Ri-11-21 Guruh talabasi Xurramov Farhodning Elektronika va sxemalar fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
O'tа yuqori chastotalarda ishlovchi diodlar
Download 205.14 Kb.
|
Elektronika 1-mustaqil ish
O'tа yuqori chastotalarda ishlovchi diodlar
Ko'chkili uchma diod (KUD) generatsiyalovchi diodlarning bir ko‘rinishini tashkil etadi. Yuqori chastotalarda uning VAXida, p-n o‘tishda ko‘chkili teshilish sodir bo'lganda, manfiy qarshilikka ega soha hosil bo'ladi. Agar KUD rezonatorga joylashtirilsa unda chastotasi 100 Gs gacha bo'lgan so'nmas elektr tebranishlar hosil bo'ladi. O'ta yuqori chastota (O 'Y CH )larga 300 M Gs dan 300 G G s gacha diapazondagi tebranishlar kiradi va detsimetrli, santimetrli, millimetrli to'lqin uzunlikdagi tebranishlarni o'z ichiga oladi. O 'Y C H diapazondagi tebranishlarni K U D lar yordamida generatsiyalash va kuchaytirish uchun ikkita shart qanoatlantirilishi zarur: a) diodga tashqi o'zgarmas kuchlanish berilganda, uning tuzilmasi ma’lum uchib o'tish vaqtiga ega bo'lgan elektronlar to'plamlari hosil bo'lishini ta’minlashi kerak; b) diod albatta RLC parametrlari tarqoq tebranish konturga ekvivalent O'YCH rezonatorga ulanishi kerak. Bunda uchish vaqti bilan aniqlanadigan davriy takrorlanuvchi elektronlar to'plami o'z energiyasini signalni kuchaytirishga yoki rezonatordagi quvvat yo'qotishlarni kompensatsiyalashga sarflaydi va shu bilan so'nmas tebranishlarni saqlab qoladi. Kuchaytirish yoki generatsiyalash rejimiga mos shartlarni elektron asboblarning manfiy dinamik (differensial) qarshiligi (MDQ) bilan xarakterlash qabul qilingan. Elektron asbobda MDQ ning mavjudligi uni energiya yutuvchi sifatida emas, balki o'zgaruvchan tok energiyasi manbayi sifatida qarash kerakligini anglatadi. KUD — yarimo'tkazgich asbob bo'lib, uning ishlash prinsipi O'YCH diapazonda zaryad tashuvchilaming ko'chkisimon ko'payishi va ularning elektr maydon ta’sirida uchib o'tishi natijasida MDQ hosil bo'lishiga asoslanadi. Hozirgi vaqtda KUDlar millimetrli to'lqin uzunligida eng katta quwatli O'YCH tebranishlar hosil qiluvchi qattiq jismli manbalarning biridir. 10 GGs chastotada uzluksiz tebranishlarning maksimal quwati, FIK 40 % bo'lganda, 10 Vt larni tashkil etadi. Ko'chki toki shovqinlari yuqori bo'lgani sababli, KUD asosidagi kuchaytirgichlar shovqin koeffitsienti 30—40 dB ni tashkil etadi va KUDlarning kuchaytirgich sifatida ishlatilishini cheklaydi. KUD asosidagi quwat kuchaytirgichlar radioreleli va sun'iy yo'ldoshli aloqa tuzilmalarida qo'llaniladi. Download 205.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling