Rim davri[tahrir


Download 91.44 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi91.44 Kb.
#1723654
  1   2   3
Bog'liq
London shahri


LondonBuyuk Britaniya poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Katta London deb ham nomlanadi. Temza daryosining quyi oqimida, Shimoliy dengizdan 64 km masofada, London havzasi deb ataluvchi tekislikning markaziy qismida joylashgan. Poytaxt atrofidagi shaharlar va Siti bilan maʼmuriy jihatdan alohida metropoliten grafligi qilib ajratilgan Katta L.ni tashkil etadi. Aholisi 7 mln. kishi (1999). Iqlimi qishi yumshoq, yozi unchalik issiq boʻlmagan dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5,3°, iyulniki 18,9°. Yillik oʻrtacha yogʻin 700 mm.
Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
„London“ nomini kelib chiqishi Rim davridagi "Londiniyum" (lotincha: Londinium) nomiga borib taqaladi, lekin bu fakt noaniqdir. Birinchi, epigrafik maʼlumotlar 70 yilgi lotincha: Londinio qaydlariga borib taqaladi[2][3]. Tatsit tomonidan qayd qilingan 130-yilgi maʼlumotlariga koʻra shaharning nomi "lotincha: Londinium ekanligi qayd qilingan, taxminan II asr o'rtalari Ptolemeyning qaydnomalarida (qadimgi yunoncha: Λονδίνιον „Londinion“) nomi keltirilgan.[4][5]. Orolni tark etishdan sal oldin, 368 yil atrofida rimliklar shahar nomini „Augusta“ deb oʻzgartirdilar. VIII asrning birinchi yarmiga oid kumush tangalarda de Lundonia yozuvi mavjud. IX asr soʻngida sakslar avvalgi rim shahrini qayta tiklab, uni Lundenburxom (qad.-ing. Lundenburh) deb nomlashadi[6].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rim davri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rimliklar bosib olgunga qadar (milodiy 40—60-yillar) xoz. L. oʻrnida keltlar qishlogʻi boʻlgan. Rimliklar hukmronligi davrida L. dastlab harbiy lager, soʻng dare va dengiz porti boʻlgan.
Oʻrta asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
4-asr oʻrtalaridan Rim Britaniyasining muhim siyosiy markazi. Anglo-sakslar istilosi davrida (5—6-asrlar) shahar vayron qilingan va tezda qayta tiklangan. 7-asr boshlaridan muhim savdo va siyosiy markazga aylangan. 11-asr oxiri12-asr boshlarida L. Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylandi.

Download 91.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling