Rivojlanish bosqichi kechmoqda desak yanglishmagan bo'lamiz. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon jamiyat barpo etish aslida bir insonning qo'lidan kelmaydi


Download 474.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi474.17 Kb.
#1362921
1   2   3   4
Bog'liq
yangi-ozbekiston-yangicha-dunyoqarashda-huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyatni-rivojlantirishda-mahallaning-orni

www.scientificprogress.uz
 
Page 136
usullarda yetkazish mahallaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda har bir 
tuman, shaharning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, o'sha hududlarda 
amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi keng qatlamiga yetkazilishi ta'minlanadi. 
“Yangi O'zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma'naviy-ma'rifiy harakati 
islohotlarni mahallama-mahalla har bir aholiga yetkazish uchun boshlandi. Bu harakat 
butun respublikani qamrab olgan holda yil davomida amalga oshiriladi. Shu maqsadda 
turli soha vakillari taklif etilib, targ'ibot guruhlari tuzildi. Oʻzi aholiga aslida biz 
nimalarni yetkazishimiz zarur? Birinchidan aniq reja, qo'limizda esa butun boshli 
islohotlar, qonunlar va qarorlar jamlangan qo'llanma bo'lishi zarur deb hisoblayman. 
Shu maqsadda “Yangi O'zbekiston – yangicha dunyoqarash” o'quv- uslubiy qo'llanmasi 
jami 32 ming nusxada, shundan 26 mingtasi davlat tili, 3 mingtasi rus tili va 3 mingtasi 
qoraqalpoq tilida nashr etilmoqda.
3
Agar har bir inson o'z faoliyati, tashabbusi bilan mamlakatimiz ravnaqiga o'zining 
hissasini qo'shsa, ko'plab sohalarda rivojlanishning tezlashishini kuzatish mumkin. 
Misol uchun, Buxoro viloyati yuridik texnikumida "Adolat qanotlari" volontyorlari 
klubi tashkil qilingan bo'lib, kordinator va volontyorlar bilan birgalikda turli xil targ 
ivot tadbirlari tashkil etiladi. Bu valontorlar mahalla bilan ham ishlashi, ular orasida 
huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun turli xil tadbirlar tashkil etishadi. Yangi 
chiqqan qonunlarning mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan sayyor 
uchrashuvlarda targ'ibot tashviqot ishlarini olib borishadi. Bu esa quyi qatlamdan 
rivojlanish, huquqiy madaniyat va ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Qonunlar va 
qarorlarning mazmun mohiyatini bilish faol fuqorolik pozitsiyasini ham shaklantirishda 
yordam beradi. 
Yangi O'zbekistonning asosini xalq tashkil etadi. Aholi vakillari orasida turli 
sohalar, jumladan huquqiy madaniyatni shakllantirish muhim sanaladi. Chunki, siz o'z 
huquq va majburiyatlaringizni bilmasangiz, qonun qoidalarni to'liq tushunib yetmagan 
bo'lsangiz, jamiyatning, jumlaladan siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi bo'lishda 
bir qancha muammolargaduch kelishingiz mumkin. Aynan yuqoridagi holatlarni oldini 
olishda mahallaning o'rni salmoqli. Joylarda yangi e'lon qilingan qarorlar va qonunlar 
haqida tushuntirishlar berilsa, bu aholining huquqiy savodxonligini oshishga yordam 
beradi. Bundan tashqari, aholi vakillarining huquqiy savodxonligini rivojlantirishda 
ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini alohida tushuntirish, o'rnida esa
ulardan talab etiladigan burch va majburiyatlarni ham eslatib o'tish joizdir.
Xulosa qilib aytganda, soliq tizimi, sud huquq sohasi, davlat organlarining aholi 
vakillari oldidagi burch va majburiyatlari borasida xalq orasida yetarlicha huquqiy 
ma'lumotlar yo'q. Yangi O'zbekiston tub zamiri ya'ni ildizlari borib ulanadigan xalqning 
bilimlarini, huquqiy ongini rivojlantirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu 
borada mahallaning o'rni katta ahamiyat kasb etadi. Mahalla jamiyatning asosiy bo'gini 
3
O'sha manba. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 474.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling