13- mavzu: Rieltorlik faoliyatining ob'ekti va nazariy asoslari
Rieltorlik faoliyatining ob'ekti va nazariy asoslari 1.Rieltorlik faoliyatining asosiy tushunchalari va respublika KMB uchun engel egri chiziqlari 2.Ko'chmas mulk bozorida rieltorlik xizmatlarini uyushtirish qoidalari 3.Ko'chmas mulk bozori infratuzilmasi 4.Ko'chmas mulk bozorlari turlari 1. Rieltorlik faoliyatining asosiy tushunchalari
1) rieltorlik faoliyati - boshqa shaxslar uchun ko'chmas mulk ob'ektlari amaliyotlarini xizmatlar mukofoti evaziga ko'rsatish, undan tashqari rossiya qonunchiligiga muvofiq ko'chmas mulk bozorida boshqa professional savdo faoliyati bo'yicha doimiy professional faoliyat;
2) professional rieltor - rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, individual tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tgan, jismoniy shaxs;
3) ko'chmas mulk bozorining professional qatnashchilari – ko'chmas mulk xuquqi va uning bitimini ro'yxatga olishni, yagona davlat siyosatini o'tkazishni ta'minlaydigan, rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va individual tadbirkorlar, va vakolatli organlar;
Rieltorlik faoliyatining asosiy tushunchalari
4) ko'chmas mulk bozori - ko'chmas mulk bozorining professional qatnashchilari va ularning hamkorligi orqali amalga oshiriluvchi, fuqarolik-qonuniy bitimlar va ko'chmas mulk boshqa amaliyotlari, ko'chmas mulk ob'ektlarining jamlanmasi;
5) rieltorlik xizmatlari iste'molchilar - rieltor (rieltorlik firmasi) bilan rieltorlik xizmatini ko'rsatish uchun shartnoma tuzgan jismoniy va yuridik shaxslar.
Rieltorlik faoliyati qatnashchilari deb, bir tomondan, rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi (rieltorlik firmalar, rieltorlar) yuridik va individual tadbirkorlar, ikkinchi tomondan esa -bu xizmatlarning iste'molchilari (mijozlar) tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |