Rivo-Rochchi usuli bilan odamlarda qon bosimini olchash. Yurak qon tomirlar sistemasidagi muammolar va ularni hal qilish
Download 116.53 Kb.
|
mirjalol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish anjomlari
- Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar
ARTERIAL PULЬSNI QAYD QILISH
Arterial pulьs deb, arterial bosimning tebranishlari tufayli arteriya devorlarining ritmik tebranishlariga aytiladi. Arterial pulьs Yurak ishini, tomirlar holatini va qon bosimining kattaligini o’zida aks ettiradi. Pulьsning 4 ta asosiy xossasi farqlanadi: uning chastotasi, kuchi, tezligi va qattiqligi. Pulьsni qayd qiluvchi apparatlar sfigmograflar deyiladi. Pulьs egri chizig’i – sfigmogramma (59-rasm)da quyidagi qismlar farqlanadi: ko’tariluvchi tizza – to’g’ri, tik, arteriyaning kengayishiga togri keladigan baland kotarilish (anakrot), uchi va pastga tushuvchi tizza - qiya chiziqning sekin tushishi (katakrot) arteriya devorining boshashib ketishiga togri keladi. Egri chiziqning tushuvchi qismi katta bolmagan bir necha kotarilishlar bilan uzilishi mumkin, bu dikrotik kotarilish deb atalib, barcha egri chiziqda har doim kuzatiladi. Uning boshlanishi yarimoysimon klapanlarning yopilishiga togri keladi. Pulьs egri chizig’i Yurakning chap qorincha faoliyati fazalarining qancha davom etishi haqida ba’zi ma’lumotlarni berishi mumkin. egri chiziqning ko’tarilishidan boshlab, to dikrotik to’lqinigacha bo’lgan oraliqda Yurakning sistola fazasi davom etadi. Diastola dikrotik kotarilishdan boshlab yangi egri chiziqning paydo bolishiga qadar davom etadi. Ish anjomlari: sfigmograf, kimograf. Tajriba odamda olib boriladi. Tajriba otkazish tartibi. 4 ta barmoqni tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga quyib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Tekshiriluvchining bilagiga sfigmograf shunday qilib ornatilsinki, natijada bu arteriyaning eng aniq urayotgan nuqtasida bolsin. Sfigmogramma yoziladi. Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Arterial pulьsning va pulьs egri chizig’ining alohida qismlarining kelib chiqishini tushuntiring Yurak-tomir faoliyatini tekshirish usullari Mashg’ulotga tayyorlanish uchun savollar(uyga vazifa) 1.Biotoklar haqida tushuncha. Yurak biotoklarini yozib olish usullari. Asab tizimining qo'zg'alishi biokimyoviy tabiatga ega. Asab tizimi bo'ylab, moddalar almashinuvi o'zgarishining to'lqinsimon tarqalishi kuzatiladi, tarqalish paytida ionlar membranalar orqali tanlab o'tkaziladi, natijada nisbatan tinchlik va qo'zg'algan holatdagi qismlar orasida potensiallar farqi (ayirmasi) hosil bo'ladi va elektr toki yuzaga keladi. Bu toklar biotoklar yoki biopotensiallar deb yuritiladi va asab tizimi bo'ylab tarqaladi.____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________2.Elektrokardiografiya, uning printsiplari va maqsadi. _______Elektrokardiografiya – yurak mushaklarining qisqarishi paytida paydo bo’ladigan potentsial farqni fiksatsiya qilish va grafik ko’rinishga asoslangan holda yurakning elektrofiziologik faoliyatini o’rganish usuli. Elektrokardiografiya yurakning quyidagi ko’rsatkichlarini baholashga imkon beradi: Yurakning elektr faoliyati; Muntazam yurak urishi; Yurak urish tezligi; Yurakning o’tkazuvchanligi.______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 3.Qon bosimi. Qon bosimining kelib chiqish sabablari. arterial gipertoniyaning sabablari: buyrakning birlamchi shikastlanishi (glomerulonefrit) ikkilamchi arterial gipertoniyaning eng keng tarqalgan sababi hisoblanadi; buyrak arteriyalarining bir tomonlama yoki ikki tomonlama torayishi (stenozi); aortaning koarktatsiyasi (tug’ma torayishi); feoxromotsitoma (adrenalin va noradrenalinni hosil qiluvchi buyrak usti bezining shishi); giperaldosteronizm (aldosteron ishlab chiqaradigan buyrak usti bezining shishi); tirotoksikoz (qalqonsimon bezning kuchayishi); kuniga 60 ml dan ortiq etanol (vino alkogol) iste’mol qilish; dorilar: gormonal dorilar (shu jumladan, kontratseptiv vositalar), antidepressantlar va boshqalar____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 4.Sistolik va diastolik qon bosimlari. Qon bosimining o'zgarishini yozib oladigan boisak, uch xil tartibdagi toiqinlar farqlanadi. Birinchi tartibdagi toiqinlar yoki pulsli toiqinlar. Qon bosimi sistola paytida koiarilsa, diastola paytida biroz tushadi. Sistola paytidagi bosim sistolik yoki maksimal, diastola paytidagi bosim diastolik yoki minimal bosim deb ataladi. Sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq puls bosimi deb ataladi. Bir xildagi sharoitlarda puls bosimi yurakning sistolik hajmiga bogiiqdir. Yurakdan qancha uzoqlashsa puls bosimi shunchalik kam boiadi. Mayda arteriyalar va kapillyarlarda puls toiqini y0‘q>Ikkinchi tartibdagi toiqinlar - nafas toiqinlari. Nafas olishda ko'krak bo4shligining so4ruvchanlik harakatining ortishi tufayli bu paytda yurakka kelayotgan qon oqimining ko'payishi kuzatiladi, natijada qon bosimi ortadi. Nafas chiqarishda esa qon bosimi pasayadi. Bu o4zgarishlar ko'krak qafasining harakatlariga mos keladi va shu sababli ular puls bosimidan kamdir yoki sustdir. Chunki bir nafas toiqini vaqtida bir necha pulsli toiqinlar qayd qilinadi. Uchinchi tartibdagi toiqinlar - tomirlar devorlari tonusining asab tizimi bilan boshqarilishining o'zgarishi bilan bogiiqdir, ya’ni tomirlar tonusining reflektor ortishi yoki kamayishi natijasida qon bosimining ko4tarilishi yoki pasayishidir. Bu toiqinlar miyada kislorod taqehilligi paytida juda aniq namoyon boiadi, ular nafasli toiqinlardan ham siyrak. Bitta uchinchi tartibdagi toiqinlarda bir necha ikkinchi tartibdagi toiqinlar namoyon boiadi. Eng yuqori qon bosimi yurak bo‘shlig4ida va aortada aniqlangan. Voyaga yetgan odamning yelka arteriyasida 20 yoshdan 40 yoshgacha toiig ich a jismoniy va ruhiy tinchlik paytida sistolik bosim 110-125 mm.sim.ust., diastolik bosim esa 60-85 mm.sim.ust.teng boisa, ular orasidagi farq yoki puls bosimi 35-50 mm.sim.ust.teng 5.Qon aylanish sistemasining turli bolaklaridagi bosimi. O'pkada qon aylanishi. O'pka har ikkala qon aylanish doirasidan qon oladi: kichik qon aylanish doirasidan o'pka arteriyasi orqali vena qonini va katta qon aylanish doirasidan bronxlar arteriyasi orqali arteriya qonini oladi. O'pka arteriyasidan keladigan venoz qon o'pkada kislorodga boyiydi, bronxlar arteriyasi esa o'pka to'qimasini arterial qon bilan ta’minlydi. Kichik qon aylanish doirasi bilan katta qon aylanish doirasi tomirlari o'pkada anastomozlar hosil qilib, bir-biriga tutashgan. Bu anastomozlardan qon faqat bir tomonga - bronxlar arteriyasining kapillyarlaridan o'pka arteriyasining kapillyarlariga qarab oqadi. O'pka arteriyasi bir muncha kalta, undagi qon bosimi ham bir muncha past. Odamlarning o'pka arteriyasida qon bosimi o'lchanganda maksimal bosim (simob ustuni bo'yicha) 25-30mm.ga teng ekanligi aniqlangan. Minimal bosim 5-10 mm. ni, puls bosimi 15-20 mm. ni tashkil qiladi. Demak, o'pka arteriyasidagi o'rtacha bosim aortadagi o'rtacha bosimdan 5-6 barobar kamroqdir. Shunday ekan otlaming o'pka arteriyasidagi qon bosimi (simob ustuni bo'yicha) 30-60 mm, qoramollarda 40-88 mm, itlarda esa sistolik bosim 40 mm, diastolik bosim 10 mm ga teng. Nafas olganda bosim pasayib, nafas chiqarganida ko'tariladi. O'pkadagi kichik arteriyalaming sig'imi katta qon aylanish doirasidagi shunday arteriyalaming sig'imidan to'rt-besh marta kengroqdir. Shu sababdan ularda qon oqimiga qarshilik kamroq. O'pka tomirlari nihoyatda elastik va sig'imi keng bo'lgani uchun zaruriyat tug'ilganda sezilarli miqdorda qon sig'dira olishi mumkin. Jigarda qon aylanishi. Jigar, jigar arteriyasidan arteriya qonini olish bilan bir vaqtda darvoza (qopqa) venasi orqali vena qonini ham oladi. Har ikkala tomirdagi qon tegishli kapillyarlar orqali jigar bo'ylab tarqaladi. Bu vaqtda me’da, ichak va taloqdan kelayotgan darvoza venasining qoni jigarda tozalanadi. Jigar arteriyasi jigar to'qimalarini arterial qon bilan ta’minlydi. Oqibatda har ikkala tomirning qoni jigar venasi orqali birgalikda chiqib ketadi. Buyraklarda qon aylanishi. Buyraklar aortaning bel qismidan ajralgan buyrak arteriyalaridan qon oladi. Arteriya buyrakka kirgandan so'ng mayda-mayda tarmoqlarga shoxlanib, har qaysi Baumen- Shumlyanskiy kapsulasiga alohida-alohida arteriola beradi. Arteriola kapsulaga kirgandanso'ng kapillyarlarga tarmoqlanib kapillyarlar to'rini, Malpigiy koptok- chasini hosil qiladi. Koptokchani hosil qilgan kapillyarlar o'zaro birikib, yana arteriola hosil qiladi, bu arteriola kapsuladan chiqib, sal nariroqda, birinchi va ikkinchi burama kanalchalarning oldida yana kapillyarlarga tarmoqlanadi va oqibatda kanalchalami qon bilan ta’minlydi. So4ngra venalarga aylanib, buyrak venasiga quyiladi. Baumen- Seimonovekoya kapsulasiga kirayotgan arteriola diametri undan chiqayotgan arteriola diametriga qaraganda kattaroq, shu sabli Malpigiy koptokchasidagi kapillyarda qon bosimi baland (90mm simob ustuni atrofida). Miyada qon aylanishi.. Miyaning nerv hujayralari,boshqa a’zolar va to'qimalaming hujayralariga nisbatan,kislorod taqchilligiga juda sezuv- chan.Mushuklar miyasiga kelayotgan qonni 20 s davomida tuxtatish, ularning bosh miya yarim sharlari pustlog'idagi elektr potensiallarini ritmik o'zgarishini deyarlik to'liq yo'qolishini chaqiradi.Miyaga 5 daqiqa davomida qon kelishini to'xtatilishi nerv hujayralarini o'limga olib keladi. Miya to'qimalari villiziyev doirasi arteriyalaridan qon tushuvchi, miyaning yumshoq pustlog4idan radial holda chiquvchi arteriyalardan oladi. Miyaning arteriya va venalarida anastomozlar у о4 q, barcha kapillyarlar doimo ochiq.Miyadan chiqib ketuvchi qon,miyaning qattiq pardasida sinuslar hosil qiluvchi venalarga qo'yiladi. Shu sababdan uning tomirlari bo4ylab qon doimo bir me’yorda oqib turadi. Miyaga haddan tashqari ko'p qon kelishi uchun sharoit yo4q. Chunki u kalla suyagini ichida joylashgan boiib, o4zining hajmini deyarli o4zgartira olmaydi. Yurakda qon aylanishi. Yurak muskulaturasi qonni aortadan chiqa- digan ikkita toj-koronar tomirlardan oladi. Bu tomirlar yurak muskula- turasida kichikroq arteriyalarga, ular esa kapillyarlarga tamioqlanadi. Kapillyarlar yurakda behisob anostomozlar hosil qilgan. Qon toj tomir- larga, boshqa tomirlardagiga qarshi o4laroq, yurak ishining diastola bosqichida o4tadi. Organizm tinch turganda yurak muskulaturasi chap qorincha sistolik hajmining 5-10% qonini oladi. Jismoniy ish paytida bu miqdor keskin ko'payadi. Yurak muskulaturasiga o4tadigan qonning 90% yaqin qismi chap toj tomirlar bo'ylab chap qorincha muskulaturasiga oqadi. Oqib chiqadigan venoz qonning taxminan 75-90% vaqin qismi o'ng bo'lmaga quyiluvchi toj sinusga o'tadi. Bo4lmalararo to'siq va o4ng bo4lma miokardidan keluvchi venoz qonning asosiy qismi Tebeziy tomirlari orqali o4ng qorinchaga quyiladi. Yurakning toj tomirlari simpatik nerv va adrenalin ta’sirida kengayib adashgan nerv7, gistamin, atsetilxolin ta’sirida torayadi.Qon aylanishida taloqning ishtiroki. Taloq qon aylanishida muhim vazifalarni bajaradi. Taloq pulpasiga kelgan arteriyalar kapillyarlarga tarmoqlanmaydi, ularning uchi xaltasimon kengayib tugaydi. Qon arteriyaning ana shu kengaygan uchlaridagi teshikchalar orqali pulpaga chiqariladi va u yerdan vena sinuslariga, sinuslardan esa venalarga o'tkaziladi. Sinus bilan vena o'rtasida sfmkter bor, bu sfmkter qisqarganida qon sinusda qamalib qoladi. Taloq shu tariqa o'ziga xos tuzilganligi sababli, organizmdagi qonning sezilarli (16% gacha) miqdorini o'ziga sig'diradi. Demak, u organizmning eng muhim qon saqlovchi zahiralardan rezervuarlaridan biridir. Taloqning yaxshi rivojlangan silliq muskulaturasi bor, u qisqarganda, qon taloqdan umumiy qon aylanish tizimiga, tomirlarga chiqariladi, simpatik nerv qo'zg'alishi va adrenalin ta’siri taloqning qisqarishiga sabab boiadi. Taloq muskulaturasining qisqarishini bosh miya yarim sharlarining po'stlogi nazorat qilib turishi K.M.Bikov laboratoriyasida isbotlangan.__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________6.Qon bosimining nerv-gumorol yol bilan boshqarilishi. _Yurak va qon tomirlar faoliyatining nerv-gumoral boshqarilishi Yurak va qon tomirlar faoliyati nerv-gumoral yo'l bilan, uning ishi esa simpatik va parasimpatik (adashgan) nervlar orqali boshqariladi. Simpatik nerv yurak faoliyatini kuchaytiradi, para¬simpatik nerv, aksincha, yurak qisqarishini sekinlashtiradi. Shunday qilib, bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi. Qon tomirlarining devori ham parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ayniqsa, aorta ravog'ida, uyqu va o'mrov osti arteriyalarining devorida nerv tolalari juda ko'p bo'ladi. Yurax va qon tomir sistemasining ish faoliyati uzunchoq va orqa miyada joylashgan simpatik va parasimpatik nervlarning markazlaridan tashqari, bosh miya yarim sharlari orasida joylash¬gan gi potalamus va bosh miya yarim sharlarining po' stloq qis¬midagi oliy nerv markazlari orqali ham reflektor yo'l bilan boshqariladi. Odam tanasining barcha to'qima va organlarida tashqi muhit ta'sirini qabul qiluvchi sezuvchi nerv uchlari - retseptorlar bo'ladi. Ularning qo'zg'alishi miyadagi mazkur to'qima va organning ishini boshqaruvchi nerv markazlariga o'tkazilishi bilan birga yurak va qon tomirlar ish faoliyatini boshqaruvchi nerv markazlariga ham tarqalib, yurak ishining reflektor yo'l bilan boshqarilishiga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, tashqi muhitning yuqori harorati ta'sirida teridagi retseptorlarning qo'zg'alishi simpatik nerv markazini qo'zg'atadi va yurak ishi tezlashadi. Aksincha, odam sovqotganda, sovuq suvda cho'milganda parasimpatik nervning markazi qo'zg'aladi va yurak ishi sekinlashadi. Odam hayajonlanganda, quvonganda, achchiqlanganda, uyal¬ganda va shunga o'xshash ruhiy holatlarda yurak ishi tezlashadi. Bu esa yurak ishi bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlari, ya'ni oliy nerv faoliyati orqali boshqarilishini ko'r¬satadi. Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yo'l bilan ham bosh¬qariladi. Buyrak usti bezining miya qismida ishlab chiqariladiganadrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga o'xshab, yurak ishini tezlashtiradi va qisqarish kuchini oshiradi. Bu gormon qon tomirlatini toraytiradi va arterial bosimni oshiradi. Gi pofiz bezining orqa bo'lagidan ishlanib chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarini toraytirib, bosimni oshiradi.________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 116.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling