Rim davri[tahrir
Download 91.44 Kb.
|
London shahri
Sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash] Londonda milliy sogʻliqni saqlash tizimi (NHS) mavjux boʻlib, 2018-yil 5-iyul kuni ushbu tizim ishga tushganiga 70 yil toʻldi.[7]. Ushbu tizim Londonning barcha aholisiga bepul tibbiy yordam koʻrsatadi. Bugungi kunga qadar ushbu tizim past darajadagi professionallik, parvarish yetishmasligi, yomon sharoitlar va operatsiyani uzoq kutish uchun tanqid qilindi. Ushbu tizim foydalanuvchilari ushbu kamchiliklarni turli sabablarga koʻra, xususan, tizim bemorning "tez tiklanishiga yoki erta o'limiga" qaratilganligi va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning hozirgi soniga moslashtirilmaganligi bilan izohlashadi[7]. Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash] 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Londonda 8 173 900 kishi yashagan (Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaga qaraganda koʻproq). Ulardan 7,2% ni maktabgacha yoshdagi bolalar (4 yoshgacha), 17,3% ni maktab yoshidagi bolalar (5 yoshdan 19 yoshgacha), 64,4% ni mehnat yoshidagi odamlar (20 yoshdan 64 yoshgacha) va 10,7% ni keksa bolalar (65 yosh va undan katta) tashkil etadi. 2001-yilgi avvalgi aholini roʻyxatga olish bilan taqqoslaganda, keksa aholining ulushi biroz oshdi[8]. Bir kunda Londonga 9.3 mln. kishi kelib-ketadi[9]. Mamlakat ichidagi eng katta migratsiya almashinuvi Angliyaning janubi-sharqiy va sharqiy hududlariga, eng kichigi esa Shimoliy Irlandiyada hududlari hissasiga toʻgʻri keladi. Qoʻshni hududlardan keluvchi odamlar orasida 20 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan talabalar va ishchi yoshlar koʻpchilikni tashkil qiladi[10]. Etnik tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yilgi aholi sonini qayd qilish statistikasiga koʻra, londonliklarning 45% i oq tanli britaniyaliklar, yana 14% - boshqa oq tanlilarga, shu jumladan Irlandiya Respublikasidan kelgan muhojirlarga, 22% - Osiyoliklarga, 12% - qora tanlilarga, 3% - Mestizolarga mansub. Shaharliklarning 61% Angliyada, 37% - buyuk Britaniyadan tashqarida (2001-yilgi aholi sanogʻiga koʻra-27%), shundan 3% — Hindistonda, 2% Polshada tugʻilganlar tashkil qiladi. Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash] London Universitet kolleji Londonda 40 dan ortiq universitet mavjud boʻlib, unda 400 mingga yaqin talaba tahsil oladi[11] 93 ming xorijiy talabalar shahar iqtisodiyotiga 1,5 milliard funt sterling foyd keltiradi[76]. Yirik universitetlar qatoriga quyidagilar kiradi: London universiteti, Gʻarbiy London universiteti, London Metropolitan universiteti, London qirolichasi Meri universiteti, Sharqiy London universiteti, Grinvich universiteti, Kingston universiteti, London Janubiy banki universiteti, London sanʼat universiteti, Vestminster universiteti, Midlseks universiteti, London Siti universiteti, Brunel universiteti, London Imperial kolleji va boshqalar. London universiteti 1836-yilda tashkil etilgan va 18 ta oʻzini-oʻzi boshqaruvchi kollej va bir necha institutlardan iborat. Bular: London universitet kolleji, Birkbeck kolleji, Goldsmiths, qirol kolleji, London biznes maktabi, Iqtisodiyot va siyosiy Fanlar London maktab, Qirollicha Meri kolleji, qirollik Hollouey kolleji va boshqalar. Talabalar soni 120 ming tadan oshadi Download 91.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling