Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik» sherzodbek mo'ydinov kulrang xufyona iqtisodiyot

Download 353.92 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi353.92 Kb.
#1125128
Bog'liq
xufyona iqtisodiyot

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik»

SHERZODBEK MO'YDINOV

Kulrang xufyona iqtisodiyot

Kulrang xufyona iqtisodiyot - bu xufyona iqtisodiyotning eng keng sektori hisoblanadi. Shu bilan birga, uni o‘rganish qora yashirin iqtisodiyotni tahlil qilishdan ko‘ra murakkabroqdir: uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti “normal”, rasmiy iqtisodiyotdan aniq ajralib tursa, norasmiy iqtisodiy faoliyat jamiyatning barcha jabhalariga o‘rnashib oladi, natijada norasmiy sektorni aniqlab olish juda murakkab jarayonga aylanadi.

Keyt Xart tadqiqotlari

Keyt Xart 1960-yillar oxirida Afrikaning eng qoloq mamlakatlaridan biri Gana poytaxti Akkra shahri xarobalarida olib borgan tadqiqotlar natijasida norasmiy bandlikni mavjudligini kashf etdi. Qoloq mamlakatlarning shahar iqtisodiyoti hech qanday rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan, hukumatning biznesga bo‘lgan soliq bo‘yicha va boshqa talablarini pisand qilmasdan shahar aholisini oddiy, kundalik tovarlar bilan ta’minlaydigan kichik va mayda ustaxonalar, do‘konchalar va boshqa “mikrofirmalar”ning bahaybat to‘dasi sifatida namoyon bo‘ldi. 

Norasmiy sektorda “rasmiy - norasmiy” va “qonuniy - noqonuniy”ni qarama-qarshi qo‘yilishiga tayangan holda Keyt Xart shahar aholisi daromadlarini uch guruhga ajratdi:

a) rasmiy daromadlar – davlat va xususiy sektordagi ish haqi, transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari);

a) rasmiy daromadlar – davlat va xususiy sektordagi ish haqi, transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari);

b) qonuniy norasmiy daromadlar – birlamchi (qishloq xo‘jaligi), ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil faoliyat yurituvchi hunarmandlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va hokazo) va qurilish, transport, yirik va mayda savdo sektorlarida bandlikdan, xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar, sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim xizmatlari) va xususiy transfert to‘lovlaridan (sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad;

v) noqonuniy norasmiy daromadlar – xizmatlardan (nolegal sudxo‘rlar, o‘g‘irlik mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar, fohishalar, dayuslar, kontrabandachilar, reketirlar va boshqalar mehnatidan) va transfertlar.

Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha tushuntirgan edi:

Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha tushuntirgan edi:

“Norasmiy faoliyat quyidagi xususiyatlar xos:

a) kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga);

b) shaxsiy resurslarga tayanish;

v) faoliyatga oilaviy egalik qilish;

g) faoliyat miqyosining kichikligi;

d) mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar;

e) rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar;

j) bozorlarning boshqarilmasligi va raqobatliligi.

Norasmiy va rasmiy iqtisodiyot sektorlari o‘rtasidagi farqlar

Rasmiy va norasmiy sektor korxonalarining solishtirma xarakterli belgilari

Rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharlarda norasmiy iqtisodiyotning ulushi 1970-1980-yillar, (foizda)

Rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot

Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda “xufyona iqtisodiyot” mavjudligini amerikalik iqtisodchi P.Gutmann kashf etgan. 1977 yilda u maqola chop etib, unda bu hisobga olinmaydigan faoliyat keng tarqalib ketib, uni endi e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi121. 1979 yilda amerikalik iqtisodchi Edgar Fayg tomonidan e’lon qilgan maqola mojarolarni keltirib chiqardi: professor AQShda “boshqarilmaydigan iqtisodiyot” (irregular economy) rasmiy YaMMning uchdan birini qamrab olganligini hisoblab chiqdi.

P.Gutmann 1978 yilda AQSh norasmiy iqtisodiyoti hajmini rasmiy YaMMga nisbatan taxminan 10% deb baholagan edi123, V.Tanzi esa bu ko‘rsatkichni 4,4% deb qayd qilgan edi124. Mutaxassislar ushbu hodisani miqyosi haqida munozaralarni davom ettirishi bilan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ushbu sektoriga muntazam ravishda e’tibor qaratila boshlandi. Keyinchalik norasmiy iqtisodiy faoliyatning maxsus tadqiqotlari faqatgina AQShda emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham olib borilish boshlandi.

Ba’zi rivojlangan mamlakatlarda yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichi dinamikasi (1960-1980-yillar, YaIMga nisbatan foizda)

G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot ko‘lami, 1994 yil (YaIM ga nisbatan foiz hisobida)

Shunday qilib, 1980-yillarga kelib, iqtisodchilar norasmiy iqtisodiy faoliyat (garchi har xil shakl va ko‘lamlarda bo‘lsada) hamma joyda – Janubda va Shimolda, G‘arbda va Sharqda mavjud ekanligiga ishonch hosil qildilar. Bu dunyoning istalgan mamlakatida norasmiy iqtisodiyot uchun umumiy va u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar uchun maxsus hisoblangan tahlillarga bag‘ishlangan maxsus iqtisodiy-komparativ tadqiqotlar uchun sharoit yaratdi.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling