Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g’inlari


Download 0.66 Mb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1473835
1   2   3   4   5
Bog'liq
moliya11

Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi.

Davlat budjet tizimi

  • Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu bo’g’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo’lgan qismi qayta taqsimlanadi.
  • Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo’lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Bozor
  • iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq, aktsizlar, qo’shilgan qiymat solig’i va bojxona bojlari davlat byudjetiga birik-tirilgan.

Davlat budjet tizimi

  • Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo’ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo’g’inlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
  • Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko’pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo’lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o’sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo’shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling