O‘tkir revmatik isitmaning oqibatlari, birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi.

  12. Surunkali yurak revmatik kasalligi haqida tushuncha.

  13. Mitral klapan yetishmovchilining klinikasi va gemodinamik o‘zgarishlari.

  14. Mitral klapan stenozi klinikasi va gemodinamik o‘zgarishlari.

  15. Aortal klapan yetishmovchiligi klinikasi va gemodinamik o‘zgarishlari.

  16. Aortal klapan stenozi klinikasi va gemodinamik o‘zgarishlari.

  17. Mitro-aortal klapan aralash nuqsonlari klinikasi va gemodinamik o‘zgarishlari.

  18. Surunkali yurak revmatik kasalligida ikkilamchi profilaktika davomiyligi.

  19. Surunkali yurak revmatik kasalligi surunkali yurak yetishmovchiligi funksional sinf III bilan qo‘shilib kelganda davolash choralari.

  20. Surunkali yurak revmatik kasalligi xirurgik davoga ko‘rsatmalar va bemorni operatsiyaga tayyorlash tamoyillari.

  21. Surunkali yurak revmatik kasalligi mavjud bemorlarni dispenser nazorati.

  22. Surunkali yurak revmatik kasalligi mavjud homilador ayollarni olib borish taktikasi.

  23. Revmatoid artrit haqida tushuncha, etiopatogenezi.

  24. Revmatoid artritning zamonaviy tasnifi.

  25. Revmatoid artritda bo‘g‘im shikastlanish xususiyatlari va klinik ko‘rinishlari.

  26. Revmatoid artritda kasallik faolligini aniqlash indeksi.

  27. Revmatoid artritni laborator va instrumental yordamida tashxislash.

  28. Revmatoid artritda rentgenologik o‘zgarishlar va roentgen bosqichlari.

  29. Revmatoid artritning tashxis mezonlari.

  30. Revmatoid artritni zamonaviy davolash tamoyillari.

  31. Revmatoid artritni bazis yallig‘lanishga qarshi vositalar yordamida davolash.

  32. Revmatoid artritni davolashda gen-injener biologik vositalarning o‘rni.

  33. Revmatoid artritli bemorlarni ambulator olib borish va dispenser nazorati.

  34. Homilador revmatoid artritli bemorlarni olib boorish taktikasi.

  35. Osteoartrit haqida tushuncha va etiopatogenezi.

  36. Osteoartritning klinik tasnifi.

  37. Osteoartritda artralgiya xususiyatlari va klinik namoyon bo‘lishi.

  38. Osteoartritning alohida shakllari (gonartroz, koksartroz) klinikasi.

  39. Osteoartritning qo‘l barmoqlari shaklini revmatoid artrtit bilan taqqaoslama tashxisi.

  40. Osteoartritni davolashga zamonaviy yondashuvlar.

  41. Osteoartritni nomedikamentoz davolash usullari.

  42. Osteoartritni xirurgik davolashga ko‘rsatmalar.

  43. Podagra haqida tushuncha va etiopatogenezi

  44. Podagraning klinik tasnifi.

  45. O‘tkir podagra xurujining etiopatogenezi.

  46. Surunkali podagrada bo‘g‘im sindromi xususiyatlari.

  47. Podagraning klinik laborator tashxisi.

  48. Podagra xurujini davolashga zamonaviy yondashuv.

  49. Podagrik nefropatiyaning klinikasi. Davolashga yondashuv.

  50. Urikozurik, urikostatik terapiya.

  51. Podagraning kechki asoratlari va ularni tuzatish yo‘llari.

  52. Tizimli qizil bo‘richa haqida tushuncha va etiopatogenezi.

  53. Tizimli qizil bo‘richaning klinik tasnifi. Tizimli qizil bo‘richa turli shakllarining klinik namoyon bo‘lish xususiyatlari.

  54. Tizimli qizil bo‘richada a’zo va to‘qimalar shikastlanishining klinikasi.

  55. Tizimli qizil bo‘richaning bo‘g‘im sindromini revmatoid artrit bilan taqqoslama tashxisi.

  56. Tizimli qizil bo‘richaning zamonaviy immunologik tashxisi.

  57. Tizimli qizil bo‘richada kasallikning rivojlanishi va faollik indeksini baholash.

  58. Tizimli qizil bo‘richada bemorlarni og‘irlik darajasiga qarab olib borish va zamonaviy davolash choralari.

  59. Homilador tizimli qizil bo‘richali bemorlarni olib boorish taktikasi.

  60. Tizimli qizil bo‘richada antifosfolipid sindromi profilaktikasi.

  61. Virus etiologiyali pnevmoniyalardan so‘ng revmatologik bemorlarni olib boorish tamoyillari.

  62. Revmatologik kasalliklarda amiloidozning rivojlanishi, etiopatogenezi.

  63. Revmatologik kasalliklarda amiloidozning klinikasi, tashxisi.

  64. Revmatologik kasalliklarda amiloidoz rivojlanishining profilaktikasi.

  65. Tizimli qizil bo‘richada buyrak shikastlanishi. Davolash va profilaktik usullari.

  66. Podagrada buyrak shikastlanishi. Dietaning o‘rni.

  67. Tizimli qizil bo‘richada bemorlani dispenser nazoratiga olish.

  68. Revmatoid artritli bemorlarni dispenser nazoratiga olish va olib borish.

  69. Spondiloartritlarda ASAS va Nyu-York tashxis mezonlari haqida tushuncha.

  70. BASDAI indeksi haqida tushuncha va revmatologiyada undan foydalanish ahamiyati.

  71. ASDASCRO va ASDASECHT indeksidan foydalanish ahamiyati va ularni hisoblash.

  72. Noradiologik aksial spondiloartritlarni tashxislash mezonlari va davolash tamoyillari.

  73. Vegener vaskulitini tashxislash mezonlari va induksion terapiya haqida tushuncha.

  74. Lyupus nefritda biopsiyaning ahamiyati va gistologik turlari.

  75. Nospetsifik aortaarterit haqida tushuncha va tashxislash mezonlari.

  76. Gigant hujayrali arteriit haqida tushuncha, tashxislash mezonlari va davolash tamoyillari.

  77. Revmatologiyada immunodiagnostikaning ahamiyati. Tizimli sklerodermiyani immunologik tashxislash.

  78. ANSA assosirlangan vaskulitlar haqida tushuncha va ularning klinikasi, taqqoslama tashxislash.

  79. Lyupus nefritni davolash tamoyilari va basis yallig‘lanishga qarshi vositalarining tanlovi.

  80. Tizimli qizil bo‘richa kasalligida gen-injener biologik vositalarni qo‘llashga ko‘rsatma va davolash taktikasi.

  81. Yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalarining ta’sir mexanizmi va tasnifi, ulardan foydalanish tamoyillari.

  82. Podagra va psevdopodagraning taqqoslama tashxisi va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari.

  83. Anti-siklik sitrullin oqsili (АЦЦП)ning paydo bo‘lish sababi va revmatologiyada ahamiyati.

  84. Kogan sindromi haqida tushuncha, klinikasi va davolash tamoyillari.

  85. DAS28, DAS4 indekslaridan foydalanish va hisoblash.

  86. Diffuz idiopatik osteoskleroz kasalligi va ankilozlovchi spondilit kasalligining taqqoslama tashxisi. Diffuz idiopatik osteoskleroz kasalligini davolash usullari.

  87. Tizimli sklerodermiyada o‘pka gipertenziyasini tashxislash va davolash usullari.

  88. BASMI va BASFI indekslari haqida tushuncha va revmatologiyada qo‘llash o‘rni.

  89. Podagra kasalligida siydik kislotaning hosil bo‘lish mexanizmi va ekskretsiya usullari. Urikozurik vositalar va ularning ta’sir mexanizmi.

  90. Qaysi revmatologik kasalliklarda pnevmosistli pnevmoniyaning profilaktikasi o‘tkazilishi lozim va qanday vositalardan foydalaniladi, ularning ta’sir mexanizmi.

  91. Lyupus nefrit ikkilamchi gipertenziya bilan qo‘shilib kelganda davolash tamoyillari.

  92. Nospetsifik aortaarteriit insult bilan asoratlanganda davolash tamoyillari.

  93. Podagra kasalligi xurujlararo davrida siydik kislota miqdoriga bog‘liq rtavishda bemorlarni olib borish taktikasi.

  94. Tugunli eritema qaysi kasalliklar bilan qo‘shilib kelishi mumkin.

  95. Vegener kasalligi o‘pka belgilarining sarkaidoz kasaligi bilan taqqoslama tashxisi.

  96. Revmatik polimialgiya haqida tushuncha va qaysi revmatologik kasalliklar bilan qo‘shilib kelishi mumkin.

  97. Qaysi revmatologik kasalliklar poli-, mononeyropatiyalar bilan qo‘shilib kelishi mumkin va ularni davolash tamoyillari.

  98. Osteoartroz yurak, buyrak, oshqozon kasalliklari bilan qo‘shilib kelganda yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalarning tanlov vositalari.

  99. Revmatologiyada to‘qima nekroz omili-alfa ingibitoriga ko‘rsatma bo‘lganda va bemorda sil kasalligining latent shakli aniqlanganida bemorni olib borish taktikasi.

  100. Gen injener biologik vositalar tasnifi. IL-17 ingibitori vositalari va Sekukinumab vositasiga ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatma va dozalaash tartibi.

  101. Gen injener biologik vositalar tasnifi. O‘sma nekroz omili-alfa ingibitori vositalariga ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatma va Infliksimab vositasini dozalash tartibi.

  102. Gen injener biologik vositalar tasnifi. O‘sma nekroz omili-alfa ingibitori vositalari va ushbu vositalarning sil kasalligi rivojlanishida etiopatogenetik ahamiyati.

  103. Gen injener biologik vositalar tasnifi. IL-17 ingibitori vositalari. IL-17ning organizmdagi biologik ahamiyati va qaysi immun hujayralardan ishlab chiqariladi.

  104. Gen injener biologik vositalar tasnifi. IL-1 ingibitori vositalari va kanakinumab vositasiga ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatma va dozalash tartibi.

  105. Gen injener biologik vositalar tasnifi. IL-6 ingibitori vositalariga ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatma va Tosilizumab vositasining dozalash tartibi.

  106. Revmatologik kasalliklarda denosumab vositasini qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma va dozalash tartibi.

  107. Revmatologiyada vitamin Dning ahamiyati. Vitamin Dni qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma va dozalash tartibi.

  108. Revmatologiyada nefrit qo‘shilib kelganda umumiy davolash tamoyillari. Antikoagulyantlar, lipid miqdorini pasaytiruvchi vositalardan foydalanish o‘rni.

  109. Revmatologik kasalliklarda fosfodiesteraza-4 ingibitorlaridan foydalanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma va Apremilastning dozalash tartibi. Fosfodiesteraza-4 ingibitorlarining ta’sir mexanizmi.

  110. Revmatologik kasalliklarda induksion va ushlab turuvchi davolash usullari haqida tushuncha bering va qaysi revmatologik kasalliklarda ushbu usullardan foydalaniladi.

  111. Sil kasalligi spondiliti va ankilozlovchi spondilitning taqqoslama tashxisi.

  112. Psoriatik artritning spondilit shakli va ankilozlovchi spondilitning taqqoslama tashxisi.

  113. Asimptomatik giperurikemiya haqida tushuncha va siydik kislota miqdorini kamaytiruvchi vositalarni qo‘llashga ko‘rsatmalar.

  114. Osteoartroz, gonartrozning rentgenologik bosqichlari va rentgenologik bosqichlarga xos davolash taktikasi.

  115. Ankilozlovchi spondilit kasalligida gen injener biologik vositalardan foydalanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  116. Ankilozlovchi spondilit kasalligida gen injener biologik vositalardan foydalanish va kasallik ekstra-aksial formalari bilan qo‘shilib kelganda tanlov vositalari.

  117. Ankilozlovchi spondilit kasalligida mahalliy terapiyaga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

  118. Podagraning xurujlararo davrida davolash tamoyillari.

  119. Podagraning klinik bosqichlari haqida tushuncha va ularni davolash tamoyillari.

  120. Bexchet kasalligi tashxis mezonlari va davolash tamoyillari.

  121. Eozinofilli granulematoz poliangiitni tashxis mezonlari va davolash tamoyillari.

  122. Mikroskopik granulematoz poliangiitni tashxis mezonlari va davolash tamoyillari.

  123. Revmatologik kasalliklarda teri sindromi haqida tushuncha. Halqasimon eritema qaysi revmatik kasallikka xos belgi.

  124. Revmatologik kasalliklarda teri sindromi haqida tushuncha. Livedo retikularis qaysi revmatik kasallikka xos belgi.

  125. Revmatologik kasalliklarda teri sindromi haqida tushuncha. Teri induratsiyasi qaysi revmatik kasallikka xos belgi.

  126. Revmatologik kasalliklarda teri sindromi haqida tushuncha. Tizimli qizil bo‘richa kasalligiga xos teri sindromi belgilari.

  127. Reyno sindromi haqida tushuncha qaysi revmatik kasallikka xos belgi, davolash tamoyillari.

  128. Enteropatik artropatiyalar, ularni tashxislash mezonlari va boshqa artropatiyalardan taqqoslama tashxisi.

  129. Chakka arteriyasi vaskuliti tashxis mezonlari va davolash tamoyillari.

  130. Vaskulitlarga xos bo‘lgan qon-tomir o‘zgarishlari haqida tushuncha va ularning angiografik belgilari.

  131. Diabetik artropatiyalar, tashxisi, klinikasi va davolash tamoyillari.

  132. Tovon pixi tashxisi, klinikasi va davolash tamoyillari.

  133. HLA-B27 geni haqida tushuncha va uning revmatologiyada ahamiyati.

  134. Tizimli revmatologik kasalliklarda immunodiagnostika ahamiyati va maxsus immunologik markerlarni ayting.

  135. Lambart-Eaton miastenik sindromi va revmatik polimialgiya taqqoslama tashxisi.

  136. ANSA-assosirlanmagan mayda kalibrli qon-tomir vaskulitlari, tashxislash, klinika va davolash tamoyillari.

  137. Gepatit B assosirlangan vaskulit klinikasi va davolash tamoyillari.

  138. Gepatit C assosirlangan vaskulitlar klinikasi va davolash tamoyillari.

  139. Tizimli revmatologik kasalliklarda immunodiagnostika ahamiyati. anti-dsDNA, anti-Smith.

  140. O‘choqli sklerodermiya haqida tushuncha, tashxisi, klinikasi va davolash tamoyillari.

  141. Dori assosirlangan qizil bo‘richa kasalligi haqida tushuncha va immunologik tashxislash markerlari.

  142. Tizimli revmatologik kasalliklarda immunodiagnostika ahamiyati Antikardiolipin antitela, antikoagulyant antitela.

  143. Tizimli revmatologik kasalliklarda immunodiagnostika ahamiyati. Shegren sindromi immunologik tashxisi va klinikasi, davolash tamoyillari.

  144. Biriktiruvchi to‘qima aralash kasalligi haqida tushuncha, klinikasi va davolash tamoyillari. Anti-U1 RNP (anti-U1 ribonukleoprotein).

  145. Tizimli revmatologik kasalliklarda immunodiagnostika ahamiyati. Tizimli diffuz sklerodermiya immunologik markerlari.

  146. Tizimli qizil bo‘richa kasalligining nospetsifik immunologik marker haqida tushuncha.

  147. Antisentromer antitela qaysi revmatologik tizimli kasallikka xos va uning klinik belgisi.

  148. Suyak-mushak tizimiga xos umumiy klinik belgilar haqida tushuncha.

  149. Revmatologik kasalliklar yallig‘lanish belgilarining boshqa kasalliklar yallig‘lanish belgilaridan farqli tomonlari haqida tushuncha bering.



Download 226.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling