Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari
Download 107 Kb.
|
Rivojlanish falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa kategoriyalarining tasnifi
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari
«Salbiy dialektika» bir yoqlama, subʼektiv kontseptsiya boʼlib, u inkorni mutlaqlashtirishdan, butun borliqning umumiy buzilishidan, yalpi krititsizmdan, har qanday ijobiylikni rad etishdan, oʼzini oʼzi inkor qilishdan kelib chiqadi va shu bois metafizika chegarasidan chetga chiqmaydi. «Salbiy dialektika» - bu, mohiyat eʼtibori bilan, aksildialektikadir. Dialektikaning muqobillari. Odatda rivojlanishning dialektikaga zid boʼlgan yoki unga oʼxshamaydigan kontseptsiyalari, bilish metodlari, dunyoni maʼnaviy oʼzlashtirish usullari, yaʼni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga doir va metodologik moʼljallar nazarda tutiladi. Dialektikaning shunday muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridir (ular haqidagi maʼlumot “Metod va metodologiya: asosiy tushunchalar” mavzusida berilgan). Umumiy oʼzaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday kontseptsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima? Falsafiy maʼnoda «tamoyil»(printsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir kontseptsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi kontseptsiyalarida bilish, obʼektivlik, umumiy aloqa va rivojlanish tamoyillari muhim rol oʼynaydi. Dialektik aloqalar. Dunyo oʼta rang-barang. Har bir obʼekt koʼp sonli xossalarga ega boʼlib, ular boshqa obʼektlar bilan oʼzaro bogʼlanish jarayonida namoyon boʼladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan bogʼlanishga kirishish orqali namoyon boʼladi. Shunday qilib, har bir obʼekt oʼzga obʼektlar bilan qonuniy bogʼlanish qiladi va bu obʼektlar bilan oʼzaro taʼsirga kirishish jarayonida ishtirok etadi. Falsafa kategoriyalarining tasnifi Аloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki obʼektning oʼzaro aloqa jarayoni tushuniladi. Obʼektlar diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum boʼlgan joyda bogʼlanishlar mavjud boʼlishi mumkinmi? Oʼz-oʼzidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud boʼlmagan joyda bogʼlanish mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. Shu sababli umumiy bogʼlanish kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik», «tuganmaslik» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universalaloqalarini bilish shakli hisoblanadi. Bogʼlanishlarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon boʼladi. Аloqalarni tasniflash turli asoslarga koʼra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va oʼzaro aloqalar, toʼgʼri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi bogʼlanishlar farqlanadi. Hajm jihatidan bogʼlanishlar umumiy, alohida va xususiy boʼlishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, funktsional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa bogʼlanishlar farqlanadi. Bogʼlanishlarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmogʼi doirasida tadqiq etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi. Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos boʼlgan umumiy, muhim, universal aloqalarni oʼrganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim, barqaror, takrorlanuvchi bogʼlanishlarga alohida eʼtibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida yoritiladi. Download 107 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling