Rim notiqligi O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari


Download 71.71 Kb.
bet2/8
Sana23.09.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1686403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arb Notiqlik Maktabi Mavzu

Logograflar ham aslida sinegorlarga juda o`xshash kishilar bo`lib, to`g`rirog`i, ularni ham sinegorlardan ajralib chiqqan muayyan ixtisosli kishilar, deb aytish mumkin.
Logograflar aslida, iutq matnlarini tuzib yoki yozib beruvchi kishilar edi. Sinegorlar ham yozib, ham himoya qilgan bo`lsalar, logograflar ko`proq yozib berish bilan shug`ullanadilar. Biroq bu ularning shaxsan nutq so`zlashlarini istisno qilmaydi.
Bu kasb egalari o`z ixtisoslari taqozosiga ko`ra yurisprudentsiya, notiq va nutq matnini yozishda iqtidorli kishilar bo`lganlar. CHunki, ular qonunshunos mutaxassis, ta`sirchan, mangiqiy izchil va ishontiruvchi nutqlarnipg yozuvchisi, o`rni kelganda notiq sifatida o`z himoyalaridagi kishilarni keng omma oldida, demokratik sud oldida oqlab chiqishlari kerak edi. Zabardast notiqlar nutqiga o`rganib qolgan afinaliklar va sud hay`ati oldida bu ishni bajarish juda mushkul bo`lgan. SHuning uchun ham logografiya bilan eng bilimdon, zehni o`tkir, tadbirkor kishilargina shug`ullanganlar. SHunisi ham borki, logografiya bilan muvaffaqiyatli shug`ullanib kelgan qishilariing ko`pchiligi borabora yo yirik davlat arbobi darajasiga ko`tarilib ketgan yo yaxshigina badiiy ijodkor—yozuvchi bo`lib etishgan. Logograflar ularga ishi tushadigan mijozlarning ehtiyojiga kura turlicha operatsiyalarni bajarganlar: himoyalanuvchi nutqini bor faktlar bilan isbotlab, qonun doirasida yozib berganlar, ham o`zlari faktlarni to`plab yozganlar yo ham yozib, ham o`zlari notiqsinegor sifatida himoya qilganlar. Biroq, logograflarning asosiy missiyasi nutq matnlarini yozib berishdan iborat bo`lgan.
Logografik nutq matnlari bir talay o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lganki, ularga amal qilish nechog`lik sermashaqqat bo`lmasin, professional logograflarning burchi hisoblangan. Ana shunday xususiyatlardan ayrimlari quyidagilardan iborat:
1. Logograf, avvalo huzuriga kelgan kishining ishi xarakteri bilan tanishar, keyin ana shu ishga qarab mijozning sotsial mavqei, iqtisodiy sharoiti va psixologik xususiyatlarini o`rganardi. Buning uchun logograf o`z mijozi bilan uzok suhbatlashar, uning uyiga borar, oilaviy sharoitini yaqindan o`rganar va buning uchun zarur bo`lsa bir necha kunlab, haftalab,. hatto oylab vaqat sarflardi.
2. Faktlarni to`plab, barcha sharoitni o`rganib bo`lgandan so`ng logograf ishni; ya`ni sud oldida so`zlanadigan uzundanuzoq nutq matnini yozishga kirishardi. Bu nutq ishning mohiyatini to`la yoritishi, yurisprudentsiya qoidalariga va qonunlariga mos kelishi bilan bir qatorda yana bir muhim xususiyatga ega bo`lishi shart ediki, bu xususiyat logograflar mutaxassisligining professional Mag`zini tashkil etardi. Gap shundaki, yozilgan nutq o`sha da`vogar kishining psixologiyasiga mutlaqo mos tushishi zarur edi. CHunki, bilimli, dono, ko`pni ko`rgan bir kishi juda sodda tilda, aksincha, ma`lumoti uncha baland bo`lmagan sodda kishi ilmiy terminologiyada gapirishi mumkin emasdi. Bu jihatdan, hatto shu qadar iste`dodli logograflar bo`lganlarki, ular hatto gapiruvchi kishining talaffuziga xos jihatdan yoki shevachilikni ham hisobga olganlar. Boshqacha qilib aytganda, logograf nutq matnini yozgandayoq o`z mijozining nutqiy, sotsiologik va psixologik xarakteristikasini mukammal berishi zarur edi. Bu ma`noda logograflik kasbi dramaturglikka juda o`xshab ketadi.
3. Logograflar ishni yutib chiqish maqsadida o`z mijozlarini juda g`arib, benavo, so`zga uquvi yo`q, mushtipar bir kishi qilib ko`rsatishga harakat qilardilar. Jumladan, mashhur notiq va logograf Lisiy bir mijozining nutqini bunday boshlaydi: «Men o`zimga aloqador bo`lgan narsalar hakida. gapirishga ojizgina emas, balki, aksincha, gapirishim zarur bo`lgan ish haqida ham gapirishga ojizlik qilamanmi, deb qo`rqaman». Uning boshqa bir mijozi uchun yozib bergan nutqi bunday boshlanadi: «Men, agarchi bunday ishlarda tajribam bo`lmasa ham otamga va o`zo`zimga yordam berish maqsadida qo`limdan kelguncha urniga kuyishga majburman. Raqiblarimning fitnasi va makrini o`zingiz ko`rib turibsiz, bu haqda bir narsa deyishimga o`rin yo`q, mening tajribasizligim esa, meni tanigan kishilarning hammasiga ayon». Ko`rinib turganidek, ikkala personaj (da`vogar) ham o`zini g`aribdan olib, g`aribga soladi, ojizdan olib, ojizga uradi. Holbuki, bu logografning ukuvligi, uiing psixologik usuli xolos. CHunki, avvalida o`zini ana shunday beozor, ojiz, qo`yning og`zidan cho`p olmagan qilib ko`rsatgan kishi xuddi ana shu soddalik bilan o`z raqibini shunday qiyin vaziyatga solib qo`yadiki, bunday psixologik manyovr faqatgina Lisiyga o`xshagan yuksak mahoratli logografnotiqlar qo`lidangkna kelardi. Zotan, bunday usullar, psixologik manyovr va strategiklik iste`dodli logograflarnint arsenalida behisob bo`lgan..
4. Logograflar yozib bergan nutq mutlaqo yozganga o`xshamasligi, xuddi hozirgina minbarga chiqqandan keyingina quyilib kelayotgan dardualamdek tuyulishi kerak edi. Aslida esa, sudlanuvchi yo da`vogar oldindan puxta tayyorlanib, ipidanignasigacha o`ylab chiqilgan nutq matnini yodlab, logrgraf. pedagog huzurida repitptsiya qilib olgan bo`ladi. Bu jihatdan logograf qo`proq ham dramaturg, ham rejissyorga o`xshasa, da`vogarning nutq so`zlashi tayyorlanishi va so`zlashi haqidagi aktyor faoliyatiga o`xshardi. Biroq yukning eng og`iri baribir logograf zimmasiga tushardi, chunki u avvalo nutq matnini shubhasiz badihaviy va maishiydramatik janrda yozishi, kolaversa, bu matnning to`la dramatik talqinini mijozi bo`lmish so`zlovchiga o`rgatishi zarur edi. SHuning uchun ham tarixchilar logograflik ixtisodi haqida gapirganda dastlab bu kasb namoyondalarining ishonarli va personajbop qilib yozish qobiliyatlarini ta`kidlaydilar. Jumladan,. logograflikda butun bir maktab yaratgan Gorginning shogirdi bo`lmish Alkidamant bunday deydi: «Sud nutqlarini tuzib beruvchilar tayyorgarliksiz gapirgan kishi uslubiga taqlid qilishga urinadilar, chunki, nutq avvaldan yozilganga nechog`lik kam o`xshasa shunchalik yaxshi yozilgan hisoblanardi». Ana shu ekspromtga o`xshatish va so`zlovchilarga sotsiologik vaziyatiga o`xshatish uslubiga etopeya, ya`ni xarakter yaratish, deb aytiladi.
Xulosa qilib aytganda logograflik ham notiqlik san`atining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, unda hanuzgacha ibrat bo`larli va asrlar osha o`z qimmatini yo`qotmagan xususiyatlar juda ko`p.

Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling