Rim davri[tahrir


Download 91.44 Kb.
bet2/3
Sana26.10.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1723654
1   2   3
Bog'liq
London shahri

XVI—XVII asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
16-asrda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan L.da yirik savdo kompaniyalari vujudga keldi; 1571-yilda London birjasi ochildi. Angliya savdosining 2/3 qismi oʻtadigan L. porti jahon ahamiyatiga ega boʻla boshladi. Sanoatning jadal rivojlanishi va Buyuk Brita-niyaning muhim sanoat, savdo va moliyaviy jihatdan qudratli davlatga aylanishi (18-asr oxirlari) L.ning du-nyodagi yirik dengiz porti, savdo va moliyaviy markaz sifatidagi ahamiyatini oshirdi.
XX — XXI asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda L. da metallsozlik, mashinasozlik, jumladan, avtomobilsozlik, aviatsiya, elektrotexnika kabi yangi sanoat tarmoqlari rivojlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida L. nemis-fashistlar aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan. Oʻsha davrda harbiy sanoat, ayniqsa, aviatsiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlandi.
Xalqaro markaz[tahrir | manbasini tahrirlash]
0:02

Parlament binosi

Tauer koʻprigi

London
L. — Buyuk Britaniyadagi tinchlik uchun kurash markazlaridan biridir. 1949-yildan boshlab, shaharda tinchlikni himoya qilish boʻyicha milliy kongress va konferensiyalar chaqiriladi. L. — diplomatik uchrashuvlar, majlis va xalqaro konferensiyalar oʻtkaziladigan joy.
Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]
L. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Temza daryosining Shimoliy dengizga quyilish yeridagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 60 mln. t). Xitrou va Gatuik aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Katta L. mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining qismini beradi.
Sanoat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaharda poytaxt aholisi ehtiyojlarini taʼminlash, L. porti orqali keltiriladigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash bilan bogʻliq sanoat tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, priborsozlik), shuningdek, elektrotexnika va radiotexnika sanoati korxonalari bor. Dastgohsozlik va kema taʼmirlash ham muhim ahamiyatga ega. Chetdan keltiriladigan xom ashyo hisobiga rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tikuvchilik, koʻn-teri, poyabzal, mebel, poligrafiya, farmatsevtika, sement, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Harbiy sanoat rivojlangan. L. porti orqali chetga sanoat mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft, oziq-ovqat, oʻrmon mahsulotlari va boshqa keltiriladi. L.da dunyoda eng birinchi metropoliten qurilgan (1860—63). L.da turli moliyaviy, savdo, sugʻurta kompaniyalari, banklar, savdo va fond birjalari, nashriyotlar, gaz. tahririyatlari, xal-qaro va Britaniya monopoliyasi va xorij firmalari filiallari toʻplangan.
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Londonda iqlim oʻrtacha dengiz iqlimi hisoblanib, yumshoq qish va iliq yoz va yil davomida yogʻingarchilikning birtekis tarqalishi bilan kechadi. Gʻarbiy Yevropada boʻlgani kabi, yumshoq iqlim Golfstrim oqimining issiq okean oqimi taʼsiriga bogʻliq. London iqlimining oʻziga xos xususiyatlaridan biri yanvar oyidadan (+5,1 °C) iyulgacha (+18,1 °C) harorat amplitudasining farqi 13 °C ni tashkil qiladi.


Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling