Rim podsholigi


Download 0.79 Mb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1379409
1   2   3
Bog'liq
RIM PODSHOLIGI

DIN VA MIFOLOGIYA Kds. rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning, Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb karalgan.

FALSAFASI Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R. falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos boʻldi (miloddan avvalgi 3—1-asrlar). Kar Lukretsiy (miloddan avvalgi 99 —55)ning „Narsalarning tabiati haqida“ poemasida Epikur (miloddan avvalgi 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr)da imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-asr faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar.

Huquq fani. Qadimgi R.da miloddan avvalgi 3-asr va milodiy 3-asrlarda huquq keng rivoj topib, qonunlar yaratishda yuristlar katta rol oʻynadilar. 1—3-asrlarda turli ijtimoiy tabaqalarning qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat tarafdorlari oʻrtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar oʻz navbatida imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling