Ridan foydalanganlik uchun soliq amaliy mashqlar


Download 16.16 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi16.16 Kb.
#1211647
Bog'liq
Yer qaridan foydalanganlik uchun солик


YER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ


AMALIY MASHQLAR
1-mashq: Neft qazib oluvchi korxona hisobot davrida 500 tonna neft qazib oldi. Shundan hisobot davrida 300 tonnasini 1 950 000 ming so’mga va qolgan 200 tonnasini 1 400 000 ming so’mga realizatsiya qilgan. Korxonada qazib olingan 1 tonna neft tannarxi 3 500 000 so’mni tashkil qiladi. Belgilangan soliq stavkasi 10%.
Talab qilinadi:
1. Soliq solish obekti va bazasini aniqlang?
2. Soliqni hisoblab chiqarish ta’rtibini aniqlang?
3. Belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda soliq summasini aniqlang?


2-mashq: Navoiy viloyatida joylashgan korxona tomonidan hisobot davrida qazib olingan foydali qazilma hajmi 50 tonnani tashkil qilgan bo’lib, shundan 45 tonnasi realizatsiya qilingan. Qazib olingan foydali qazilmaning 27 tonnasi 155 250 000 so’mga(QQS bilan) va qolgan 18 tonnasi 99 000 000 so’mga (QQSsiz) realizatsiya qilingan. 5 tonnasini o’z ihtiyojlari uchun sarfladi. Belgilangan soliq stavkasi 10%.


Talab qilinadi:
1. Soliq solish obekti va bazasini aniqlang?
2. Belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda soliq summasini aniqlang?
2. Agar foydali qazilma aksiz tovar bo’lsa aksiz solig’ini hisoblang?
3. QQSni aniqlang?


3-mashq: Yer qaridan foydali qazilmani qazib olish bilan shug’ullanuvchi korxonaning kavlab olingan foydali qazilmasining hajmi 50 tonnani tashkil qildi. Kavlab olingan foydali qazilma hisobot davrida realizatsiya qilinmagan. O’tgan hisobot davrida shu turdagi foydali qazilmaning 30 tonnasi 240 000 ming so’mga va 20 tonnasi 150 000 ming so’mga realizatsiya qilingan. Korxonada qazib olingan 1 tonna foydali qazilmaning tannarxi 3200 ming so’mni tashkil qiladi.
Talab qilinadi:
1. Belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda soliq summasini aniqlang?
2. Agar foydali qazilma aksiz tovar bo’lsa aksiz solig’ini hisoblang?
3. QQSni aniqlang?


4-mashq: Qoraqalpog’iston respublikasi Mo’ynoq tumanida joylashgan “Aqsholaq” korxonasi yer qaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug’ullanadi. Aqsholoq korxonasi 2022 yil yanvar oyida yer qaridan foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziyaga ega bo’lgan. Foydali qazilmani qazib olish uchun litsenziya olingan sanaga qadar 32000000 so’m litsenziya uchun to’lov, yer qarini geologic jihatdan o’rganishga 50000000 so’m va foydali qazilmalarni qazib olish uchun tayyorgarlik ishlariga 40000000 so’m miqdorida xarajatlar qilingan. Hisobot davrida korxona 2000 tonna neft, 50 tonna alyuminiy va 1000 tonna ko’mir qazib oldi. Ko’mir mahsulotining har bir kilogrammi 2000 so’mdan realizatsiya qilingan. Neft va alyuminiy mahsulotlari umuman realizatsiya qilinmagan. 1 tonna neftning tannarxi 2500000 va 1 kg alyuminiy tannarxi 4000 so’mni tashkil qilgan.


Talab qilinadi:
1. Soliq bazasini aniqlang?
2. Har bir foydali qazilma uchun soliq summasini aniqlang?
3. Soliqni hisoblab chiqarish ta’rtibini aniqlang?
4. Soliqni to’lash muddatlarini aniqlang?
Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling