Rim yakuniy


Servitut huquqi bu - o'zganing yeridan, mulkidan shartnoma asosida


Download 93.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana27.03.2023
Hajmi93.68 Kb.
#1299039
1   2
Bog'liq
Rim yakuniy

Servitut huquqi bu - o'zganing yeridan, mulkidan shartnoma asosida
foydlanish.
1
Rim huquqida servitut boshqalarning - mulk huquqidan foydalanish
imkoniyatini yaratuvchi, hamda vujudga keltiruvchi, taʼminlab beruvchi va
mulk egasi boʻlmagan shaxsga xizmat qiluvchi, uning manfaatini amalga
oshiruvchi huquq boʻlib, u qonun asosida yoki tomonlarning oʻzaro kelishuvi
asosida vujudga keladi.
Qoʻshnining hovlisiga, uchastkasiga oʻtib ketgan daraxtning, shox — novdalari
6 futdan oshgan boʻlsa (1 metr 80 santimetrdan) uni kesish lozim boʻlgan. Agar
mulk huquqining egasi bunday harakatlarni amalga oshirmasa, qoʻshni uni
butunlay kesib tashlash huquqiga ega boʻlgan.
Demak Mark Titning daraxtini kesib tashlashdan oldin uchastkasiga o'tib turgan
daraxt shoxlarini uzunligini hisobga olishi kerak bo'ladi, agar o'tib turgan daraxt
shoxlari 6 futdan oshgan bo'lsa Markda o'tib turgan shoxlarni kesib tashlash
huquqi mavjud bo'ladi.
Agarda Titning daraxtini shoxlari Markning hovlisiga o'tib turgan qismi 6
futdan oshmagan, ammo Mark daraxt shoxlarini kesib tashlagan bo'lsa Tit
Markga qarshi da'vo qo'zg'atishi mumkin bo'ladi.
XII jadval qonunlariga muvofiq: Begonaning qasddan kesilgan har bir daraxti
uchun 25 assdan to‘lashi ko‘rsatilgan. Ushbu holatda Mark jarima to'lashi kerak
bo'ladi.
Ushbu holatda Mark Titning daraxtini o'tib turgan shoxlaridan o'zining
uchastkasiga tushgan mevalardan chorva mollariga berib boqsa bo'ladi, bu
1
Topildiyev - Rim huquqi darsliki


holatda Tit Markga qarshi hech qanday da'vo qo'zg'ata olmaydi, chunki chorva
Titning emas Markning uchastkasida boqilgan hisoblanadi.
Yuqoridagi holatda Mark qo'shnisi Titning daraxtini shoxlarini kesib
tashlamasdan Negator da'vo kiritishi ham mumkin edi.
2
Negator da’vo (actio negatoria) deb, mulk huquqining subyekti o‘z mulkidan
foydalanishni o‘z istagi, xohishi va hukmronligi bo‘yicha foydalana olish
imkoniyatidan mahrum bo‘lish yoki uning chegaralanishiga aytiladi. Mulkdor
o‘z huquqining elementlaridan biri, ya’ni foydalanish elementini to‘liq amalga
oshira olmaydi. Shuningdek, negator da’vo — bu mulkdorning egalik qilishdan
mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish
munosabatlari bo‘lib, ushbu da’vo mulk huquqining egasidan, qonunsiz
ravishda boshqa shaxs tomonidan mulkdorga tegishli bo‘lgan o‘z mulkidan
maqsadga muvofiq foydalanishini chegaralab qo‘yilishi deb atalgan. Bunday
holatda mulkdor bu chegaralashni bartaraf etish uchun qonunsiz harakat qilib
turgan shaxsga da’vo talablarini joriy etgan. Bu yerda mulkdor o‘z mulkiga
bo‘lgan va mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan beshta elementni ham
saqlab qoladi, ammo foydalanish elementini chegaralaganligi uchun beshinchi
element mulk huquqini himoya qilish elementiga asosan, chegaralangan
huquqini qo‘llab uni dastlabki buzilmagan holatiga keltiradi.
2
S.ISXAKOV - Rim huquqi darsliki 2012


Xulosa:
Servitutlarni amalga oshirayotgan paytda XII jadval qonunlarida
ko‘rsatilganidek, hovlining devorini qurayotgan vaqtda qo‘shnining
uchastkasidan 1 fut (30 sm.) uzoqroqdan, uy-joy qurilayotgan bo‘lsa 2 fut (60
sm.) uzoqroqdan fundament tashlashga katta e’tibor qaratganlar. Ayniqsa,
qo‘shnining hovlisiga o‘tib ketgan daraxtning shox-novdalari 6 futdan oshgan
bo‘lsa (1 metr 80sm.) uni kesish lozim bo‘lgan. Agar mulk huquqining egasi
bunday harakatlarni amalga oshirmasa, qo‘shni uni butunlay kesib tashlash
huquqiga ega bo‘lgan.
Demak Mark XII jadval qonunlarida belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda
daraxt shoxlarini kesib tashlagan bo'lsa Titning da'vosi asossiz bo'ladi.
Markning binosi Titning binosidan 2 fut uzoqlikda qurilgan bo'lsa Titning talabi
asossiz bo'ladi, agar aksi bo'lsa Tit Markga qarshi da'vo qo'zg'atishi mumkin
bo'ladi.
Foydalanilgan manbalar:
1. S.Isxakov - Rim huquqi darsliki
2. V.Topildiyev - Rim huquqi darsliki

Download 93.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling