Rim yakuniy
Download 93.68 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqRim yakuniy
Kazus: 9. Mark qo'shnisi Tit ekkan olma daraxti shoxlari uning hovlisiga o'tganidan norozi bo'lib, ularni kesib tashladi. Bundan norozi bo'lgan Tit Mark avval unni ogohlantirishi lozimligini, ozgina kutganida mevalarini terib olish imkoniyatiga ega bo'lishini aytadi, va, o'z navbatida, Markdan, birinchidan, u qurgan bino Titning hovlisiga tushadigan quyosh nurini to'sib qo'yayotgani, ikkinchidan, binoning tom qismi yomg'ir suvlari Titning hovlisiga tushadigan qilib qurilganligini ko'rsatib, binoni buzib tashlashni talab qiladi. 1) "Rim huquqining retsepsiyasi" mazmuni haqida fikr yuriting. 2) Vaziyatdan kelib chiqib Rim huquqi bo'yicha mulk huquqi mazmunini yoriting. 3) Ushbu holatda taraflar mulk huquqini himoya qilish uchun qanday usulni tanlashlari mumkin edi? 4) Vaziyatdan kelib chiqib Rim huquqi asosida servitut turlarini muhokama qiling. 5) Markning daraxt shoxlarini roziliksiz kesishi, Titning qo'ygan talablari to'g'rimi? Javob: 1) Retsepisiya bu o'zi nima? Rim huquqini qabul qilish (o'zlashtirish) - keyingi davrlardagi boshqa davlatlar tomonidan Rim huquqini o'zak qilib olish, qoidalaridan foydalanish. Rim huquqi deyarli butun dunyo huquqiy madaniyatini rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatdi. U antik jamiyatda va umuman butun qadimgi va o'sha davrga nisbatan eng yuqori darajada rivojIangan huquqni aks ettiradi. Qachonlardir, Rim huquqini «yozma aql» deb ataganIar. Rim huquqi avvaIo juda xilma-xil ijtimoiy munosabatlar va hodisalarni g'oyat darajada keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. U juda katta bilim va yuksak hayotiy tajribalar asosida o'sha davrning mashhur olimlari, yuristlari tomonidan yaratilgan. Haqiqatdan ham, Rimda birinchi bo'lib cheklanmagan xususiy mulkchilik huquqi, eng mukammaI huquq shakli ishlab chiqilgan va rivojlantiriIgan. Bu huquq tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqi bo'lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchilar jamiyatining birinchi jahonshumul huquqini oddiy tovar egalari o'rtasidagi muhim huquqiy munosabatlarriing hammasi (xaridor va sotuvchi, kreditor va qarzdor, shartnoma, majburiyat va hokazo) tafsili bilan va juda aniq qilib ishlab chiqilgan. Rim huquqini fuqarolik huquqini o'rganishda asos qilib olmoq ham mumkin. «Bu huquqiy tizimning mukammalligi dunyoga chuqur huquqiy tahlil etish va nafis yuridik texnik namunalarini beruvchi yurisprudensiyada ham o'z ifodasini topgan». Rim fuqarolik xususiy huquqida xususiy muIk egalarining mulkni egallash, foydaIanish va uni tasarruf etish bilan bog'liq munosabatlari hamda ishtirokchilar manfaatlarini himoya qilishning xilma-xil usullarini mohirona va ustalik bilan ishlab chiqilgan. Shaklan milliyligi bilan ajralib turuvchi Rim huquqi o'z zamirida juda boy huquqiy madaniyatni vujudga keItirib, u sivilizasiya taraqqiyotining keyingi bosqichIarida insoniyatning muqaddas umumiy boyligi bo'lib qolgan. Rimda birinchi bo'lib yuksak obro', izzat-ikromga ega bo'Igan yuristlar jahonda huquqshunoslik (yoki huquq) retseptlarini ishlab chiqdilar, ya'ni barcha huquqlar vujudga kelishi, ulaming takomillashib borishini hamda kelajakda barcha huquq sohalarining rivojlanishini belgilab berganlar. • Yuristlar bularni oldindan ko'ra bilganlar, shu sababli qadimgi Rim huquqshunoslarini «huquq ijodkorlari» deb atashgan. Bu yuristlarning o'ziga xos xususiyati shundan iborat bo'lganki, ular qonunlami bar tomonlama talqin qilganlarida ham, huquqlarning kafolatlarini ta'minlashga asosiy e'tiborni qaratganIar. Rim huquqida mulk lotincha “dominium” co’zi bilan ifodalangan. Bu so’z “bo’ysundirilgan”, “rom qilingan”, “qo’lga olingan” ma’nolarini anglatgan “domare” so’zidan olingan bo’lsa kerak. Birovning mulkiga aylangan ashyo yoki buyum “propriyetas” (proprietas) deb atalgan. Respublikaning oxirgi davrida faqat Rim fuqarolarigina bu huquqqa ega bo’lganlar. Mulk huquqining asosiy ko’rsatkichi mulkka mutlaq xo’jayinlik va uning taqdirini hal qilish huquqlarining qo’shilishidir. Qadimgi Rimda mulk huquqi quyidagilar bilan belgilangan: 1) ashyoga bevosita xo’jayinlik, hukmronlik qilish; 2) ashyoga boshqa kishilarning har qanday da’vosi va haq-huquqini istisno qiladigan maxsus huquqning mavjudligi; 3) qonunda ko’rsatilganlaridan tashqari hollarda ashyoga bo’lgan to’liq, cheklanmagan, mutlaq huquq; 4) xo’jayinlikning, hukmronlikning sharoitga yengil moslanishi; 5) ashyoga qonuniy haqdorligi; 6) mulk egasining ashyodan hamda u keltirgan hosil va daromadlardan foydalanishga bo’lgan to’liq va bevosita hokimiyatga ega bo’lishi. Rim xususiy mulkchiligida yerga bo’lgan huquq boshqa barcha huquqlardan ustun turgan. Download 93.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling