Qadimgi Rim. Tsitseron Katilinani qoralamoqda. Sezare Maccari surati ADABIYOT Rimning eng qad. namunalari (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R. adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-asr)da Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy „Muhabbat ilmi“, „Metamorfozalar“ kabi oʻlmas asarlari bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. 4—5-asrlarda xristian adabiyoti rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |