Rishton tuman Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limi tasarrufidagi
Download 378.5 Kb.
|
Informatika To'garak mashg'uloti ish-masi 2
30 - to’garak dars ishlanmasi
I.Mavzu: Amaliy ish II.Darsning tayanch atamalari III. Darsning asosiy tushunchalari. To’garak a’zolari ro’yhati.
Uy vazifasi 30 darsni o’qib o’rganib kelish. 31 - to’garak dars ishlanmasi I.Mavzu: WORDART OBYEKTI II.Darsning tayanch atamalari III. Darsning asosiy tushunchalari. Worddagi hujjat yanada go’zal bo’lishi uchun unga so’z yoki matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash imkonini beruvchi WordART obyektini joylashtirish mumkin. Masalan, WordART obyekti referat, maqolalarda nom yoki sarlovhalar yozishda ishlatiladi. WordART kolleksiyasi Hujjatga WordART obyektini joylashtirish Joylashtirish menyusi yoki CHIZISH uskunalar paneli orqali amalga oshiriladi. Buning uchun yurgich matnning WordART obyekti joylashtirilishi kerak bo’lgan joyiga o’rnatiladi. Endi quyidagi usullardan biri orqali WordART kolleksiyasi ekranga chiqariladi.1-usul.Joylashtirish menyusidan Rasm ( Рисунок) bo’limiga kiritiladi.Bo’limdan WordART obyekti tanlanadi.2-usul.CHIZISH uskunalar panelidan WordART obyekti tanlanadi.Natijada ekranda WordART kolleksiyasi aks etadi. Endi bu kolleksiyadan kerakli ko’rinishni tanlab olish mumkin. WordART da matn kiritishKolleksiyadan kerakli ko’rinish belgilangach (masalan, birinchi ko’rinish) klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi. Natijada ekranda matnni kiritish oynasi aks etadi. Boyalib turgan yozuv matni (Tekst nadpici) orniga kerakli matn kiritiladi. Masalan, Ona-Vatan –Ozbekistonim!Yashna, ozbekiston! Lozim bolsa, oynaning yuqori qismida joylashgan imkoniyatlardan foydalanib matn formatlanadi.Songra ENTER klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi. Natijada yozgan matnimiz rasm sifatida quydagicha aks etadi.ONA-VATAN-O’ZBEKISTONIM! YASHNA, O’ZBEKISTON!WordART uskunalar paneli WordART obyekti formatini ozgartirish juda oson. Bu uskunalar paneli bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi.1.Yangi WordART obektini qo’shish. 2.Matnni o’zgartirish.3.Matnga kolleksiyadan yangi ko’rinishni tanlash. 4.WordART obyekti formanini o’zgartirish.5.WordART obeykti shaklini [formasini] o’zgartirish. 6. WordART obeyktini erkin burish.7.WordART obyektini matnda joylashish holatinio’zgartirish 8. WordART obyektidagi harflar balandligini tekislash.9 WordART obyektini vertikal holatga keltirish.10 Matnni WordART obyektida tekislash turini tanlash.11 WordART obyektidagi belgilar oraligidagi masofani (intervalni) tanlash. Yuqorida tayyorlagan WordART obyektida quyidagicha ozgartirishlar kiritamiz. A) matnga kolleksiyadan yangi korinish tanlaymiz; B)WordART obyekti formati bolimidan harflar chegarasidagi chiziq turini ozgartiramiz; D) WordART obyekti shaklida (formasini) ozgartiramiz; E) Matnni belgilar orasidagi masofa orqali WordART obyekti tengligi boyicha tekislaymiz; F) Belgilar orasidagi masofani juda keng (150%) qilib tanlaymiz Natijada quydagicha hosil qilamiz. Uy vazifasi 31 darsni o’qib o’rganib kelish. 32 - to’garak dars ishlanmasi I.Mavzu: Wordda formulalar yozish. II.Darsning tayanch atamalari III. Darsning asosiy tushunchalari. Matematikadan yoki fizkadan darsliklaringizni varaqlasangiz turli ko’rinishdagi ifoda va formularni ko’rasiz. Turli ifoda va formulalarni yozish uchun word dasturining formulalar muharriri deb ataluvchi imkoniyatdan foydalalaniladi.Formulalar muharririni ishga tushirish Avval yurgich formula yozilishi Kerak bo’lgan joyga joylashtiriladi. So’ng formulalar muharriri quydagi ketma-ketlikda ishga tushiriladi: 1. Joylashtirish menyusidan Obyekit bo’limi tanlanadi. 2. Ochilgan Obyekitni joylashtirish oynasidan Microsoft tenglamalari bo’limi tanlanadi. Natijada yurgich turgan joyda formula yozish joyi lavhasi va for-mulaga amal belgilarini tanlash Imkonini beruvchi quydagi Formula oynasi aks etadi.Agar uskunalar panelida formulalar muharriri uskinasi belgisi joylashtirilgan bo’lsa, u holda formulalar muharririni ishga tushirish uchun shu uskinani tanlash kifoya.Formulalar muharriridan chiqish uchun suchqoncha ko’rsatkichini ish maydonining Bo’sh joyiga olib kelib chop tugmasi bir marta bosiladi. Formulalar muharriri imkoniyatlari Formulalar muharrirning imkoniyatlari juda keng. U19 ta bo’limdan iborat bo’lib,har bir bo’lim ma’lum bir amallar belgilar majmuyidan iborat. Masalan, turla ko’rinishdagi munosabat belgilar, kasrlar va Radikalar belgilar, qavslar shblonlar shular jumlasidandir.Shu amal belgilaridan foydala-nib quydagini yozamiz (o’zingiz mustaqil yozib ko’ring) 1. 12+1/2 ≤13-x 2. 2 (11/4*4+2/11/1/2-9/96)*9 3. 3x/4 + 1/6 = 5/6 4. (5/8+5/11)/10/19+(10/17-5/4)/7/3 5. (x-9/17)+9/34=9/40/ Agar yozilgan formulada xatolik bo’lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkun. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Natijada yozilgan fo’rmila lavhasi ochiladi va ekranda Formula oynasi aks etadi.Shunday keyin yurgichni keraklik joyga sichqoncha yoki yo’nalish kilavishlari yordamida joylashtirish va hatolikni tuzatish mumkun bo’ladi. Uy vazifasi 32 darsni o’qib o’rganib kelish. 33 - to’garak dars ishlanmasi I.Mavzu: M.S. Excel haqida tushuncha II.Darsning tayanch atamalari III. Darsning asosiy tushunchalari.
kuchaydi. Odatda bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi. Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir. Elektron jadvallar Beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo’g’liq bo’lib; asosan, quyidagilardan iborat
ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va ko’rinishini o’zgartirish; jadval elementlarini formatlash formulalardan foydalanish (hisob- kitoblarni avtomatlashtirish); katakchalarni avyomatik to’ldirish; turli xildagi funksiyalar majmuidan foydalanish; ma’lumotlarni qidirish va almashtirish; ma’lumotlar asosida turli ko’rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash; ma’lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish. Birinchi elektron jadval dasturi Visi Calc nomi bilan o’tgan asrning 80-yillari Boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab, Super Calc, Multiplan, Framework, Simphony. Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda. Dastlabki naqli (versiyasi) 1994-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir. Odatda tayyorlangan hujjatni diskda fayl ko’rinishida biror nom bilan kengaytmasi .xls bo’ladi. Har bir .xls faylda 1 dan 255 tagacha varaq joylashishi mumkin. Excel jadvali (Excel 97 versiyasida ) 16384 ta ( Exsel 2000 versiyasida esa 65536 ta ) satr va 256 ustundan iborat. Satrlar 1 dan to 16384 ( 65536) gacha bo’lgan butun sonlar yordamida tartiblangan. Ustunlar esa lotin alifbosi hariflari bilan belgilanadi, ya’ni A, B, …, Z, AA, AB, …, IV. Excel elektron jadvalida quyida arifmetik amallar va belgilarni qo’llashimkoniyati mavjud: qo’shish -<< + >>, ayirish - <<- >>, ko’paytirish -<<* >>, bo’lish -<< / >>, darajaga ko’tarish -<<^ >>, amalni bajarilish tartibini jadallashtirish -<< ( ) >>, sonlarni butun va kasr qismiga ajratish - << , >>. Elektron jadvallarda jadval bo’ylab << sichqoncha >>, kursorni boshqarish ( yo’nalish ) klavishlari , varaqlash ( PgUp va PgDn) klavishlari, Home va End klavishlari yordamida harakatlanish mumkin. Uy vazifasi 33 darsni o’qib o’rganib kelish. 34 - to’garak dars ishlanmasi I.Mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash. II.Darsning tayanch atamalari III. Darsning asosiy tushunchalari.
1-mashq. Karra jadvalini hosil qiling.(41-rasm) Quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajariladi. 1. B:H2 blokidagi katakchalarni _______ piktogrammasi yordamida birlashtiradi va “Nechalik jadval kerak?” matni kiritiladi; 2. D3 katakchaga “=”, E3 katakchaga biror son (masalan,6) kiritiladi; 3. C4 katakchadan E3 katakchaga absolyut murojaat kiritiladi, ya’ni C4 katakchaga “=E”ni yozib, F4 kilavishi bosiladi; 4. D4 katakchaga “*” belgisi, E4 katakchaga 1 soni, F6 katakchaga “=’ belgisi kiritiladi; 5. G4 katakchaga “=C4*E4” formula kiritiladi; 6. C4:G4blokini belgilab, blokning o’ng quyi burchagidagi _______ belgisidan “sichqoncha” yordamida G ustun bo’yicha pastga tortib nusxalanadi; 7. Katakchalarni katakcha formati orqali ranglar bilan bezaladi. Tekshirib ko’rish mumkinki, E3 katakchadagi qiymat o’zgartirilsa, G ustidagi qiymatlar karra jadvaliga mos ravishda o’zgaradi. Excel electron jadvali matematika formulalar bilan ishlash uchun keng imkoniyat ochib beradi. Shulardan biri funksialar toplamining mavjudligidir. Excel funksiani toplamida 400 dan ortiq funksia bolib ular matematika mantiqiy statistlik matn moliya boshqa turlarga bolinadi. Funksialarni formulalariada qo’llanishining umumiy qoidasi quydagilardan iborat: * har bir funksia boshqa takrorlanmaydigan o’znomiga ega ; * funksialarga murojaatda ularning nomidan keyin qavs ichida nuqtali vergul bilan ajralib turuvchi argumentlar ro’yxati yoziladi. Excel elektron jadvalidagi matematik funksiyalarning asosiylari bilan tanishamiz. ABS (son) - sonning absalyut qiymati. SIN(son)-radian o’lchov birligidagi songa mos burchakning sinusi (COS, TAN) ASIN(son)-sinusi songa mos bo’lganburchak ( ACOS, ATAN ) EXP(son) –e (e ≈2,718282) ning songa mos darajasi LN(son) –soning natural logarifmi KOPEHЬ(son)- sonning kvadrat ildizi KOPEHЬ OCTAT(son; bo’luvchi) – sonni bo’luvchiga bo’lgandadi qoldiq CTEПEHЬ (son; daraja ko’rsatkichi) -sonni dadajaga ko’tarildi; CУMM (son1; son2;…) –son 1, son 2, …katakchalar ( yoki katakchalar bloki) dagi qiymatlarning yig’indisi И (mantiqiy ifoda1: mantiqiy ifoda 2: (VA) funksiyaning qiymati rost yoki yolg’on bo’ladi. ИЛИ (mantiqiy ifoda1: mantiqiy ifoda 2: (YOKI) funksiyaning qiymati rost yoki yolg’on bo’ladi. ЕСЛИ (mantiqiy ifoda1: ifoda 2: (AGAR) funksiyaning qiymati rost yoki yolg’on bo’ladi.МАКС (son1: son 2: ..) –son1, son 2 larning eng katta qiymatini aniqlaydi. МИН (son1: son 2: ..) –son1, son 2 larning eng kichik qiymatini aniqlaydi. СРЗНАЧ (son1: son 2: ..) –son1, son 2 larning o’rta arifmqtik qiymatini aniqlaydi. ДЛСТР (matn)-matndagi belgilar sonini aniqlaydi ЗАМЕНИТЬ-(eski matn: qaysi o’rindan: nechtasi o’rniga: yangi matn) eski matnning belgilarini yangisiga almashtiradi. ЗНАЧЕН(matn) – matnli argumentni songa o’tkazadi. ЛЕВСИМВ (matn: belgi soni) – matndagi eng chapdagi berilgan sondagi belgilarni kesib ko’rsatadi. Uy vazifasi 34 darsni o’qib o’rganib kelish. Download 378.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling