Rgatish tamoyillari va usullari


partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish


Download 0.59 Mb.
bet6/11
Sana15.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1200464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu Husnixatga o’rgatish tamoyillari va usullari. 1-4-sinfl


partaga to`g`ri o`tirishni o`rgatish;

  • barmoqlar mashqi;

  • yozuv qurollari- oddiy qalam, rangli qalamlar, ruchka, rasm daftar, husnixat daftari haqida ma`lumot berish;

  • qalamni to`g`ri ushlash;

  • to`g`ri, egri, changakli, yarim doira, doira shakli , zanjirli yozuv va shakllarni mashq qilish.

    Ko`rinadiki, o`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullrdan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
    Muammoli vaziyat:Maktabga endigina oliygohni tamomlagan talaba boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida ishga kirdi va 1-sinfning savodini chiqarishni o’z zimmasiga oldi. O’quvchilari bilan tanishgach, ularning orasida chapaqay o’quvchisi borligini bilib oldi. Bolalarga savod o’rgatish jarayonida ana shu o’quvchiga yozuvni o’rgatishda ancha qiynaldi. Boshqa o’quvchilardan yozishda ortda qolmasligi uchun u bilan qo’shimcha yozuv darslarini o’tdi. Ammo bu ham yordam bermadi. Bu o’quvchining ota-onasi bilan suhbatlashgach, bolaga yoshligida o’ng qo’l bilan narsa ushlashga, qalamni ham ham o’ng qo’lda tutishga majburlashgani ma’lum bo’ldi. Lekin shunga qaramay, bolakay o’ng qo’lda ham yozish jarayoniga qiynaldi. Agar siz bu o’qituvchinig o’rnida bo’lsangiz bu vaziyatda qanday yo’l tutar edingiz?
    Demak,husnixatga o`rgatish tamoyillari ustida ishlashda o`quvchilarni
    chiroyli yozuvga o`rgatish ta`limi o`qituvchilardan samarali usullrdan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
    Boshqa fanlar qatori chiroyli yozuvga o`rgatish ham o`zining tarixiy manbalariga ega bo`lgan holda o`sib, rivojlanib bormoqda.
    Quyida biz hozirgi kunda boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun zarur bo`lgan eng asosiy yozuv usullarini ko`rsatib o`tamiz.
    1.Namunaga qarab yozish usuli.
    Chiroyli yozuvga o`rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko`rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi doskada barcha o`quvchilarning barcha o`quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o`quvchilarga daftarda alohida-alohida ko`rsatib berilishi lozim. O`quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarni o`z daftarlarida to`g`ri aks ettirishdir.
    2.Namunaga qarab ko`chirib yozish usuli
    Bu juda eski usul bo`lib, hozirgi kunda ham o`z qimmatini yo`qotgani yo`q. o`quvchilar asosan, harflarning shaklini “Husnixat” kitobidagi namunaga qarab ko`chirib yozadilar. Namunaga qarab ko`chirib yozish, tayyor harflarning ustidan yozishga nisbatan ancha murakkab bo`lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo`llashni o`qituvchi yaxshi bilishi kerak. Bu o`qituvchining vaqtini tejaydi hamda, unumli ishlash uchun imkoniyat yaratadi.
    3.Nusxa ko`chirish usuli
    Bu usulni harf shaklini to`g`ri tasavvur etolmagan, yozishda daftar chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o`quvchilar uchun qo`llash mumkin.
    Masalan, bir o`quvchi katta B harfini yozishda xatoga yo`l qo`ygan bo`lsa, o`qituvchi ularni nuqtalar bilan ifodalab, daftarga qalamda yozib ko`rsatadi, o`quvchi esa uning ustidan ruchka bilan yurgizib chiqadi. Bunday mashqlar faqat qo`l harakatini o`stirish uchun yordam beradi, xolos. Shuning uchun bu usuldan iloji boricha kamroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    4.Xatolar ustida ishlash usuli
    Bu usulni qo`llashdan maqsad har bir o`quvchi o`z xatosini mustaqil topa olishga va uni tuzatishga o`rgatishdir.
    O`quvchilarga o`z yozuvlaridagi harflarning to`g`ri yoki noto`g`riligini, qiyaligini, baland yoki pastligini tekshirib chiqish topshiriladi. O`quvchilar navbati bilan o`zlari yo`l qo`ygan kamchiliklarni aytib beradilar, ayrim o`quvchilarga o`qituvchi yordam beradi.
    Undan tashqari, o`quvchilar o`z kamchiliklarini yozuv daftarlarida yoki husnixat kitobida berilgan namunaga qarab taqqoslash orqali ham tuzatishlari mumkin.
    Ko`pchilik o`quvchilarda takrorlangan bir xildagi tipik xatolarni o`qituvchi doskada tahlil qilib,uni qanday tuzatish yo`llarini ko`rsatib beradi.
    Biz yuqorida chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun zarur bo`lgan asosiy usullarni ko`rsatib o`tdik. Bulardan tashqari, har bir o`qituvchi o`zi mustaqil ravishda yozuv malakasini o`stirish uchun yordam beradigan usullarni topishi va uni amalda qo`llashi mumkin.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling