Suyak to’qima. Muskul to’qima REJA - Muskullar morfologik va fiziologik xususiyatlarga qarab bo’linishi 1)skelet muskulaturasi; 2)silliq muskullar; 3)yurak muskulaturasi.
- Muskullar shakli.
- Fassiya, pay, aponevrozlar tuzilishi.Sinergist va antagonist muskullar.
Silliq muskul to’qimasi - uzunchoqsimon shakldagi muskul hujayralaridan tashqil topgan: ayrilgan urchuq shaklidagi muskul hujayralar ham uchrab turadi. Yadrosi tayoqsimon shaklga ega. Protoplazma ma'lum bir tuzilishga ega bo’lmagan-haqiqiy protoplazmaga (sarkoplazmaga) va bo’linmali qismi miofibrillalarga bo’linadi. Miofibrillalar ingichka, bir jinsli ip shaklidadir.
- Silliq muskullar ixtiyorsiz, ya'ni odam irodasiga bo’ysunmaydigan muskullar qatoriga kiradi. Ularning qisqarishi va bo’shashishi vеgеtativ nerv tizimi tomonidan tartibga solinib turadi.
Ko’ndalang-targ’il muskul to’qimasi - Ko’ndalang-targ’il muskul to’qimasi skеlеt muskullari, Yurak va boshqa ichki organlar (bo’g’iz, halqum, til hamda boshqalar)ning tarkibiga kiradi. Yurak muskulidan tashqari, ko’ndalang- targ’il muskullarning hammasi bizning ixtiyorimiz bilan qisqaradigan muskullarga kiradi. Ko’ndalang-targ’il muskul tolasi protoplazmadan va ko’p miqdordagi yadrodan tashkil topgan.
- Muskul tolasi parda, ya'ni sarkolеmma bilan qoplangan. Sinchiklab qaralganda protoplazma bir jinsli qism-sarkoplazmadan va ingichka iplar-miofibrillalardan tuzil-ganligi ma'lum bo’ladi.
Muskullar katta odamlarda butun tanasi og’irligining 42 %ga yaqinini tashqil qiladi, qolgan 58 % ini suyaklar (18 %), yog’lar (17 %), qon (8 %), ichki organlar (8 %), tеri (4 %), miya va nervlar (3 %) tashqil qiladi. - Muskullar katta odamlarda butun tanasi og’irligining 42 %ga yaqinini tashqil qiladi, qolgan 58 % ini suyaklar (18 %), yog’lar (17 %), qon (8 %), ichki organlar (8 %), tеri (4 %), miya va nervlar (3 %) tashqil qiladi.
- Muskullar to’qimasi 75 % ga yaqin suvdan va 25 % zich moddalardan iborat. Zich moddalar tarkibiga oqsilar, yog’lar, karbon suvlar, tuzlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |