Rim notiqligi O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari


Download 71.71 Kb.
bet6/8
Sana23.09.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1686403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arb Notiqlik Maktabi Mavzu

Demosfen mashqlari. Nutq texnikasi asoslarini egallash uchun Demosfen o`ziga erto`la qaziydi. ana shu erga. kirib ovozini rivojlantirish va aktyorlarcha deklamatsiya qilish ustida mashq boshlaydi. Bir mashq boshlaganda ikki oylab, uch oylab ana shu erto`lada qolib ketadi. U o`z erto`lasida ovoz, diktsiya, tashqi ifoda vositalarini — qo`l harakati, jussa harakati, qomatni tutish va h. k. egallash bilan shug`ullanadi.
Masalan, u boshini mag`rur tuta olmas, xalq orasida nutq so`zlaganda uyalganidan boshi erga egilib ketaverar edi. Bu kamchiligini yo`qotish uchun u erto`laning shiftiga kalla sig`adigan chuqurcha qilib, boshini unga tiqib olgancha nutq so`zlar, deklamatsiya qilar va bu mashqlarni soatlab davom ettirar edi.
Demosfenning talaffuzi ham nochor bo`lgan. U noaniq gapirgan va yunoncha «ro» tovushini (demak, «r»ni) talaffuz etolmagan. Bu no`qsonlarni bartaraf etish uchun og`ziga mayda toshlarni solib olgan va ana shu holda she`rlar, nutq matnlarini o`qib mashq qilgan.
Ovozini rivojlantirish va ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa, u baland-past tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib nafasini ushlab turgan holda she`rlar deklamatsiya qilgan. Bu mashqlar orqali u nutq davrlari orasida nafas olib qo`ymaslik va bir nafasda kuchli ovoz bilan burro-burro gapira olishlik san`atini egallagan.
Qaddi-qomatini tutishni mashq qilish uchun esa o`z uyidagi katta tosh oynadan foydalangan. U tosh oynaning oldiga turib olib, qo`l harakatlari koordinatsiyasini, qomat vaziyatlarini turli ifodali ko`yga solgan holda she`rlar o`qigan, monologlar ijro etgan, nutq matnlarini gapirgan.
Demosfenning yana bir nuqsoni bo`lgan: u gapirayotganda bir elkasini hadeb yuqoriga ko`taravergan. Bu hol esa bir tomondan notiq salobatini tushirsa, ikkinchi tomondan tinglovchilarning g`ashini keltirib, nutqiga putur etkazgan. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun Demosfen yana o`z «laboratoriyasi» — erto`lasidan foydalanadi. U erto`laning shiftiga uchi o`tkir xanjarni osib qo`yib va o`rinsiz ko`tariluvchi elkasini shu xanjarning uchi ostiga to`g`rilab turib, mashqlarini davom ettirgan. Agar elkasi sal bejo qimirlasa xanjarning o`tkir tig`iga duch kelgan va ana shu yo`l bilan bo`lajak notiq o`zining bu nuqsonidan ham xalos bo`lgan.
Ma`lumki, minglab kishilardan tashkil topgan izdihom oldida nutq so`zlash, ularning e`tiborini jalb etishning o`zi qiyin. Besholti ming kishi orasidan o`ntadan biri o`rnidan sal qimirlasa, sherigiga shivirlab gapirsa, o`rnidan tursa yoki sal siljisa ham shovqin paydo bo`ladi. Demosfen ana shunday shovqinni engish, o`rni kelganda ulardan ustun kelish malakasiga oshirish uchun Falera ko`rfaziga borib, sohilda dengiz shovqinini bosib ketishga urinib, she`rlar o`qigan, nutqlarini qaytargan. Va nihoyat, u Neoptolem ismli mashhur aktyorga 10 000 draxm to`lab, bir nafasda ko`p matn aytish, nafasni mustahkamlash, nafas va ovoz, ovoz va matn mutanosibligini saqlash, nutqiy. davrlar yaxlitligini ta`minlash san`atidan maxsus dars oladi. SHuningdek, u fikrni yuz ifodalari (mimika), ko`z qarashlari bilan ifoda etish texnikasini ham o`rgangan. SHuning uchun Demosfendan, notiqlik san`atida birinchi darajali narsa nima deb so`raganlarida «mimika bilan so`zlay olish» deb, ikkinchisi deganda «mimika bilan so`zlay olish», uchinchisi deganda ham «mimika bilan so`zlay olish» deb javob bergan. Ana shu mashqlar natijasida u ovoz, nafas, liktsiya, deklamatsiyalarga oid texnik asoslarni mustahkam egallab olgan. SHunisi ham dikdatga loyiqki, Demosfen barcha texnik mashqlarni konkret matnlar bilan uzviy bog`liq holda bajargan.
Bir kuni jabrlangan bir kishi kelib, meni birov urdi, uni sudga berdim, meni himoya qilsangiz, deb Demosfendan iltimos qilipti. «yolg`on,— debti Demosfen,— seni hech kim urgan emas, tuhmat qilyapsan». SHunda haligi kishi notiqqa qarab, jonjahdi bilan baqirib debdi:
— Hoy, Demosfen? Qanday qilib meni urmagan bo`lsin?!
— Ana endi men jabrlangan kishi ovozini eshityapman,—debdi Demosfen.
Bu rivoyatdan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. Demosfen professional notiq—san`atkor sifatida nutq imkoniyatlari, xususan, ovozning ifodaviy koloritlarini shu qadar mukammal o`rganganki, u kishi qalbini, psixologiyasini, ichki hissiyotini ovozi orqali ham aniqlab ola bilgan.
2. YUrist va fukaroin sifatida u birovning ustidan tuhmat qiluvchilar ishini zimmasiga olmagan. Uz mijozining chindan ham jabrlanganini bilib olgandan keyingina o`sha ishga advokat sinegorlik yoki logograflik qilgan.
Demosfen «Filippik»lari Demosfen, buyuk davlat arbobi sifatida juda ko`p siyosiy nutqlar so`zlagan. Ammo uning Filipp II ga qarshi so`zlagan nutqlari notiqlik san`ati va tarix fani uchun muhim ahamiyatga molik bo`lib, ular hanuzgacha «Filippiklar» deb yuritiladi.
Ma`lumki, miloddan oldingi 360 yoki 359 yilda Aleksandr Makedonskiyning otasi Filipp II Makedoniyaning podshohi bo`lib ko`tariladi. U katta harbiy sarkarda sifatida baquvvat armiya tuzadi va atrofidagi davlatlarni bosib ola boshlaydi. Albatta, uning harbiy yurishlari bir tekis bo`lmasada, har holda muvaffaqiyatli edi. Bu esa qo`shni davlatlarga xavf solar, shu jumladan Afina ham bu xavfdan xoli emasdi. Ana shu haqiqatni birinchi bo`lib Demosfen bashorat qildi.
351 yilning ilk bahorida Demosfen o`zining «Filippga qarshi» deb atalgan va Filipp faoliyatini qoralaydigan seriyali nutqining birinchisini so`zlaydi. Bu paytda Filipp hali Gretsiyadan uzoqda bo`lib, uning Afina davlatiga tahdid etishi mumkinligi hech kimning xayoliga ham kelmasdi. Ammo uzoqni ko`ra oluvchi Demosfen birinchi bo`lib bu xavf haqida bong urdi. U o`z vatandoshlarini mudofaaga tayyor bo`lib turishga,. harbiy qudratni oshirishga, davlatning harbiy qurol va inshootlar uchun sarflaydigan mablag`ini ko`paytirishga chaqirdi. Ammo o`z oyog`i ostidan narini ko`rolmaydigan davlat arboblari uning ogohlantirishiga quloq solmadilar. Lekin Demosfen atrofiga u bilan fikrdosh kishilar birlasha boshladilar. Bunday vatanparvarlar orasida Likurg va Giperid kabi notiqlar bor edi.
Bu orada Filipp yangidan-yangi davlatlarni qo`lga kiritib, zafarli yurishini tobora avjga mindirardi. Demosfen esa, besh yuzlar Kengashi va xalq majlisi oldida birin-ketin shu mavzuda nutq so`zlar, noto`g`ri yo`ldan ketayotgan davlat arbobi evbul va ommani chalg`itib, aslida Afina xalqiga xiyonat qilayotgan raqibi — notiq esxilni qoralar, Filippning vahshiyona tabiati va yovuz strategik rejalarini fosh qilib tashlardi. U 346 yilda Afina davlati bilan Filipp o`rtasida tuzilgan sulhga qarshi «Ikkinchi filippiklar» deb nomlangan nutq seriyasini va nihoyat, Filipp xavfi real bo`lib qolgan bir paytda, tarixda, «Uchinchi filippiklar» deb nomlangan mashhur nutqlari seriyasini so`zladi.
Bu nutqlarida notiq Filippning asl niyati, uning bosqinchilik rejalarini shu qadar mahorat bilan ochib tashlay oldiki, bu haqda Filippning o`zi bunday deydi: «Agar Demosfenning nutqini o`zim eshitganimda edi, o`zimga qarshi kurashuvchilarning dohiysi sifatida o`zim uning yoninn olgan bo`lar edim». Nihoyat, 340 yilga kelib, YUnonistondagi barcha davlatlar Filippga qarshi birlasha boshlaydilar va Demosfen endilikda Afina siyosatining deyarli yagona rahbari, dohiysi bo`lib qoldi. Bugina emas, mislsiz jasorati, vatanparvarligi, fidoyiligi uchun oltin gulchambar bilan ham mukofotlandi.
U davlat arbobi va harbiy notiq sifatida Filippga qarshi armiyani boshqaradi va dastlabki zafarni qo`lga kiritadi. Ana shu matonatlari va g`alabalari uchun u 339 yili ikkinchi marta oliy mukofot — oltin gulchambar bilan taqdirlanadi. Nihoyat, ne-ne mashaqqatlardan so`ng Filippni YUnoniston tuprog`idan quvib chiqarib, Afina davlatining xavfsizligi ta`minlangach, u uchinchi marta oltin gulchambar bilan taqdirlanadi. SHu munosabat bilan so`zlagan «Gulchambar haqida» nomli nutqida Demosfen o`z raqiblariga va xususan, mashhur notiq esxinga shu qadar qaqshatqich zarba beradiki, esxin Afinani tashlab, Rodos oroliga borib yashashga majbur bo`ladi.

Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling