Rivojlangan xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining bo’g’inlari


Download 0.66 Mb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1473835
1   2   3   4   5
Bog'liq
moliya11

Maxsus fondlar

  • Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 yil qabul qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir o’zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi doimiy band bo’lgan yollanma xodimlar va o’z-o’zi bilan band bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Temir yo’l tizimida, federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi.
  • Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug’urta fondi bo’lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga kiradi.
  • Qarilik bo’yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) boshlab to’lanadi. Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug’urta stajiga ega bo’lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug’urta badallarini to’lash kerak.
  • Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug’urta qilin- gan shaxs tomonidan olingan ish haqining o’rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni chegirgan holda). Pensiyaning o’rtacha miqdori o’rtacha maosh-ning 40% ini, past darajadagi daromadga ega bo’lgan shaxslar uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu narsani rag’batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishdaindensatsiya qilinadi. Pensionerning qaramog’idagilar uchun qarilik pensiyasining 50% i miqdorida qo’shimcha to’lanadi.

Maxsus fondlar

  • AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasi-gacha miqdori past kvartira haqi kabi qo’shimcha imtiyozlarga ega.
  • GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori o’rtacha ish haqi va to’langan sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat pensiya ta’minoti tizimi yetakchi rol o’ynaydi.
  • Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda o’tkazilgan. Unga muvofiq o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan.
  • Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i qonunda ko’zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi.
  • Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan Ispaniyada -7,5%, Avstriyada - 14,8%, Fransiyada – 11,8%, GFRda-10,8%, Buyuk Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling