Ritorika nutqning ahamiyati. Reja: Ritorika haqida tushuncha Sanitariya ma’orifi tushunchasi


Sanitariya maorifining nazariy asoslari


Download 30.45 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1375703
1   2   3   4
Bog'liq
“Salomatlik” instituti maqsad va vazifalari.

Sanitariya maorifining nazariy asoslari.
Respublikamiz sanitariya maorifi kasalliklarni oldini olish, salomatlikni mustahkamlash va muhofaza qilish, yuksak ish qobiliyati, faol uzoq umr ko’rishni ta’minlash va sog’lom avlodni tarbiyalab yetishtirish maqsadida aholining sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirishga qaratilgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlar tizimidan iborat. Har bir tibbiy xodimning yeng muhim kasbiy burchi aholini sanitariya-gigiyena jihatdan tarbiyalash, zararli odatlar (kashandalik, alkogolizm, giyoxvandlik, ko’p ovqat yeyish) ga qarshi kurashish, salomatlikni mustahkamlashda fizkultura va sportning rolini targ’ib qilish, shuningdek, sog’lomlantirish tadbirlarini o’tkazishdir.
Tibbiyot xodimlarining vazifasi aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzining mazmunini ochib berish: kasalliklarning oldini olish, salomatlikni muhofaza qilish, ularda sog’lom turmush kechirishga xoxish uyg’ota bilish va uni shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
Sanitariya maorifining maqsadi aholining sanitariya madaniyatini oshirish, sog’lig’ini mustahkamlashda muhim zamin bo’lgan gigiyenaga oid bilimlarni yegallash va yuksak saviyali, madaniy axloqni shakllantirish, mehnat qobiliyatini oshirish va uzoq umr ko’rishni ta’minlashdan iborat.
Sanitariya morifining ilmiyligi uning barcha qonun-qoidalarini hozirgi zamon talablariga ko’ra, ilmiy jihatdan asoslab berishda ifodalanadi. Faqat fanda isbotlangan va rasmiy ravishda tasdiqlangan dalillarnigina ommalashtirish mumkin.
Fan yutuqlari oddiy, hammabop qilib bayon yetilishi kerak. Sanitariya maorifining profilaktik yo’nalishi uning asosiy tayanchi va yeng muhim xususiyati hisoblanadi. Asosiy vazifa aholiga sanitariya bilimlarini singdirish va sog’liqni saqlash choralarini ko’rishga, kasalliklarning oldini olishga, demogratik jamiyat bergan afzalliklardan oqilona foydalanishga o’rgatish, tibbiyot faolligini oshirishga, aholining o’zini muhofaza qilish tuyg’ularini oshirishga ko’maklashish, tibbiy yordamga o’z vaqtida murojaat qilishga o’rgatishdan iborat.
Ommaviylik sanitariya maorifining prinsipi sifatida shaxsiy suxbatlar o’tkazish zarurligini inkor yetmaydi. Biroq, targ’ibot va tashviqot uslublari ancha ustun turishi lozim, bu usullar ommaviy tus olgan bo’lishi kerak. Aholini, jumladan, jamoat sanitariya faollarini uyushtirish yo’li bilan uni sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazishga keng jalb yetilishi juda muhim. Sanitariya faollarini Qizil Xoch va Qizil Yarimoy tashkiloti bilan hamkordikda tayyorlash mumkin.



Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling