Revmatologiya mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan og’zaki savollar ro’yxati Uchinchi va ikkinchi malaka toifasi uchun savollar
Birinchi malaka toifasi uchun savollar
Download 226.24 Kb.
|
18. Ревматология оғз. сав. сайт ўзб
Birinchi malaka toifasi uchun savollar:
Osteoartrit: diagnostik mezonlari, klinik, laborator, rentgenologik belgilar. Osteoartritning nomedikamentoz va medikamentoz davolashning asosiy tamoyillari. Osteoartritning rivojlanish xavf omillari. Osteoartritni davolash uchun simptomatik sekin ta’sir qiluvchi dorilar, tavsiya uchun ko‘rsatmalar. Revmatoid artrit. Tasniflash. Klinik ko‘rinishlari, diagnostik usullari, diagnostik mezonlari. Revmatoid artrit faolligini baholashning zamonaviy usullari. Kasallik faollik indekslari, ularning klinik ahamiyati. Tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlarida revmatoid artritni erta tashxislash algoritmi. Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun standart bazis yallig‘lanishga qarshi preparatlar, samaradorlik va xavfsizlikni nazorat qilish. Revmatoid artritda gen-injener biologik preparatlardan foydalanishning zamonaviy strategiyasi Revmatoid artritni davolash strategiyasining tamoyillari. Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarni kasallikning kechish variantini, yondosh kasalliklarning mavjudligini hisobga olgan holda davolashning zamonaviy taktikasi. Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarni gen-injener dori vositalarining samaradorligi yetarli bo‘lmagan holda davolash taktikasi bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar. Revmatoid artritli bemorlarda yurak-qon tomir patologiyasi: xususiyatlari, oldini olish. Revmatoid artritli bemorlarni emlash bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar. Revmatoid artritli bemorlarni dispanser kuzatuvi tamoyillari. Operatsiyadan keyingi davrda revmatoid artritni medikamentoz davolash. Kattalardagi Still kasalligining tasniflash mezonlari, klinik variantlari. Kattalardagi Still kasalligida medikamentoz davo xususiyatlari. Ankilozlovchi spondilit faolligini baholashning zamonaviy usullari. Kasallik faolligi indekslari, ularning klinik ahamiyati. Ankilozlovchi spondilitni tashxislash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy usullar. Ankilozlovchi spondilit bilan og‘rigan bemorlarni davolashning asosiy tamoyillari. Ankilozlovchi spondilitda asosiy yalli‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llash xususiyatlari. Ankilozlovchi spondilit bilan og‘rigan bemorlarni davolashda nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilarning o‘rni, dori tanlash taktikasi. Ankilozlovchi spondilitda gen-injener biologik preparatlardan foydalanish strategiyasi. Ankilozlovchi spondilitda noxush oqibat omillari. Psoriatik artritning asosiy klinik variantlari. Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining shikastlanish xususiyatlari. Psoriatik artritda maqsadli sintetik preparatlar va gen-injener biologik preparatlardan foydalanishning zamonaviy strategiyasi. Surunkali va yallig‘lanishli ichak kasalliklari bilan bog‘liq spondiloartrit. Klinik ko‘rinishlari. Diagnostika, davolash. Mikrokristallik artrit: tasnifi, diagnostik usullari. Podagra, klinik ko‘rinishlari. Zamonaviy tasniflash mezonlari. Tibbiy yordamning turli bosqichlarida podagrani erta tashxislash va davolash algoritmi. O‘tkir podagrik artritini bartaraf etishga individual yondashuv. Podagra bilan og‘rigan bemorlarni davolashning asosiy tamoyillari. Podagrada GIBP dan foydalanish istiqbollari. Kaltsiy pirofosfat kristallarining yig‘ilish kasalligi, diagnostikasi, davolash. Osteoporozni tashxislashning zamonaviy klinik, laborator va instrumental usullari. Osteoporozda nomedikamentoz va medikamentoz davolash bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar. Osteoporozni reabilitatsiya qilish usullari. Sanator-kurort davolanishga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Tizimli qizil bo‘richaning zamonaviy tasniflash mezonlari Tizimli qizil bo‘richaning asosiy kechish variantlari. Kasallik faolligini baholashning zamonaviy usullari. Tizimli qizil bo‘richada noxush oqibat omillari. Tizimli qizil bo‘richa bilan kasallangan bemorlarni ambulator bosqichda davolashning asosiy tamoyillari. Lupus nefrit, medikamentoz davosining xususiyatlari. Tizimli qizil bo‘richa tashxisining zamonaviy laborator usullari. Tizimli sklerodermiya bilan og‘rigan bemorlarda gen-injener biologik preparatlarni qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Tizimli sklerodermiya o‘pka gipertenziyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash xususiyatlari. Tizimli sklerodermiya bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilish chora tadbirlari. Idiopatik yallig‘lanishli miopatiyalarning klinik tasnifi va zamonaviy diagnostika mezonlari. Idiopatik yallig‘lanishli miyopatiyalarda yomon oqibat uchun xavf omillari. Idiopatik yallig‘lanishli miyopatiyalarni medikamentoz davolash bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar. Reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari. Tizimli vaskulitlarning zamonaviy tasnifi, asosiy nozologik shakllari. Tizimli vaskulit faollik indeksi va a’zolarning shikastlanish indeksi. Tizimli vaskulitli bemorlarni boshqarishning asosiy tamoyillari. ANCA bilan bog‘liq tizimli vaskulitning diagnostik mezonlari, asosiy shakllari, klinik ko‘rinishlari. IgA-vaskulitning diagnostik mezonlari (Shenleyn-Genox). Davolashning asosiy tamoyillari. Prognoz. Gigant hujayrali arteritning tasniflash mezonlari, klinik variantlari. Takayasu arteritining tasniflash mezonlari. Kasallikni aniqlashning asosiy usullari. Yirik tomirlar zararlangan tizimli vaskulit bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasi O‘rta kattalikdagi tomirlar jarohatlanishi bilan tizimli vaskulitlarning faollik darajasini diagnostika qilish, baholash xususiyatlari. Revmatik polimialgiya. Kasallikning zamonaviy diagnostikasi va tasniflash mezonlari. Revmatik polimialgiya bilan og‘rigan bemorlarni medikamentoz asosiy tamoyillari. Revmatik polimialgiyani davolashda metotreksatning o‘rni. Antifosfolipid sindromining diagnostik mezonlari va klinik ko‘rinishlari. Antifosfolipid sindromli bemorlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy klinik tavsiyalar. Zamonaviy bosqichda Bexchet kasalligini davolashning asosiy tamoyillari. Gen-injener biologik preparatlarga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Shegren kasalligining asosiy klinik ko‘rinishlari. Sekretsiya qiluvchi epitelial bezlarni va bezdan tashqari tizimli ko‘rinishlar. Zamonaviy bosqichda Shegren kasalligida medikamentoz davolashning asosiy tamoyillari. Reyno sindromi: tasnifi, diagnostik usullari, davolash tamoyillari va bemorlarni kuzatish. O‘tkir revmatik isitma, klinik ko'rinishlari, diagnostika mezonlari. O'tkir revmatik isitma bilan og'rigan bemorlarni davolashning asosiy tamoyillari. O‘tkir revmatik isitmaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi. O‘tkir revmatik isitmada laborator va instrumental tekshiruvlar. Laym kasalligi, klinik ko'rinishlari, Laym artritining xususiyatlari. Laym kasalligida medikamentoz davolashning asosiy tamoyillari. Laym kasalligida laborator va instrumental tekshiruvlar. Laborator x testlarning klinik ahamiyati. Revmatik kasalliklarga chalingan bemorlarni reabilitatsiya qilishning asosiy tamoyillari. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilarning tasnifi. Revmatik kasalliklarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llash bo‘yicha milliy klinik tavsiyalar. Revmatik kasalliklarga chalingan bemorlar va gen-injener biologik preparatlari (GIBP) bilan davolash boshlanishdan oldin tekshirish standartlari. GIBPni tavsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar. Revmatik kasalliklarni gen-injener biologik preparatlar bilan davolashning samaradorligi va xavfsizligini monitoring qilishning zamonaviy usullari. a -O‘sma nekrozi omili ingibitorlarining ta’sir mexanizmi. Qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Davolash xavfsizligini nazorat qilish. Rituksimabning ta’sir mexanizmi. Qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Davolash xavfsizligini nazorat qilish. T-limfotsitlarning kostimulyatsiyasi blokatori: farmakodinamik xususiyatlari, ta’sir mexanizmi, davolshga asosiy ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Revmatik kasalliklarga chalingan bemorlarda homiladorlikni rejalashtirish va zamonaviy tavsiyalar. Revmatik kasalliklarga chalingan homilador ayollarni davolashning asosiy tamoyillari. Revmatik kasalliklarda yallig‘lanishning laborator belgilari. Ularni aniqlashning diagnostik va klinik ahamiyati. Immunyallig‘lanishli revmatik kasalliklarda antinuklear antitanalarni aniqlashning diagnostik va klinik ahamiyati, aniqlashga ko‘rsatmalar. Immunyallig‘lanishli revmatik kasalliklarda antifosfolipid va antineytrofil sitoplazmatik antitanalarni aniqlashning klinik ahamiyati. Gen injener biologik preparatlarni qabul qiluvchi bemorlarni emlash bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar. Kapilyaroskopiya revmatik kasalliklarni erta tashxislash usuli sifatida. Klinik ahamiyati. Revmatik kasalliklarni mahalliy inyektsion davolash. Ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar, qo‘llaniladigan dori vositalar, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar. Sinovial suyuqlik. Revmatik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda sinovial suyuqlik tahlilining klinik ahamiyati. Suyak va bo‘g‘imlarning sil kasalligi. Epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi. Sil jarayonining kechish bosqichlari. Konservativ davo. Sanator-kurortda davolanishning o‘rni. Suyakning birlamchi o‘smalari. Klinik, rentgenologik va morfologik belgilarga ko‘ra xavfsiz va xavfli o‘smalar o‘rtasidagi farq. Metastaz haqida tushuncha. Revmatologiyada glyukokortikoidlar. Revmatik kasalliklarga chalingan bemorlarda glyukokortikoidlarni qo‘llash taktikasi. Onkologik kasalliklarning revmatologik niqoblari. Revmatologik kasalliklar diagnostikasining instrumental usullari. MRT, rentgenografiya, KT. Revmatik kasalliklarni davolashda siklofosfa amid, azatioprin, mikofenolat moofetilning o‘rni. Ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar. Revmatologik kasalliklarni asoratlarini davolsh va ularning profilaktikasi. Endokrin kasalliklarning revmatologik ko‘rinishlari. Virusli gepatitlarda revmatologik ko‘rinishlar TQB (tizimli qizil bo‘richa)da intensiv terapiya usullari. Homiladorlik va TQB (tizimli qizil bo‘richa). TQB (tizimli qizil bo‘richa) bilan kasallangan bemorlarni statsionar va ambulator sharoitda boshqarish taktikasi. Tizimli skleroz: tasnifi, xavf omillari, patogenezi, morfologiyasi. Tizimli skleroz: klinik ko‘rinishlari (terining, qon tomirlarining shikastlanishi, Reyno sindromi, bo‘g‘im sindromi, vistseral jarohatlanish). Tizimli sklerozning diagnostik mezonlari. SS diagnostikasining laborator va instrumental usullari. Tizimli sklerozni davolash tamoyillari. Shegren sindromi: etiologiyasi, patogenezi, patomorfologiyasi. Shegren sindromining klinik va laborator ko‘rinishlari. Shegren sindromining diagnostik mezonlari va davolash tamoyillari. Polimiozit / dermatomiozit: tasnifi, etiologiyasi, patomorfologiyasi. Polimiyozit / dermatomiyozit: kasallikning klinik va laborator ko‘rinishlari. Polimiozit/dermatomiozit: diagnostik mezonlari, differensial diagnostikasi, davolash tamoyillari. Aralash biriktiruvchi to‘qima kasalligi: klinik va laborator o‘zgarishlari, diagnostikasi, davolash tamoyillari. Revmatik polimiyalgiya: klinik va laborator o‘zgarishlari, diagnostikasi, differensial diagnostikasi, davolash tamoyillari. Veber-Krischen pannikuliti: etiologiyasi, klinikasi, davolash tamoyillari. Tugunchali eritema: etiologiyasi, klinikasi, davolash tamoyillari. Shegren kasalligida differensial diagnostika Tizimli vaskulit: ta’rifi, patomorfologiyasi, tasnif variantlari. Tizimli vaskulit: umumlashgan jarayonning klinik ko‘rinishi, laborator va immunologik o‘zgarishlar, tashxisni tekshirish usullari. Tizimli vaskulitlarni davolashning umumiy tamoyillari. Yirik tomirlarning vaskulitlari: gigant hujayrali arterit, nospetsifik aortoarterit, klinik ko‘rinishlari, diagnostik mezonlari, asoratlari, davolash tamoyillari. O‘rta kattalikdagi tomirlarning vaskulitlari: Vegener poliangiiti bilan granulematoz, mikroskopik poliangiit, Charga-Strossa sindromi: klinik ko‘rinishlari, diagnostik mezonlari, asoratlari, davolash tamoyillari. Obliteratsiyalovchi tromboangiit: klinik ko‘rinishlari, diagnostik mezonlari, asoratlari, davolash tamoyillari. Kichik kalibrli tomirlarning vaskulitlari: Shenleyn-Genox kasalligi, urtikar vaskulit: klinik ko‘rinishlari, diagnostik mezonlari, asoratlari, davolash tamoyillari. Behchet vaskuliti: klinik ko‘rinishlari, diagnostik mezonlari, asoratlari, davolash tamoyillari. Osteoartritning fenotiplari, xususiyatlari, davolashga differentsial yondashuv. Chin sklerodermik buyrak: klinik ko‘rinishi, diagnostikasi, davolash Vaskulit va tizimli biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida buyrak shikastlanishi: diagnostika, davolash tamoyillari. Vaskulit va tizimli biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida o‘pkaning shikastlanishi: diagnostik va davolash tamoyillari Revmatik kasalliklarda yurak shikastlanishi. Perikardit: etiologiyasi, patogenezi, tasnifi. Perikardit: klinikasi, diagnostikasi, davolash. Keksa bemorlarda infektsion endokarditning klinik belgilari Narkomanlarda infektsion endokardit - etiologiyasi, klinikasi va davolash xususiyatlari. Infektsion endokardit: medikamentoz tamoyillari, jarroxlik davolashga ko‘rsatmalar. Infektsion endokardit:profilaktika. O‘tkir revmatik isitma (O‘RI). Tushuncha. Etiologiya. Patogenezi va patomorfologiyasi. O‘RI tasnifi. O‘tkir revmatik isitma (O‘RI). Klinik ko‘rinishi. Laborator va instrumental tekshiruvlar. diagnostika mezonlari. Differentsial diagnostika. O‘tkir revmatik isitma. Davolash. Etiotropik, patogenetik va simptomatik terapiya. Oqibati. Revmatoid artrit. Tushuncha ta’rifi. Etiologiya. Patogenez. Patomorfologiya. Tasniflash. Revmatoid artrit. Klinik ko‘rinishi: umumiy simptomlar, bo‘g‘imlarning shikastlanishi va bo‘g‘imdan tashqari ko‘rinishlar. Bo‘g‘im sindromining xususiyatlari. Laborator va instrumental tekshirish usullari. Revmatoid artrit. Tasniflash. RA uchun diagnostik mezonlar. Differentsial diagnostika. Revmatoid artrit. Davolash. Umumiy tavsiyalar. Bazis yallig‘lanishga qarshi dorilar. Simptomatik davolash. Prognoz. Osteoartroz. Tushuncha ta’rifi. Etiologiya. Patogenez. Patomorfologiya. Tasniflash. Osteoartroz. Bo‘g‘im sindromining klinik ko‘rinishi, xususiyatlari. Laborator va instrumental tekshirish usullari. Osteoartroz. Tasniflash. Diagnostik mezonlari. Differentsial diagnostika. Osteoartroz. Davolash. Umumiy tavsiyalar. Bazis preparatlar. Nomedikamentoz davolash. Prognoz. Podagra. Ta’rif. Etiologiya. Patogenez. Patomorfologiya. Podagra. Tasniflash. Klinik ko‘rinishi. Bo‘g‘im sindromining xususiyatlari. Differentsial diagnostika. Podagra. Klinika. Laborator va instrumental tekshiruvlar. Diagnostik mezonlari. Download 226.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling