Rioya etish zarurligi

Download 27.67 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi27.67 Kb.
#1778997
Bog'liq
2-mavzu - testlari

2-mavzuga doir testlar

Korxonalarda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun nimalarga rioya etish zarurligi qayd etiladigan meyoriy-huquqiy cheklovlar “yashil iqtisodiyot”ga о‘tishning qaysi dastagi hisoblanadi?

  • siyosiy

  • ma’muriy

  • iqtisodiy

  • axborot

Atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni hal etishda keng qо‘llaniladigan bozor dastaklari “yashil iqtisodiyot”ga о‘tishning qaysi dastagida о‘z ifodasini topgan?

  • ma’muriy

  • axborot

  • iqtisodiy

  • siyosiy

Iqtisodiy subyektlarni “yashil iqtisodiyot”ni shakllantirish bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlashning muqobil uslublari yoki usullari tо‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan dastaklar qanday dastaklar hisoblanadi?

  • ma’muriy

  • axborot

  • iqtisodiy

  • siyosiy

Mavjud zaxiralarni qisqartirish hisobiga omborlar uchun ajratilgan maydonlarni tejash bu ...

  • demateriallashtirish

  • materiallashtirish

  • kengaytirish

  • qisqartirish

Iqtisodiyotning an’anaviy yoki yangi tarmoqlari (tiklanadigan energiya va energiya samaradorligi)da atrof-muhitni saqlab qolish yoki tiklashga kо‘maklashuvchi munosib ish о‘rinlari ...

  • “jigarrang” ish о‘rinlari “

  • an’anaviy” ish о‘rinlari

  • “zamonaviy” ish о‘rinlari

  • “yashil” ish о‘rinlari

Ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida hosil bо‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, о‘zga buyumlar yoki mahsulotning qismlari, о‘z iste’mol qilish xususiyatlarini yо‘qotgan mahsulotlar bu ...

  • ahlatlar

  • chiqindilar

  • sanoat qoldiqlari

  • ozuqalar

Barcha manbalar, shu jumladan, quruqlik va dengizdagi, shuningdek, boshqa suv ekotizimlari va ekologik komplekslariga oid tirik organizmlarning xillari – bu ...

  • tabiiy xilma-xillik

  • fiziologik xilma-xillik

  • biologik xilma-xillik

  • ekologik xilma-xillik

BMT tomonidan mamlakatlarning barqaror rivojlanish darajasini belgilab beruvchi kо‘rsatkichlarni nechta guruhga ajratiladi?

  • tо‘rtta

  • uchta

  • beshta

  • oltita

Qayta tiklanadigan energiya manbalari energiyaning boshqa turlariga nisbatan atrof-muhitga ...

  • neytral ta’sir kо‘rsatadi

  • kamroq salbiy ta’sir kо‘rsatadi

  • kо‘proq salbiy ta’sir kо‘rsatadi

  • umuman ta’sir kо‘rsatmaydi

Qaysi javobda “yashil iqtisodiyot”ga о‘tish dastaklari tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?

  • ma’muriy, iqtisodiy, axborot

  • siyosiy, ijtimoiy, ekologik

  • mahalliy, mintaqaviy, xalqaro

  • madaniy, maishiy, milliy

Ishlab chiqaruvchilarni faoliyat natijalari (neft yoki qazilma boyliklar qazib chiqarish) tufayli yetkazilishi mumkin bо‘lgan ekologik zararni hisobga olish yoki oldini olishlarini rag‘batlantiruvchi dasturlar

  • Mas’uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari

  • Utillashtirish (yо‘q qilish) dasturlari

  • “Yashillashtirish” dasturlari

  • Muqobil energiya dasturlari

Iste’molchilarga atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan mahsulotni sotib olishda muayyan summani tо‘lash va mahsulotni keyinchalik tegishli markazlarga qayta ishlash yoki yо‘q qilish uchun topshirganda tо‘langan summani qaytarishni kо‘zda tutuvchi dastur

  • Utillashtirish (yо‘q qilish) dasturlari

  • Mas’uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari

  • “Yashillashtirish” dasturlari

  • Muqobil energiya dasturlari

Iqtisodiy dastaklarbu

  • atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni hal etishda keng qо‘llaniladigan bozor dastaklari (narx mexanizmi, soliqlar, subsidiyalar va b.)

  • korxonalarga atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida nimalarga rioya etish zarurligi qayd etiladigan meyoriy-huquqiy cheklovlar

  • iqtisodiy subyektlarni yashil iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlashning muqobil uslublari yoki usullari tо‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan dastaklar

  • atrof-muhit bilan bog‘liq masalalarni hal etishning davlat qo`llaydigan dastaklari to`plami

Ma’muriy dastaklar – bu

Axborot dastaklari - bu

Yashil iqtisodiyot”ga о‘tishning atrof-muhitni ifloslantirishning umumiy darajasi shaklida belgilanadigan, da’vogarlar о‘rtasida davlat tomonidan taqsimlanadigan yoki auksion orqali sotiladigan iqtisodiy dastak nima deb ataladi?

  • Savdo ruxsatnomalari

  • Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki tо‘lovlar

  • Ekologik soliqlar va yig‘imlar

  • Litsenziyalashtirish

Yashil iqtisodiyot”ga о‘tishning hukumat tomonidan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (jumladan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida ishlatiladigan iqtisodiy dastak nima deb ataladi?

  • Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki tо‘lovlar

  • Ekologik soliqlar va yig‘imlar

  • Savdo ruxsatnomalari

  • Litsenziyalashtirish

Yashil iqtisodiyot”ga о‘tishning ishlab chiqaruvchilar yoki iste’molchilar tomonidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar, chiqarib tashlangan chiqindilarning atrof-muhitni ifloslantirish darajasiga bog‘liq holda ishlatiladigan iqtisodiy dastak nima deb ataladi?

  • Ekologik soliqlar va yig‘imlar

  • Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki tо‘lovlar

  • Savdo ruxsatnomalari

  • Litsenziyalashtirish

Kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalanishda ekologiyaga minimal ta’sir etish va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida maksimal darajada ijobiy samaraga erishish uchun texnologik qarorlar qabul qilish nima deyiladi

  • “Yashil axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”

  • “Yashil axborot resurslari, ma`lumotlari va bazalari”

  • “Yashil axborot”

  • “Yashil aloqa vositalari”

Yashil iqtisodiyot”ni shakllantirish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda eng samarali dastaklar qaysilar, deb hisoblaysiz?

  • ma’muriy dastaklarni qollash

  • axborot dastaklarni qollash

  • iqtisodiy dastaklarni qollash

  • barcha dastaklarni kompleks qollash

Download 27.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling