Muskul to’qimaning kimyoviy tarkibi, mexanik, morfologik tuzilishi


Haqiqiy fastsiyalar tеri osti fastsiyalaridan ancha zichroq bo’lib


Download 0.52 Mb.
bet4/4
Sana07.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1753473
1   2   3   4
Bog'liq
Muskul to\'qima.Suyak to\'qima (Ibodullayeva Maftuna 204 bio)

Haqiqiy fastsiyalar tеri osti fastsiyalaridan ancha zichroq bo’lib,

  • Haqiqiy fastsiyalar tеri osti fastsiyalaridan ancha zichroq bo’lib,
  • fibroz dеb atalgan zich biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Muskullar orasiga chuqurroq kiruvchi fastsiya plastinkalar-tana ichkarisida joylashgan fastsiyalar dеb ataladi. Haqiqiy fassiya tananing ba'zi qismlarida, ayniqsa oyoq va qo’lda suyakka еtib suyak usti pardasi bilan birikib kеtuvchi plastinka shaklidagi o’simta hosil qiladi. Bunday o’simta muskul guruhlarini bir-biridan ajratib turadi va muskullararo to’siq dеb ataladi.
  • Fastsiyalar ayrim muskullar yoki muskul guruhlari orasida o’simtalar hosil qilib, muskullarning har tomonga qarab siljishini qiyinlashtiradi. Fastsiyalarning zichligi va mustahkamligi tananing turli qismlarida turlicha bo’lib, u o’zi qoplab turgan muskullarning kuchiga bog’liq bo’ladi. Ayniqsa, qo’l va oyoq fastsiyalari rivojlangan bo’ladi. Fastsiyalar muskullarning boshlanadigan va yopishadigan joyi bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.
  • Ko’p hollarda, muskullar orasida o’tuvchi nervlar, qon tomirlar va limfatik tomirlar fastsiyalar bilan qoplangan bo’ladi. Fastsiyalar ba'zi patologik jarayonlarda, masalan, yiringli shamollashda yiringning tarqalib kеtishiga yo’l qo’ymaydi.

Tana sohasida mushaklarni ushlab turuvchi ostida kanallar hosil bo`lib, ulardan mushak paylari o`tadi.

  • Tana sohasida mushaklarni ushlab turuvchi ostida kanallar hosil bo`lib, ulardan mushak paylari o`tadi.
  • Bu kanallar fibroz yoki suyak-fibroz kanallar deyiladi. Fibroz kanallar fassiyalardan hosil bo`lsa, suyak fibroz kanallari fassiya va suyak o`rtasida hosil bo`ladi. Ular paylarni ushlab turib, ularni harakat kuchini yo`nalishini ta`minlaydi.

Pay yoki mushaklar suyaklarning ko`tarilgan joyiga tegib tursa, bu yerlarda sinovial xaltalar hosil bo`ladi. Ular biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan bo`lib, ularning ichida ozgina suyuqlik bo`ladi. Ishqalanishdan saqlaydi.

  • Pay yoki mushaklar suyaklarning ko`tarilgan joyiga tegib tursa, bu yerlarda sinovial xaltalar hosil bo`ladi. Ular biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan bo`lib, ularning ichida ozgina suyuqlik bo`ladi. Ishqalanishdan saqlaydi.
  • Mushak paylari o`z yo`nalishini o`zgartiradigan joylarda g`altak hosil bo`lib, uning ustida pay xuddi kamar o`q ustidan o`tgandek bo`ladi. G`altaklar suyaklardan iborat bo`lishi mumkin. Bu hollarda suyak ust tomondan tog`ay bilan qoplanadi. Bunda suyak bilan pay o`rtasida sinovial xalta joylashgan bo`ladi. Fibroz g`altaklar fassiya boylamlaridan hosil bo`ladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling