III.BOB. O’ZBEKISTONDA MADANIY TURIZMNING SHAKLLANISHI VA ZAMONAVIY HAYOTGA TADBIG’I
Turistik marshrutlarni o'tkazishni amalda tashkil qilish turistik marshrutlarning xilma-xil yoki turli mavzular bo'yicha ekanligidan qat'iy nazar quyidagi
3-bosqichga bo'linadi:
Tayyorgarlik bosqichi(marshrut hujjatlarin itayyorlash).
Marshrutda yurish davri bosqichi.
Marshrutning tugashi bosqichi.
Biz quyida oilaviy turistlar uchun turistik marshrutlarni amalga oshirishdagi bosqichlar haqida to’xtalmoqchimiz:
Birinchi tayyorgarlik bosqichida marshrutni o'tkazuvchi ma'sul rahbar o'ta jiddiy bo'lgan tayyorlanish bosqichidagi barcha talablarning to'liq, kamchiliklarsiz bajarilishiga puxta tayyorlanishi lozim. Bu bosqichda turistik marshrut davomida amalga oshiriladigan ishlar: xizmat ko'rsatish, to'xtash joylaridagi o'tkaziladigan tadbirlar nomma-nom rejalashtirishni talab qiladi. tish,to'xtash joylaridag io'tkaziladigan tadbirlar nomma-nom rejalashtirishni talab qiladi.
E'tibor berish lozimki, marshrutni o'tkazish dasturida marshrut davomidagi sayohatlar, tadbirlarning mazmundorligi, qiziqish uyg'otishi, turistlarning savollariga javoblarning to'liqligiga tayyor bo'lish rejalari ham aniqlangan bo'lishi kerak. Tayyorgarlik bosqichidagi talablar:
Marshrut yo'lini o'rganib chiqish.
Marshrutni o'tkazish dasturin ituzish.
Marshrutda amalga oshiriladigan ekskursiyalar dasturini tuzish;
Marshrut davomida xizmatlar ko'rsatish dasturini tuzish.
Oilaviy turistlarga xizmatlar ko'rsatish hujjatlarini rasmiylashtirish.
Marshrutni amalga oshirish bosqichida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Marshrutga chiqish(boshlash,yo'lga chiqish).
Marshrutdagi ekskursiyalar,uchrashuvlar,dam olish va boshqa tadbirlarni marshrut dasturi asosida o'tkazish.
Marshrutdan qaytish.
Marshrut o'tkazilgandan keyin turistlarning fikri, ta'surotlari, taklifi va taqrizlarin ito'plash,tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |