Rivo-Rochchi usuli bilan odamlarda qon bosimini o‘lchash. Yurak qon tomirlar sistemasidagi muammolar va ularni hal qilish


-ish.Ishlayotgan baqa yuragida biotoklarni yozib olish


Download 116.53 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi116.53 Kb.
#1016303
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mirjalol

1-ish.Ishlayotgan baqa yuragida biotoklarni yozib olish.


  1. Panjasi bilan nerv-muskul preparatini tayyorlang.

  2. Yirik baqa olib, ko’krak qafasidagi yuragini oching.

Baqani harakatsizlantirib, yuragi ochiladi va har bir qismining qanday ketma –
ketlikda qisqarayotgani kuzatiladi. YUrakning bir minutdagi qisqarishla ri sanaladi va Stanniusni birinchi
ligaturasi quyiladi. Bu ligatura (yoki ip desa ham bo‘ladi) venoz sinusi tuguni ajratib qo‘yiladi, ya‘ni sinus
bilan bo‘lmachalar o‘rtasiga qo‘yiladi, ya‘ni sinus tuguni ajratib qo‘yiladi. Natijada sinusdagi impulьslar
bo‘lmachalarga o‘ta olmaydi. Nima yuz bergani kuzatiladi va sinusning qisqarishlari soni yozib olinadi
(sanaladi). Bunda sinus avvalgi ritmida qisqaraveradi, bo‘lmachalar va qorinchalar esa to‘xtab qoladi. Bir
necha vaqtdan keyin ularning ham avtomatiya darajasi namoyon bo‘ladi, lekin pastroq ritmda. Buning
uchun kamida 10 minut vaqt ketishi sababli kutib o‘tirilmasdan, ikkinchi ligaturani qo‘ya boshlash mumkin.
Stanniusni ikkinchi ligaturasi atrioventrikulyator tugun sohasiga, ya‘ni bo‘lmachalar bilan qorinchalar
o‘rtasiga qo‘yiladi. Agar ligatura to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa qorinchani qisqarishi darhol tiklanadi. Odatda,
atrioventrikulyator tugun avtomatiyasi sinusnikiga nisbatan ikki marta kamroq (bu avtomatiya gradienti deb
ataladi). Agar ligatura atrioventri-kulyator tugundan yuqoriga qo‘yilsa, unda avtomatiya markazi faqat
bo‘lmachalarga qaratilgan bo‘lib, qorincha qisqarmay turaveradi. Stanniusning uchinchi ligaturasi
qorinchani pastki bo‘lma sohasiga qo‘yiladi, ya‘ni yurakning uchi ajratib qo‘yiladi bunda yurak uchi
avtomatik markazlardan ajratilgan bo‘lib, o‘zi avtomatiya xususiyatidan mahrumligi isbotlanadi. Tajriba
yonida ko‘rgazmaliroq chiqish uchun uchinchi ligatura o‘rniga yurak uchini kesib ko‘rsatish ham mumkin.
Kesib olingan yurak uchi qisqarmaydi, kesilmay qolgan qismi esa qisqarishda davom etadi. Demak, yurak
uchi qo‘zg‘aluvchanlikka ega bo‘lsada, lekin avtomatik xususiyati yo‘q

  1. Nerv-muskul preparatining quyimich nervini Yurakka tashlang(nervning shunday xolatini topingki, ishlayotgan Yurakda hosil bo’lgan biotoklar, nerv-muskul preparatini kuzatish mumkin bo’lsin).

  2. Yurak qisqarishi bilan nerv-muskul preparati panjasining bir vaqtda sodir bo’ladigan harakatini kuzating.

  3. O’tkazilgan tajribaning sxemasini chizing, nervning Yurakka to’g’ri qo’yilganligini ko’rsating.____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________




Download 116.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling