Rivojlanish biologiyasi
Download 257.74 Kb.
|
RIVOJLANISH BIOLOGIYASI 16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘ay to’qimasi qanday vazifalarni bajaradi.
- GIALIN.
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Biologiya fakulteti 1-22 s guruh talabasi Dusmurodova Feruzaning Rivojlanish biologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti. RIVOJLANISH BIOLOGIYASI. Tog‘ay to’qimasi. Reja:
Tog‘ay to’qimasi morfologik tuzilishiga rivojlanishiga va vazifasiga ko‘ra boshqa to‘qimalardan tubdan farq qiladi. U biriktiruvchi to‘qima qatoriga kiradi va ular bilan birgalikda o‘rganiladi. Bunga sabab tog‘ay organlarning embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi to‘qimadan ya’ni mezenxima hujayralaridan tarqaladi ya’ni organlarning dastlabki ontogenez rivojlanish davrida skeletlarning aksariyati o‘rnida oldin tog‘ay to’qimasi paydo bo‘ladi. So‘ng ular suyak to‘qimalariga aylanadi. Tog‘ay organlarda tayanch mexanik va va boshqa vazifalarni bajaradi. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda yetuk va yuksak darajada tabaqalangan bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan qattiq to‘qimalar qatoriga kiradi. Qattiqlik jihatidan esa skelet suyaklaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun tog‘ay to’qimasi tarkibida qon tomirlari va nerv tolalari kabi boshqa to‘qimalar uchraydi. Tog‘ayda moddalar almashinuvi uning ustini o‘rab turgan tog‘ay parchalari orqali sodir bo‘ladi. Nerv tolalari bilan ta’minlashi va enersiyasi ham shu parda orqali amalga oshadi. Tog‘ay gidrativ to‘qimalar qatoriga kiradi. Tarkibining 80% suv 15% organik moddalar va 5% mineral tuzlardan tashkil topgan. Organik moddalarning asosini oqsillar polisaxaridlar va lipidlardan tashkil etadi. To’qimada uchraydigan oqsillar ko‘p miqdorda bor. Tog‘ay to’qimasi ham boshqa biriktiruvchi to‘qimalarga o‘xshab to‘qima hujayralari va organik moddalardan tashkil topgan. Hujayralar tarkibiga shaklli yumaloq yoki ovalsimon tog‘ay hujayralari va to‘qimaning rivojlanishi hamda regeneratsiyasini taminlovchi hujayralar bor. Hujayra oraliq qismini esa oraliq modda to‘ldirib turadi. Vazifasi va morfologik tuzilishiga ko‘ra uch xil tog‘ay to’qimasi uchraydi.
to‘qimalari . Gialin tog‘ay to’qimasi ko‘p uchraydigan yog‘ tog‘ay turidir. Embrion skeletining ko‘p qismida voyaga yetgan organizmda esa qovurg‘alar to’sh suyagiga tutashish joyi bog‘im yuzasi va o‘tkazish yo‘llar devori gialin tog‘aydan tuzilgan. U ko‘kimtir rangi bilan farqlanadi. Tog‘ay tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimaning yupqa qavati perixondr tog‘ay bilan qoplangan. Xondrorsit tog‘ay to'qimasining asosiy qismini tashkil qiladi. Odatda yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo‘lib tashqi yuzasi notekis hujayra yuzasida mikrovorsinkalarga o‘xshash o‘simtalar bor. Har tog‘ay hujayrasi yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan bir guruh hujayralar to‘qimaning oraliq moddasida joylashadi. Tog‘ay hujayralarning bitta boshliqda hosil qilgan guruhi izogen guruh deyiladi. Xondrorsit ham tabaqalangan yosh hujayra bo‘lib shakli yassi o‘rtasida bir yadrosi bor. Tog‘ayusti pardasiga yaqin joylarda ko‘p miqdorda uchraydi. Xondrorsit doim ko‘payib turish xususiyatga ega. Ko‘payishi natijasida yangi tog‘ay hujayralari xondrorsitlar hosil bo‘ladi. Natijada tog‘ay periferik qismga qarab usadi. Xondrorsitlarning ikkinchi xususiyati hujayralararo modda bo‘lib uning tarkibida elastin tog‘ayning asosiy moddasi ko‘p miqdorda uchraydi. Xondrorsit sitoplazmasida DNK ko‘p. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT. Download 257.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling