TK1 matematik qoidalarni ifodali ayta olish.FK-1:sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida ikkita ikki xonali sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi;
Dars turi: Yangi tushuncha berish. To’garak Metodi: aqliy hujum , mustaqil ish..
To’garak Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi. I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Nazorat:Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, doskada misol va masalalar yechish.
Baholash:Uy vazifasining bajarilishi, mustaqil misollar bajarishiga qarab rag’batlantiriladi.
III Yangi mavzu bayoni
1. 1) Uzunlik va yuz o‘lchov birliklarini eslang va misollar keltiring. Ulardan nima uchun foydalaniladi?
2) Hayotimizda uchraydigan buyumlarning hajmini aniqlash muhim. Shuning uchun hajm o‘lchov
birliklari o‘rganiladi.Qirrasi uzunligi 1 cm kubning hajmi kub santimetrga teng va u 1 cm3 deb yoziladi.
2. Har bir kubchaning hajmi 1 cm3 ga teng. Berilgan shakllarning hajmi nimaga teng?
3. 1) Daftaringizga qirralari 1 dm bo‘lgan kub chizing. Agar siz chizgan shaklga teng bo‘lgan idish bo‘lganda, unga qancha suyuqlik ketgan bo‘lar edi?
Bir kub detsimetrga sig‘adigan suyuqlikning hajmi
1 litrga teng.
4. 55 140 : 6•30 + 560•400= 8 000 – (4 536 + 160•3)=
(2 000 – 1 705)•9= 720 – (300 – 420 : 6)=
Misolni o’quvchilar mustaqil bajaradilar. Ular ishini kuzatish va baholash.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 5-6– misol va masala.
Do'stlaringiz bilan baham: |